Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet316/351
Sana28.10.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1731815
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   351
Bog'liq
Bank ishi (2)

 
 
XX BOB. TIJORAT BANKLARINING DAROMADLARI, 
XARAJATLARI VA FOYDASI 
 
1-
§. Tijorat banklarning daromadlari va ularning turkumlanishi 
 
Tijorat banklarining daromadi bank faoliyatining kredit berish
diskont faoliyati, trast (ishonch) xizmati k
o‗rsatish, banklarning 
kafolatlash faoliyati, qimmatli qo
g‗ozlar bilan operatsiyalar, depozitlarni 
qabul qilish va ularning hisobini yuritish bilan bo
g‗liq faoliyat, boshqa 
banklar bilan vakillik munosabatlariga asoslangan faoliyat, 
noan‘anaviy 
xizmatlar k
o‗rsatish va boshqa faoliyat turlari natijasida shakllanadi. 
Ushbu faoliyatlarning har bir turi bank ushbu operatsiyalarda 
qanday vaziyatda qatnashishiga qarab ajralib turadi. Yuqoridagi faoliyat 
turlarining 
ba‘zilari aktiv operatsiyalarga kirsa, ba‘zilari esa passiv 
operatsiyalarga kiradi. Bank daromadlarda har bir faoliyat turidan 
turlicha olinishi mumkin. Aktiv operatsiyalardan keladigan daromad 
umumiy daromadlarning asosiy qismini tashkil etadi.
Tijorat banklarning daromadlari va ularning manbalarini bank 
faoliyatiga qarab, tijorat banklari amalga oshiradigan operatsiyalar 
nuqtayi nazaridan tasniflash mumkin. 
Kreditlash operatsiyalari vositasida daromadlarning shakllanishini 
ikki tarkibiy elementga b
o‗lish mumkin: 
- mijozlarga, ya‘ni yuridik va jismoniy shaxslarga kredit berish; 
- bo‗sh zaxira mablag‗larini foiz hisobiga boshqa tijorat banklariga 
vaqtinchalik foydalanishga berish. 
Kredit berishning ikkinchi turi banklararo kredit yoki boshqa 
bankdagi muddatli depozit shaklida ham b
o‗lishi mumkin.
Hozirgi kunda respublikamiz bank tizimida mijozlarni hamda 
boshqa banklarni kreditlash tijorat banklari daromadining asosiy qismini 
tashkil etadi. K
o‗pgina banklar qisqa va uzoq muddatlarga mavjud 
mabla
g‗larini kreditga berib, turlicha foiz stavkalar o‗rnatgan holda 
daromad oladilar. Har bir bank foiz stavkalarini 
o‗z kredit siyosatidan 
kelib chiqib belgilaydi va bu stavkalar bir-biridan farqlanishi mumkin. 
Biroq oradagi farq unchalik katta emas, chunki barcha banklar 
o‗z foiz 
stavkalarini Markaziy bank belgilab bergan qayta moliyalash
stavkasidan kelib chiqib belgilaydi.


554

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   351




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling