Jahon valyuta tizimi Reja


Download 86.69 Kb.
bet4/10
Sana26.01.2023
Hajmi86.69 Kb.
#1128212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI Jahon valyuta tizimi

Jahon valyuta va oltin bozorlari rejimi. Jahon valyuta bozori yer kurrasi bo‘ylab joylashgan jahon moliyaviy markazlarida mavjuddir. Zamonaviy jahon valyuta bozori elektron telekommunikatsiya tizimidagi bozor desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu bozor operatsiyalar hajmi bo‘yicha moliyaviy bozorlar ichida eng yirigi bo‘lib, "Spot", "Forvard", "F'yuchers", "Opsion", "Svop" va boshqa moliyaviy hosilalar bozorlaridan iboratdir .
Jahon valyuta bozori o‘z faoliyat xususiyatiga ko‘ra yopilmaydi va sutkada 24 soat faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu bozordagi kurslar bozor kon'yunkturasiga muvofiq erkin shakllanadi. Birja ko‘rinishidagi valyuta bozorlari esa albatta ma'lum bir vaqtda ochiladi va ma'lum bir vaqtda yopiladi .
Oltin bozorlari - bu, oltin savdosining maxsus markazlari. Ushbu bozorlarda sanoat-maishiy iste'mol, xususiy iste'mol, investitsiya, tavakkalchilik, chayqovchilik, xalqaro hisob-kitoblar uchun zarur bo‘lgan valyutani sotib olishni sug‘urtalash maqsadida oltinni bozor bahosidagi muntazam oldi-sotdisi tashkil etilgan .
Bozordagi oltin taklifi manbasining asosiy qismini (80%) uning yangi ishlab chiqarilgan hajmi tashkil etadi. Jahon oltin bozorlarida yirik va kichik hajmdagi standart oltin quymalar sotiladi hamda sotib olinadi. Ular qatoriga: 995 probadan kam bo‘lmagan va hajmi 400 troya untsiyasida (12,5 kg) xalqaro turdagi quymalar, og‘irligi 900 grammdan 916,6 grammgacha bo‘lgan yirik quymalar kiradi .
Oltin bozori tashkiliy jihatdan oltin bilan bitimlarni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan bir nechta banklardan tashkil topgan konsortsiumdan iborat. Ushbu banklar sotuvchi va sotib oluvchilar o‘rtasida vositachilik operatsiyalarini amalga oshirgan holda o‘zida mijozlar buyurtmalarini to‘playdi, ularni solishtiradi hamda o‘zaro kelishilgan shartlarga muvofiq o‘rtacha bozor bahosi darajasini qayd etadi (odatda bir kunda ikki marotaba). Bundan tashqari maxsus firmalar oltinni tozalash va saqlash, quymalar yasash ishi bilan shug‘ullanadi .
Jahonda 50dan ziyod oltin bozorlari mavjud, ulardan 11tasi G‘arbiy Yevropada (London, Syurix, Parij, Jeneva va boshqalar), 19tasi Osiyoda (masalan Bayrut, Tokio), 14tasi Amerikada (AQShda - 5), 8tasi Afrikada joylashgan .
Davlat tomonidan joriy etilgan rejimga bog‘liq holda oltin bozorlari 4 toifaga bo‘linadi:
1) jahon bozorlari (London, Syurix, Nyu-York, Chikago, Gonkong, Dubay va boshqalar);
2) ichki erkin bozorlar (Parij, Milan, Stambul, Rio-de-Janeyro);
3) nazorat ostidagi maqalliy bozorlar (Afina, Qohira);
4) qora bozorlar .
1968 yilgacha jahonning yirik oltin bozori bo‘lib London bozori hisoblangan. Chunki ushbu bozorga Janubiy Afrika Respublikasidan oltin muntazam ravishda yetkazib turilgan. Janubiy Afrika Respublikasidan yetkazib berilayotgan oltinning Syurix bozoriga kelib tushishi ushbu jahon oltin bozorining mavqeini o‘sishiga olib keldi .
London va Syurix bozorlarida sotilgan oltin hajmining deyarli yarmi boshqa bozorlardagi oldi-sotdilarni tashkil etadi .
1975 yilda AQSh fuqarolariga oltin bilan operatsiyalarni amalga oshirishga bo‘lgan 40 yillik taqiqning bekor qilinishi munosabati bilan jahon oltin bozorlari ichida N’yu-York va Chikago oltin bozorlari oldinga chiqib, peshqadamlik qila boshladi. 1980 yildan boshlab N'yu-York jahonning yetakchi oltin bozoriga aylandi .
Oltinning ichki erkin bozorlari (Parij, Gamburg, Frankfurt-Mayna, Amsterdam, Vena va boshqalar) faoliyatini ichki investorlar va iste'molchi bo‘lmish jismoniy shaxslar talabiga moslashtiradi. Natijada ushbu bozorlarda tangalar, medallar, mayda quymalar bilan operatsiyalar salmog‘i nisbatan katta. Oltinning qora bozorlari davlatlar tomonidan oltin bilan operatsiyalarga ham tegishli bo‘lgan valyuta cheklovlarini kiritishi oqibatida paydo bo‘ladi .
Davlatlararo valyuta muvofiqlashtirilishini amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar. Davlatlararo valyuta muvofiqlashtirilishini Xalqaro Valyuta Fondi (1944 yil), Yevropa valyuta tizimida esa valyuta hamkorligining Yevropa fondi (1973-1993 y.y.) amalga oshiradi, keyinchalik u Yevropa valyuta instituti bilan almashtirilgan (1994-1998 yy.), 1998 yilning 1-iyulidan boshlab esa Yevropa Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi. Zikr etilgan xalqaro institutlar xalqaro valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlarning xavfsiz, inqirozsiz rejimini ishlab chiqish va ta'minlashga intiladilar .
Jahon xo‘jaligi jahon valyuta tizimi oldiga quyidagilardan iborat ma'lum bir talablarni qo‘yadi:
- xalqaro almashuvni ishonch qozongan va miqdor jihatidan yetarli bo‘lgan to‘lov, hisob-kitob vositalari bilan ta'minlash;
- jahon iqtisodiyoti sharoitlarining o‘zgarishiga valyuta mexanizmining nisbiy barqarorligi va tez moslashuvchanligini qo‘llab-quvvatlab turish;
- barcha a’zo mamlakatlar manfaatiga xizmat qilish .
Ushbu talablarning bajarilishiga takror ishlab-chiqarishning qaramaqarshiliklari, jahon xo‘jaligi tarkibiy tuzilishi va jahon maydonidagi kuchlar nisbatidagi o‘zgarishlar to‘sqinlik qiladi
Valyuta gegemonligi markazlari, ya'ni valyuta jarayonidagi hukmronlik markazlari davriy ravishda mamlakatlar rivojlanishining notekisligi sababli o‘zgarib turadi. Birinchi jahon urushigacha valyuta gegemonligi jahon ishlab chiqarishi va savdosida, bank hamda sug‘urta ishida, valyuta munosabatlarida hukmron bo‘lgan Buyuk Britaniyaga biriktirilgan edi. Birinchi jahon urushi natijasida moliyaviy markazning Yevropadan AQShga ko‘chishi, funt sterling va dollar o‘rtasida valyuta gegemonligi uchun kurashni kuchaytirib yubordi .
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng AQSh dollari yagona gegemon valyuta bo‘lib qoldi. 1970 va 1990-yillardagi 3ta kuch markazlarining shakllanishi valyuta hukmronligining yangi markazlari paydo bo‘lishiga olib keldi. Bular G‘arbiy Yevropa va Yaponiya markazlaridir. Bu o‘z navbatida AQSh dollarining monopol holatiga putur yetkazdi .
Jahon valyuta tizimining amal qilish xarakteri va muvozanatliligi uning tamoyillarining jahon xo‘jaligi tarkibiy tuzilishi, kuchlarning joylashishi va yetakchi mamlakatlar manfaatlariga mosligi darajasiga bog‘liqdir. Ushbu sharoitlarning o‘zgarishi natijasida jahon valyuta tizimining davriy inqirozi vujudga keladi. Bu inqiroz zikr etilgan valyuta tizimining yemirilishi va yangi valyuta tizimining barpo etilishi bilan yakunlanadi .


Download 86.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling