Jahonda ishlab chiqarish jadal suratlar bilan rivojlanib bormoqda rivojlanishga sintez moddalarning ham o’rni alohihadir
Download 33.71 Kb.
|
kirish xulosasi
Xulosa Jahonda ishlab chiqarish jadal suratlar bilan rivojlanib bormoqda.rivojlanishga sintez moddalarning ham o’rni alohihadir.1,2,3-triazol va uning hosilalari mis yoki ruteniy katalizatorligida sintez qilib olindi va biologic maqsadlar uchun uning sifati baholandi.Azot tutgan geterohalqali ligandlar va ularni metallar bilan hosil qilgan komplekslari tibbiyot va qishloq xo’jaligida foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.Dunyo mamlakatlarida benzotriazol va 3d metallarining koordinatsion birikmalari,uning tuzilishi,xossalari haqida ko’plab izlanishlar olib borilmoqda.Benzotriazoldagi uchta azot atomi yuqori koordinatsiyalash xossasiga ega bo’lib,oraliq metallar hosil qilgan kompleks birikmalarining tuzilishi,xossalari metallga bog’liq holda uning kimyoviy va biologik ta’siri ham o’zgarishi kuzatiladi. Respublikamizda mahalliy homashyolardan import o’rnini bosuvchi,arzon,o’simliklar o’sishini stimulyatsiyalovchi vositalar ishlab chiqarilmoqda.Bu esa “Harakatlar strategiyasi”da ham,kimyo sanoatini yanada rivojlantirishga bag’ishlangan qarorlarda ham ta’kidlab o’tildi. 1,2,3-triazol haqidagi ilk izlanishlar XIXasrda boshlangan bo’lib,ko’plab mamlakatlar olimlari –A.Mixaelom,I.Mohammed,I.K.Mahdi va boshqalar bu sinf vakillari sintezi,strukturasi,biologic faolligini o’rganishgan.O’zbek olimlaridan ham N.Madihanov A.J.Djurayev,A.G.Mahsumovlar bu borada o’z hissalarini qo’shib kelmoqda.Adabiyotlarda turli o’rinbosarlar saqlagan 1,2,3-tiazollar sintezi,tuzilishi va xossalari o’rganilgan,lekin to’yingan bir asosli karbon kislotaning propargil efiri bilan para-azidbenzoy kislotaning reaksiyasidan 1,2,3-triazol va uning hosilalari sintezi o’rganilmagan va adabiyotlarda keltirilmagan.Shunday ekan azid va alkin orasida 1,3-dipolyar siklobirikish reaksiyalarini amalga oshirish,tuzilishi,biologic xossalarini o’rganish,yangidan yangi kelajakli moddalarni sintez qilish maqsadga muvofiqdir.Bunday geterosiklik moddalarni oraliq metallar bilan kompleks birikmalarini sintez qilgan,tuzilishi va biologic faolligini o’rgangan olimlar bir qator mavjauddir.MDH davlatlari olimlari ham bu borada yetakchi bo’lganini bilishimiz mumkin.O’zbekistonda ham bu boradaakademik N.A.Parpiyev boshchiligidagi ilmiy maktabda professor,olimlar tadqiqot ishlarini olib borgan bolsada, triazollar va oraliq metall komplekslari yetarli darajada o’rganilmaganligi adabiyotlardan ma’lum bo’ldi. Ushbu tadqiqot natijasida 1H-1,2,3-triazol hosilasi bo’lgan 1-fenil-1,2,3-triazol asosida Cu(ll)-komplekslarini sintez qilish,uning tuzilishiniva fizik-kimyoviy xossalarini bir nechta metodlar IQ,RTT,YaMR,mikroskopik usullar orqali tahlil qilish,biologik ahamiyatini o’rganish tibbiyot va qishloq xo’jaligida yuqori samara berishdan iborat. Download 33.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling