Jahon valyuta tizimi Reja


Download 86.69 Kb.
bet9/10
Sana26.01.2023
Hajmi86.69 Kb.
#1128212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI Jahon valyuta tizimi

6.Xulosa.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqiligiga erishganidan so‘ng bozor munosabatlari asosida o‘z rivojlanish yo‘lini tanlar ekan, zamonaviy moliyaviy bozor va uning vositalariga ehtiyoj paydo bo‘laboshladi. 2003 yilda joriy valyuta operatsiyalari bo‘yicha so‘mni xorijiy valyutalarga erkin konvertirlashni joriy etilishi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning, shu jumladan, tijorat banklarining valyuta operatsiyalarining sezilarli darajada oshishiga olib keldi.
Valyuta bozorida valyutaning talab vataklifi hamda ularning kurslari nisbati shakllanadi. Bozor tomonidan tartibga solish qiymat qonuni, talab va taklif qonunlariga bo‘ysunadi. Valyuta bozorlarida raqobatchilik sharoitida bu qonunlarning harakati valyuta almashuvining harakati nisbiy tengliktovarlar, xizmatlar, kapitallar hamda kreditlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan jahon xo‘jaligining xalqaro valyuta ehtiyojlari oqimlarining muvofiqligini ta’minlaydi. Bozorlardagi baholar mexanizmi va valyuta kurslarining o‘zgarishi sabablari orqali iqtisodiy agentlar valyuta xaridorlarining ehtiyojlari va taklifining imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot oladilar.
Valyuta tizimi - bu, milliy qonunchilik yoki davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan valyuta munosabatlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishning shaklidir.
Jahon valyuta tizimi - bu, jahon bozori (xo‘jaligi) ning rivojlanishi asosida shakllangan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir. Jahon valyuta tizimining tashkiliy asosi bo‘lib, milliy valyuta tizimi hamda ushbu tizimga kirayotgan har bir mamlakat valyuta mexanizmini tashkil etilishining davlat-huquqiy shakli hisoblanadi.
Xalqaro valyuta tizimining tarkibiy unsurlari qo‘yidagilar hisoblanadi:

  • asosiy xalqaro to‘lov vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta birliklari – SDR, Yevro);

  • valyuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi;

  • xalqaro to‘lovlarini balanslashtirish tartibi;

  • valyutaning muomala qilish shart-sharoiti;

  • xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi;

  • valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi.

Xalqaro valyuta–kredit va moliya munosabatlari institutsional strukturasi o‘z ichiga ko‘p sonli xalqaro tashkilotlarni oladi. Bulardan birlari, katta vakolat va resurslarga ega bo‘lgan xolda valyuta–kredit va moliya munosabatlarini tartibga solish amalga oshirilsa, boshqalari esa hukumatlararo muhokamalar, konsensusa hamda valyuta va moliya–kredit siyosati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishadi. Uchinchilar, axborotlar yig‘ish, valyuta–kredit va moliya va umuman olganda iqtisodiyotning dolzarb muammolari bo‘yicha statistik va ilmiy–tadqiqotlari nashrlari bilan ta‘minlaydi. Xalqaro moliya tashkilotlarini globallashayotgan jahon iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va hamkorlikni kengaytirishdan iborat bo‘lgan umumiy maqsad birlashtiradi.
2017 yilning 4-9 iyun kunlari Markaziy bank, Moliya vazirligi va Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi rahbarlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasining Xalqaro Valyuta Fondining Vashingtondagi shtab-kvartirasida mamlakat valyuta siyosatini isloh qilish imkoniyatlari bo‘yicha muzokaralarni birinchi bosqichi bo‘lib o‘tgan. Mazkur muzokara yakuni bo‘yicha Xalqaro Valyuta Fondi ijrochi direktori Kristin Lagard tomonidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirzyoevga yo‘llangan xatida iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha tavsiyalar va texnik ko‘mak berish orqali islohatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlanishini ma‘lum qilgan.
2017- yilning 17-24 iyul kunlari XVF ning missiyasi yakuni bo‘yicha janob Alberta Yeger tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” asosida iqtisodiyotni isloh qilish, xususan valyuta tizimidagi islohatlar to‘liq qo‘llab-quvvatlangan va ijobiy baholangan.

Download 86.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling