Jahonda moliya Sektorini raqamlashtirish Samardorligi


Download 326.3 Kb.
bet3/4
Sana27.01.2023
Hajmi326.3 Kb.
#1133050
1   2   3   4
Bog'liq
Allamurodova Zuxraning 19-mustaqil ishi

2019-yil 5-noyabrda kuchga kirgan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun Jahon banki koʻmagida ilgʻor xorijiy tajriba, umumeʼtirof etilgan normalar va standartlar asosida ishlab chiqildi. Oxirgi besh yilda pul-kredit siyosati sohasida islohotlar natijasida isteʼmol tovarlari hajmi sezilarli oshib, oʻzaro muvofiqlashgan makroiqtisodiy siyosat hamda tarif va notarif borasida salmoqli ishlar qilindi. Inflyatsion targetlashga bosqichma-bosqich oʻtishga tayangan holda Markaziy bank tomonidan inflyatsiyani pasaytirishga qaratilgan qatʼiy pulkredit siyosati yuritilmoqda.

  • 2019-yil 5-noyabrda kuchga kirgan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun Jahon banki koʻmagida ilgʻor xorijiy tajriba, umumeʼtirof etilgan normalar va standartlar asosida ishlab chiqildi. Oxirgi besh yilda pul-kredit siyosati sohasida islohotlar natijasida isteʼmol tovarlari hajmi sezilarli oshib, oʻzaro muvofiqlashgan makroiqtisodiy siyosat hamda tarif va notarif borasida salmoqli ishlar qilindi. Inflyatsion targetlashga bosqichma-bosqich oʻtishga tayangan holda Markaziy bank tomonidan inflyatsiyani pasaytirishga qaratilgan qatʼiy pulkredit siyosati yuritilmoqda.

XIZMATDA — “RAQAMLI BANK”

  • XIZMATDA — “RAQAMLI BANK”
  • Aholi soni yildan-yilga oʻsib borayotgani xizmat koʻrsatuvchi toʻlov terminallari, bankomat va infokiosklar sonini oshirishni taqozo etadi. Shu bois, soʻnggi yillarda innovatsiyalarga asoslangan xizmat turlarini kengaytirish va mavjudlarini takomillashtirishga katta eʼtibor qaratib kelinmoqda. Shulardan biri “raqamli bank” boʻlib, undan foydalanuvchilar oʻzlariga qulay va hamyonbop boʻlgan masofaviy xizmat turini tanlash imkoniyatiga ega.
  • Tahlillarga koʻra, rivojlangan mamlakatlarda bank infratuzilmasi yildan-yilga zamonaviylashib boryapti. “Raqamli bank”lar anʼanaviylarini konfidensiallik, xavfsizlik, muammolarni hal etish va toʻlovlarni amalga oshirishning real vaqt rejimida kechishi singari asosiy mezonlar boʻyicha ham ortda qoldirdi. Yangi tizim jarayonlarning yuqori darajada avtomatlashuvi, xizmatlarning veb-saytlarga asoslanishi, institutlararo bank mahsulotlari yetkazib berishni taʼminlovchi dasturiy interfeys ilovalaridan (API) foydalanish, mijozlarga moliyaviy axborotga kompyuter, mobil telefon va bankomatlar orqali bogʻlanish imkoniyati mavjudligi bilan ajralib turadi.

Download 326.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling