8. Uchinchi shaxsdan
kafolat:
forfeyter uchinchi shaxsdan
variant talab qiladi
553
beriladi, ammo forfeyter kafolatlar kafolat beruvchi bankning sof
chaqirilmaydigan va shartsiz majburiyatlari bo‗lishiga erishishi va
eksportyor aylanmasiz hujjatlarga ko‗proq ishonishi zarur.
Hozirgi kunda faktoring va forfeyting operatsiyalarini farqlash juda
muhim. Forfeyting operatsiyalari faktoring operatsiyalarining bir turi
hisoblansada, quyidagi o‗ziga xos tomonlari mavjud:
Ikkala metod ham hozirgi kunda yaxshi bo‗lib hisoblanadi, har
birining o‗z qulayliklari bor.
Faktoring operatsiyalari kichik va o‗rta korxonalar uchun juda
qulay. Kichik va o‗rta korxonalar debitorlik qarzlarini tez olishda va
kredit jalb qilishda qiynalishadi. Lekin faktoringning buxgalteriya
hisobi, marketing, informatsiya, reklama va sug‗urta xizmatlarini taklif
qilishi kichik va o‗rta korxonalarning e‘tiborini faqat ishlab chiqarishga
qaratishga olib keladi. Shuning natijasida kengaytirilgan takror ishlab
chiqarish rivojlanadi. Forfeyting esa yirik korxonalar uchun ko‗proq
qulay hisoblanadi. Chunki yirik korxonalar uzoq muddatli va ko‗p
mablag‗ga muhtoj bo‗ladilar
Opsion, fyuchers, svop
Hozirgi vaqtda xalqaro moliya bozorlarida spekulyativ o‗yinlar:
tovar narxlari, valyuta va qimmatbaho qog‗oz kurslari, foiz stavkalari,
risklarning xedjirlash asosi bo‗lmish moliya instrumentlari keng
qo‗llanilmoqda. Ular qog‗ozlarning hosilasi sifatida qatnashadi.
Forvard opsioni – opsion sotuvchi kontragent va o‗zgarmas narx
asosida ma‘lum valyutani xarid qilish huquqini (majburiyatini emas)
kirituvchi xaridor o‗rtasidagi kontrakt hisoblanadi. Shuningdek, ushbu
kontrakt xaridori ma‘lum valyuta summasini sotish huquqini ham
kiritadi. Shu asnoda, opsion xususiyati shundaki, xaridor mustaqil
ravishda qaror qabul qilish huquqini qo‗lga kiritadi. Bunda huquqqa
egalik qilish uchun opsion xaridori sotuvchiga mukofot – komission
pullarini to‗laydi. Operatsiya turiga ko‗ra opsionlarni sotishga «put»
(«put») va xarid qilishga ―koll‖ (―call‖) turlarini ajratishadi; amalga
oshirish prinsiplariga ko‗ra Amerika yoki Yevropa opsioniga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |