Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi


Download 347.46 Kb.
bet41/62
Sana05.05.2023
Hajmi347.46 Kb.
#1429742
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62
Bog'liq
4.O\'zbek bolalar adabiyoti

Elbek asarlari royxati

  1. Badiiy to’plamlar:

  1. Armug’on. Masallar. Toshkent, 1921.

  2. Armug’on. Masallar to’plamidan birinchi bo’lak. Toshkent: Turkiston jumhuriyati davlat nashriyoti, 1923 (qayta nashri).

  3. Ko’zgu. She’rlar. Toshkent: O’zdavnashr, 1925.

  4. Qo’shchi Turg’un. Hikoyalar. Toshkent: O’zdavnashr, 1925.

  5. Mashoqchi Erbo’ta. HikoY. «Maorif va o’qitg’uchi», 1926, 9-son.

  6. Yolqinlar. She’rlar. Toshkent: O’zdavnashr, 1927.

  7. Sezgilar. She’rlar. Toshkent: O’zdavnashr, 1927.

  8. Bahor. She’rlar. Toshkent: O’zdavnashr, 1929.

  9. Mehnat kuylari. She’rlar. Samarqand-Toshkent: O’zdavnashr, 1930.

  10. She’rlar. Toshkent: O’zdavnashr, 1934.

  11. Tozagul. Poema. Toshkent: O’zdavnashr, 1934.

  12. Chirchiq boylarida. She’rlar. Toshkent: O’zdavnashr, 1935.

  13. G’unchalar. She’rlar. Toshkent: O’zdavnashr, 1935.

  14. Mergan. Poema. Toshkent: O’zdavnashr, 1935.

  15. Etik. Poema. Toshkent: O’zdavnashr, 1935.

  16. Bog’bon. Poema. Toshkent: O’zdavnashr, 1935.

  17. Dadamat. Hikoyalar. Toshkent: O’zdavnashr, 1936.



9-MAVZU. SULTON JO’RA - O’SMIRLAR KUYCHISI
Reja:
1. Sulton Jo’raning hayot yo’li.
2. Sulton Jo’ra – bolalar shoiri.
Tayanch tushunchalar: she’r, hikoya, nosir, kuychi,obraz, mavzu, g’oya, motiv, munosabat, qomus, zabardast, folklor, mahorat.
Sulton Jo’rani esa o’smirlar kuychisi sifatida yaxshi taniymiz.. Sulton Jo’ra 1910-yilning 15-yanvarida hozirgi Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi Qag’altom qishlog’ida dehqon oilasida tug’ildi. Yetti yoshida ota-onasidan yetim qolgan Sulton har kimlarning eshigida xizmat qildi. U dastlab boshlang’ich maktabda o’qib, 1924-yilda Buxoroga keldi va bu yerda Pedagogika bilim yurtiga o’qishga kirdi, uni 1930-yilda bitirdi.
Sulton Jo’ra 1931-1938-yillarda Buxoro rabfagida, 1938-1941-yillarda Andijondagi o’qituvchilar ilmgohi va pedagogika bilim yurtida til va adabiyotdan dars berdi.
1942-yilda Sulton Jo’ra harbiy xizmatga chaqiriladi. U dushmanga qarshi ham qurol, ham qalam bilan jang olib bordi. 1943-yilning 14-noyabrida Belorussiya tuprog’ida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi janglarning birida jangchi-shoir qahramonlarcha halok bo’ldi.
Sulton Jo’raning dastlabki she’rlari 1933-yilda Buxoro yosh shoirlarning “She’rlar” to’plamida nashr etildi. Uning 1939-yilda “Fidokor”, 1941-yilda “Moskva” she’riy to’plamlari, 1942-yilda “Iroda” nomli pesasi nashr etildi. Shoir vafotidan so’ng 1951-yilda rus va o’zbek tillarida “Tanlangan asarlar”, tinch qurilish yillari davrida iste’dodli shoirning “Havorang gilam”, “Zangori gilam”, “Bruno”, “Parvoz”, “Qaldirg’och” kabi kitoblari bosilib chiqdi.
Ayni choqda, u “yaxshi”va “a’lo”baholarga o’qish uchun kurashish, rostgoy va intizomli bo’lish, madaniy va pokiza kiyinish, savodxon va chiroyli yozuv malakasini egallash kabi ta’lim- tarbiyaviy masalalarni ham badiiy vositalarda talqin etdi. Bunday g’oyalar shoirning “Yozgi yomg’irdan so’ng ”(1936), “Qizlar”, “A’lo” va “Yaxshining maqtovi ”, “Zangori gilam”, (1939), “Lola”, “Oy nechta?”, “Tinish belgilarining majlisi”, “Cho’ntak”, “Sirkda”(1940), “Qarzdor”, “Qaldirg’och”, “Yolg’onchi”, “Dengiz tagida”,(1941), “Sog’inib”(1942), “Sog’inchli salom”, “Salom xat”(1943) kabi asarlarida o’z ifodasini topdi.
Sulton Jo’ra o’z vatanining ozodligi, xalqining erki uchujngina emas, balki ularning porloq kelajagi bo’lgan kichkintoy do’stlarining baxti uchun ham kurashdi. Qirg’in maydonlarida bosqinchilar bilan olisha turib, navqiron avlodga o’z alangali salomini yo’llay oldi.
Shoir she’rlarining g’oyaviy-badiiy xususiyatlari rang-barang. Uning “Oy nechta”, “Lola”, “Sog’inchli salom” kabi she’rlarida bolalar olamining ifodasi ufurib turadi. S.Jo’raning pedagog shoir sifatida yozgan “Tinish belgilarining majlisi”, “Kimning xati chiroyli” she’rlari ta’lim-tarbiyaviy jihatdan dolzarb. Shuningdek, shoirning “Yolg’onchi” dostoni, “Zangori gilam” ertaklarining syujeti va kompozitsiyasi o’ziga xos qimmatga ega.

Download 347.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling