Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Jalb qilinish muddatlariga qarab depozitlar muddatli va talab 
qilib olinadigan turlarga bo‗linadi.
Depozitlar ishlatish xarakteriga qarab yakka tartibdagi va 
umumiy depozitlarga bo‗linadi. Umumiy depozitlar shtat qonunchilik 
me‘yorlariga asosan turli shakllarda bo‗lishi mumkin: 
- vafot etishi munosabati bilan mulkka egalik qilish huquqi shaklida; 
- depozitni bo‗lmasdan egalik qilish; 
- birgalikda egalik qilish va boshqalar. 
Depozit sertifikatlar bankdagi hisob varaqga ma‘lum miqdorda pul 
mablag‗lari qo‗yganlik to‗g‗risida guvohlik beruvchi hujjat bo‗lib u
oborotda aylanishi bo‗yicha o‗z xususiyatlariga ega. FRT 
boshqaruvchilari Kengashining qoidalariga ko‗ra depozit sertifikatlar 
muomalada aylanadigan va aylanmaydigan turlarga bo‗linib, unda 
ko‗rsatilgan summa sertifikat egasiga yoki uning buyrug‗i bo‗yicha u 
ko‗rsatgan shaxsga qaytarilishi lozim. Mablag‗larni to‗lab berish: 
- depozit qo‗yilgandan kamida 30 kun o‗tganidan keyin aniq bir 
sanada qaytarilishi; 
- 50 kun oldin pulni olish to‗g‗risida bildirishnoma berilganda; 
- depozit sertifikatni bankga taqdim etganda amalga oshiriladi.


148
Eng ko‗p tarqalgan depozit sertifikati turlaridan biri qaytib 
olinadigan depozit sertifikati bo‗lib taqdim qilinganda to‗lanishi 
kafolatlangan va ular bo‗yicha odatda foizlar to‗lanmaydi. Muddatli 
depozit sertifikatlarining muddati 30 kundan bir necha yilgacha bo‗lishi 
mumkin va o‗z egasiga ma‘lum miqdorda daromad keltiradi Muddatli 
depozit sertifikatlarining minimal nominal miqdori 1000 doll.dankam 
bo‗lmasligi lozim. Yirik summadagi sertifikatlarning nominal miqdori 
100.000doll. dan ortiq bo‗lishi mumkin. Keyingilar, odatda, qimmatli 
qog‗ozlar bozorida muomalada ishtirok etadi va kreditlar bo‗yicha 
ta‘minot sifatida qabul qilinishi mumkin. 
Depozit sertifikatlar shuningdek, suzib yuruvchi foiz stavkali 
depozit sertifikatlari va jarimasiz depozit sertifikatlari, aksiya kursi 
bo‗yicha indeksitsiyalanadigan depozitlarga bo‗linadi. 
AQShda har qanday moliyaviy depozit institut yakka tartibdagi 
pensiya hisob raqamlarini ochishi mumkin va juda katta miqdorga ega 
bo‗lgan bu mablag‗lar tijorat banklari moliyaviy resurslarning muhim 
va salmoqli manbasi bo‗lib xizmat qiladi.
Nau-hisob varaqlar (Now) – jamg‗arma hisob varaqlari bo‗lib 
buyruq yoki chek yozish orqali to‗lovlar amalga oshiriladi va ular 
bo‗yicha foizlar to‗lanadi.. 
AQSh banklari va boshqa moliya institutlari mijozlarning 
mablag‗larini jalb qilish bo‗yicha jamg‗arish rejalarini ishlab chiqishadi. 
Omonotchi o‗z mablag‗larini omonotga qo‗yishda kredit institutlari 
tomonidan taklif etilayotgan foiz stavkalari va ular bo‗yicha oladigan 
daromad normasiga, omonotiga to‗lanadigan foizning qancha daromad 
keltirishi (kompaund) yoki olgan foizining foiz ishlashiga, inflyatsiya 
darajasiga, soliqlarga, kredit va depozit institutlarining likvidliligi va 
xavfsizligiga va boshqa jihatlarga e‘tibor qaratadi.
Jamg‗arishning qaysi turini tanlash mijozning xohishiga bog‗liq. 
Amaliyotda ko‗proq Asosiy Jamg‗arma Hisob varag‗i (Basic Saving 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling