Jahon xo’jaligi va uning evolyutsiyasi


Erkin savdo yo’lida juda ko’p to’siqlar


Download 32.47 Kb.
bet7/13
Sana04.02.2023
Hajmi32.47 Kb.
#1158301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Jahon xo’jaligi va uning evolyutsiyasi

Erkin savdo yo’lida juda ko’p to’siqlar mavjud bo’ladi:
1. Boj to’lovlari. Boj to’lovlari import tovarlarga aktsiz soliqlari hisoblanadi. U daromad olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin.
2. Import kvotalari. Import kvotalari yordamida ma‘lum bir vaqt oralig’ida import qilinishi mumkin bo’lgan tovarlarning maksimal hajmi o’rnatiladi.
3. Tarifsiz to’siqlar. Tarifsiz to’siqlar deyilganda litsenziyalash tizimi, mahsulot sifatiga standartlar qo’yish yoki oddiy ma‘muriy taqiqlashlar tushuniladi.
4. Eksportni ixtiyoriy cheklash – bu savdo to’siqlarining nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holat chet el firmalari o’zlarining ma‘lum mamlakatga eksportini ixtiyoriy ravishda cheklandi.
Erkin savdo (fritrederlik) siyosati protektsionizm siyosatining aksi bo’lib, tashki savdoni erkinlashtirishga qaratilgan.
Xalqaro savdoni tartibga solish xalqaro va milliy darajalarda amalga oshadi.
Milliy darajadagi tartibga solish eksport va importni tartiblash orqali namoyon bo’ladi. Eksporni tartiblash tashkiliy va kredit-moliyaviy usullar yordamida uni rag’batlantirishga yo’naltirilgan. Eksportni rag’batlantirishning tashkiliy usullariga quyidagilar kiritish mumkin:
1. Eksport qiluvchilarga axborot va maslahat berish xizmatlarini ko’rsatish uchun maxsus bo’linmalarni tashkil etish.
2. Savdo bitimlarini to’zishda davlat idoralarining ishtirok etishi.
3. Tashki savdo uchun malakali kadrlarni tayyorlashga ko’maklashuv
4.Xorijiy mamlakatlarda ko’rgazmalar tashkil etishda yordam ko’rsatish
5. Milliy kompaniyalarni diplomatik jihatdan qo’llab-quvvatlash va haqozo.
Eksportni rag’batlantirishning kredit-moliyaviy usullari quyidagilardan iborat:
1. Eksportga tovarlarni yetkazib berishini subsidiyalash
2. Eksport qiluvchilar uchun davlat kreditlarni berish va xususiy kreditlar berilishini rag’batlantirish
3. Xorijda amalga oshiruvchi savdo bitimlarini davlat tomonidan sug’urtalash
4. Eksportdan olinuvchi foydadan soliq to’lashdan ozod etish va h.

Download 32.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling