Jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari


Genuya jahon valyuta tizimi (1922-1929y)


Download 162.5 Kb.
bet6/15
Sana19.06.2023
Hajmi162.5 Kb.
#1623598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1353766430 40234 2

Genuya jahon valyuta tizimi (1922-1929y). Ikkinchi jahon valyuta tizimi 1922 yilda o`tkazilgan xalqaro Genuya konferentsiyasi qarorining natijasi edi. Bu tizim - oltin andozasiga taalluqli bo`lib, uning yangi ko`rinishi «oltin qo`yilma andozasi» hisoblanadi. Oltin qo`yilma andozasi amal qilgan sharoitda, muomaladagi pullar yoki qisman, yoki to`liq qog`oz pullar edi. Huquqiy jihatdan, mazkur qog`oz pullarni hohlagan paytda emission bankdan oltinga almashtirish mumkin bo`lgan. Amalda esa, ushbu pullarning ma`lum qismini shu yo`l bilan almashtirish mumkin bo`lgan. Emission bank, albatta, pulni to`liq ta`minlash uchun zarur bo`lgan oltinni saqlashi shart emas edi. Belgilangan ta`minot (oltin) qanchalik oz bo`lsa, davlatning qo`shimcha qog`oz pullarni chiqarish imkoniyati shunchalik ko`p bo`lgan. Shu sababli, muomaladagi qog`oz pul miqdori saqlanadigan metall pul miqdoridan yuqori bo`lgan. Oltinga almashinadigan valyutalar sifatida dollar, frantsuz franki va funt sterling tanlandi.
Genuya valyuta tizimi atigi 1929 yilgacha amalda bo`ldi. Ushbu tizimning parokandalikka uchrashiga asosiy sabab, urushdan keyingi inflyatsiya ta`sirida valyuta pariteti norealligining o`sib borishi bo`ldi. Aksariyat mamlakatlarda inflyatsiya sur`atlarining turli darajada bo`lishi, xalqaro narxlarga bog`liqlikda nomutanosiblikning kuchayishiga olib keldi. Masalan, 1925 yilda funt sterling dollarga nisbatan 44 foizdan past bo`lmagan baholanishga ega bo`lgan. Ko`pgina mamlakatlarda, iqtisodiyotning ichki va tashqi sohalarida dollar orqali muvofiqlashtirish sezilarli darajadagi inflyatsiyani keltirib chiqardi. Bitta valyutaning almashinuv kursining pasayishi, boshqalarining ham qayta baholanishiga olib keldi. Oldingi paritetni tiklash maqsadida, almashuv kursi ko`tarilgan mamlakatlarda ham inflyatsiya yuz berdi. Natijada, yuzaga kelgan devalvatsiya barcha asosiy valyutalarga ta`sir etdi.
Ikki jahon urushi oralig`ida xalqaro pul tizimi barqarorligini buzilishiga sabab bo`lgan omillar, faqatgina inflyatsiya va devalvatsiya emas edi. 1931 yildan boshlab, butun jahon iqtisodiyotini falaj ahvolga solib qo`ygan inqiroz tufayli, valyuta nazorati joriy qilindi. Asosiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq, joriy to`lovlarni amalga oshirishga yetarli xorijiy valyuta zahirasini ta`minlash, nazorat qilishning asosiy vazifasi edi.
Buning uchun, hukumatlar xorijiy valyutaning importi va eksporti ustidan nazoratni amalga oshirishlariga to`g`ri keldi. Haqiqatda, tizim uchta valyuta blokiga ajraldi: dollar, funt streng va frank hududli. Bular Ikkinchi jahon urushigacha amal qildi. Shuni alohida ta`kidlash joizki, frank hududi, Afrikaning frantsuz tilida so`zlashuvchi mamlakatlarida evro muomalaga chiqqunga qadar faoliyat yuritdi.

Download 162.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling