Jahonda XXI asrda globallashuv jarayonlari rivojlanishining asosiy tendensiyalari


Download 35.17 Kb.
bet2/3
Sana02.12.2023
Hajmi35.17 Kb.
#1780498
1   2   3
Bog'liq
JAHONDA XXI ASRDA GLOBALLASHUV JARAYONLARI RIVOJLANISHINING ASOSIY TENDENSIYALARI1

Globallashuv oqibatlari..
O’zbekiston ulkan tabiiy resurslar potensialiga ega bo’lib, birinchi navbatda, mineral xom ashyo resurslariga, iqtisodiy ishlab chiqarish va aholi potensialiga, gepotologik yondashish jihatidan faqat evroosiyo qit’asi emas, balki hozirgi kunda tiklanayotgan Buyuk Ipak yo’lida ham muhim strategik o’rin egallaydi.
O’zbekistonning Xalqaro Mehnat Taqsimotida ishtirok etish rolini ham aynan shu pozitsiyalardan ko’rib chiqish zarur. O’zbekiston oltin ishlab chiqarish umumiy hajmi bo’yicha dunyoda sakkizinchi va uning aholi jon boshiga belgilangan ishlab chiqarishi bo’yicha beshinchi o’rinni egallaydi; respublikada 30 ta oltini bor qazilmalar topilgan bo’lib, hozircha faqat o’ntasi ishga tushirilgan. O’zbekiston oltinining sifati jahon oltin standartlariga to’liq javob beradi, oxirgi yillarda uch marotaba xalqaro mukofatlariga erishdi.
Muruntovdagi (Navoiy viloyatida) oltini bor qazilmalarning (olinayotgan va miqdori va sifati jihatidan) jahonning eng katta oltin konlari Klondayk (AQSH), Vitvaterrand (YuAR), Kolar (Hindiston) bilan bir qatorga qo’yish mumkin. Yuqori probali qimmatbaho metal bu erda chorak asrdan beri qazib olinmoqda. Uni qazib olish arzon, ochiq yo’l bilan borayapti. SHunday qilib davlat suvereniteti sharoitida Respublika o’z oltiniga o’zi xo’jayin bo’lib, jahon oltin bozorida teng huquqli hamkor bo’lishi mumkin. Lekin oxirgi paytda jahon bozorining oltin bilan o’ta to’yintirilishi tendensiyalari ro’yobga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho metallning sifatiga bo’lgan talab ancha-muncha yuqoriroq bo’layapti.
Masalan:1991 yilda Jahon bankining ko’rsatgichlariga ko’ra, bu farq 220-320 tonnaga etdi. Bunday sharoitlarda oltinga bo’lgan narx-navoni qat’iy ravishda ushlab turish mushkul bo’lib qoladi, chunki Sobiq Ittifoqning parchalanib, uning o’rniga Yangi mustaqil davlatlarning tashkil topishi G’arb mamlakatlarini va Yaponiyani juda bezovta qilib qo’ydi. Binobarin, ular dunyoda eng katta oltin importyori va iste’molchisi edilar. SHuningdek, jahon bozorida O’zbekiston oltinini sotishda g’oyatda omilkorlik zarur.
Mustaqilligimizning 14 yilligi keng nishonlanayotgan shu kunlarda xalqaro milliy va siyosiy doiralar vakillari O’zbekistonda mustaqillik yillarida erishilgan natijalarga o’z baholarini bermoqda. Xususan, “Jahon” axborot agentligi muxbiri Vashingtonda AQSHning etakchi ilmiy muassasalaridan biri hisoblangan Jon Xopkins universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti direktori, taniqli olimi Frederik Star bu boradagi fikrlarni bildirdi.
- Janob Star, shu kunlarda O’zbekiston xalqi mamlakat mustaqilligining o’n uch yilligini keng tantana qilmoqda. Albatta bu tarix uchun qisqa muddat. SHunga qaramasdan, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalarga baho berish imkoniyati mavjud.
- Hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, o’tgan o’n uch yil mobaynida O’zbekiston yirik ishlarni amalga oshirdi. Bir qator omillarni sanab o’tish mumkin: O’zbekiston mustaqil davlat sifatida o’z chegaralari dahlsizligini ta’minlay oldi. Bugun mamlakat sarhadlari kuchli himoyaga ega. Mamlakatga yirik hajmdagi sarmoyalar kirib keldi. Ayni vaqtda O’zbekiston iqtisodiyotining turli jabhalarida barqaror o’sish kuzatilmoqda. O’tgan davr mobaynida mamlakat mintaqada va xalqaro maydonda o’zining mustahkam o’rniga ega bo’ldi. Markaziy Osiyo mintaqasining yalpi taraqqiyotiga xizmat qiluvchi yirik g’oyalarning tashabbuskoridir. SHu yilning may oyida Ostonada (Qozog’iston) Markaziy Osiyo rahbarlarining uchrashuvida O’zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov Markaziy Osiyoda yagona bozor yaratish g’oyasini ilgari surdi. Bu benixoya ijobiy va muhim qadamdir. Mintaqa davlatlari, xorijiy mamlakatlar, xususan AQSH bu g’oyani amaliyotga tadbiq etishga jiddiy e’tibor qaratmog’i lozim dedi janob Star.
O’zbekiston terrorizm nima ekanini faqat so’zda emas, balki hayotiy tajribada ham yaxshi biladi. O’zbekiston terrorizm muammosiga o’z vaqtida jiddiy yondasha bildi va bu borada izchillik bilan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu nafaqat mamlakat, balki mintaqa xavfsizligi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Xususan, O’zbekiston AQSH uchun mazkur muammoga qarshi kurashdagi ishonchli hamkoridir.
Ta’kidlash lozimki, bugungi dunyoda hamma narsa bir-biri bilan bog’langan. Toshkentdagi terrorchilik harakatlarini amalga oshirgan kuchlar bilan Yaqin SHarq va Janubiy Osiyodagi terrorchi tashkilotlar o’rtasida bog’liqlik mavjudligi ham bor gap. Tashqaridan kelayotgan moddiy va g’oyaviy ozuqa Markaziy Osiyodagi terrorchi guruhlarni rag’batlantirmoqda.
Xalqaro hamjamiyat Markaziy Osiyo xavfsizligiga daxl qilayotgan “Xizb-ut-tahrir” va shu kabi kuchlar tahdidini yaxshi anglagan holda mazkur muammoga etarlicha e’tibor qaratmog’i lozim.
Umuman, so’nggi vaqtlarda bir hollarni kuzatish mumkinki, “Xizb-ut-tahrir”ning tinchliksevar harakat ekanini haqidagi illyuziyalar tobora kamayib bormoqda, bu harakat bir kasallikka o’xshaydi. Unga qarshi zarur chora-tadbirlarni ko’rish kerak.
O’zbekistonning mintaqa xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlari narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi kurashda ham yaqqol ko’zga tashlanadi.
Afg’onistonda etishtirilayotgan va ishlab chiqarilayotgan narkotik moddalar nafaqat O’zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi, balki dunyo mamlakatlari uchun yirik muammolardan biridir.
O’zbekiston mazkur muammoni bartaraf etishda boshqa mamlakatlar, barcha tegishli xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilayotganini alohida ta’kidlab o’tish joiz.
Markaziy Osiyoda narkotiklar muammosi haqida gapirganda, bir omilga e’tibor qaratish kerak: “Mahsulot”ning deyarli 100 %i evropa mamlakatlariga kelib tushadi. Ya’ni mahsulot uchun iste’mol bozori mavjud. SHuning uchun evropa Ittifoqi mamlakatlari mazkur muammoni bartaraf etishda masalaning ayni shu jihatini e’tiborga olib, Markaziy Osiyoga narkotiklarga qarshi kurashga ko’proq e’tibor qaratmog’i, kerak bo’lsa, zarur moliyaviy yordam ko’rsatmog’i lozim.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 20 oktyabr kuni Oksaroyda NATO Bosh kotibi Yaap de Xoop Sxefferni qabul kildi. O’zbekiston NATO bilan hamkorlikka muhim ahamiyat berishini ta’kidladi.
- “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturi doirasidagi hamkorlik ayniqsa alohida e’tiborga ega, - dedi Islom Karimov. – O’zbekiston NATO bilan munosabatlarini qadrlaydi va o’zaro hamkorlikni izchil rivojlantirish tarafdori.
Mamlakatimizning ushbu tashkilot bilan munosabatlari faqat harbiy sohani rivojlantirish va xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi hamkorlik bilan cheklanmaydi. Fan-ta’lim, iqtisodiyot kabi sohalar, shuningdek tabiiy ofatlarning oldini olish bo’yicha NATO mutaxassislari bilan maslahatlashuvlar o’tkazilmoqda, tadqiqotchilar o’zaro tajriba almashmoqdalar. Birgalikdagi mashklar o’tkazilmoqda, alyansning maxsus o’quv kurslarida O’zbekiston Qurolli kuchlarining vakillari malaka oshirib, jangovor tayyorliklarini takomillashtirmoqdalar.
Mamlakatimizda harbiy islohotlarni amalga oshirishda, o’quv markazlari tashkil etishda, xalqaro terrorchilikka qarshi kurashda O’zbekiston NATO bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Tehronda (Eron) Islom Taraqqiyot Banki (ITB) boshqaruvchilari kengashining 29 yillik yigilishi bo’lib o’tdi. 1974 yilda tashkil etilgan ITBning asosiy maqsadlari unga a’zo mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy va texnik hamkorlikni kengaytirish, inson resurslarini rivojlantirish, Fan va texnologiyalar rivojiga ko’maklashish, atrof muhitni himoya qilish hisoblanadi.
Bu xalqaro moliya tashkiloti bilan hamkorlik respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Mamlakatimiz 2003 yil avgustida ITB tarkibiga kirgan. ITBning bu galgi anjumani davomida O’zbekiston hukumati va ITB o’rtasidagi texnik ko’mak to’g’risida bitim imzolandi.
Anjuman davomida ITB tomonidan O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankiga mamlakat xususiy tarmog’ida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini moliyalash uchun 13 million AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi taqdim etilishi to’g’risida moliyaviy bitim imzolandi.
Xavfsizlik yo’lida hamkorlikni kengaytirish muammoni hal etishning yagona to’g’ri echimidir. Evropa Ittifoqining xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi tajribasini o’rganish Markaziy Osiyo mintaqasida zarur harakatlarni tashkil etish uchun qo’shimcha imkoniyatlar ochilishi mumkin.
Markaziy Osiyo mamlakatlari tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashda xalqlar va davlatlar o’rtasidagi samarali hamkorlikning boy tarixiga ega.o’z navbatida bu tajriba boshqa mamlakatlarda katta qiziqish uyg’otmoqda. SHu bois Germaniya universitet va jamg’armalari muhokama qilingan muammolarni o’rganishga qaratilgan qo’shimcha loyihalarni amalga oshirish uchun yurtimizdagi tashkilotlar bilan samarali aloqalarini rivojlantirish niyatida.
O’zbekiston Respublikasini jahon hamjamiyatini integratsiyalashuvi, BMTda ishtiroki. Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv haqida gapirganimizda, eng avvalo, BMT faoliyatida ishtirok etishimizni nazarda tutamiz. 2004 yil 2 martda O’zbekiston BMTga a’zo bo’lganligiga 12 yil to’ldi. Biz o’zimizni obro’li xalqaro tashkilot ishidagi ishtirokimizni Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik, tinchlik va totuvlikni ta’minlashning keskin muammolariga jahon jamoatchiligi e’tiborini qaratish imkoniyatidir.
Hozirgi paytda umumiy xavfsizlik muammosiga aloqador bo’lgan xalqaro tashkilotlar g’oyat xilma-xil bo’lishiga qaramay, faqat BMTgina xavfsizlikni saqlash va ta’minlashga xizmat qiladigan oldini olishga qaratilgan diplomatiyadan tortib to tinchlik o’rnatishga qaratilgan operatsiyalarda qatnashishgacha bo’lgan vositalarning hammasiga ega.
O’zbekistonning tashabbusi bilan va BMT raxnamoligida 1995 yilda Toshkent Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizlik muammolariga bag’ishlangan xalqaro seminar muvaffaqiyatli o’tdi. Unga 20 ta xalqaro tashkilot va jahonning 30 dan ortiq mamlakati, shu jumladan, AQSH, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Xindiston, eron va boshqa davlatlarning diplomatiya hamda hukumat vakillari ishtirok etishdi.
Bizning BMT bilan munosabatimiz xalqaro jamoatchilikda yordam va madad olish istagimizdan ko’ra (garchi bugungi kunda bu ham katta ahamiyatga ega bo’lsada), ko’proq BMT say-harakatlari muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga, uning faoliyati Yangi mazmun bilan boyishiga, ko’maklashishiga, intilishga asoslanadi. Jahondagi jug’rofiy-siyosiy vaziyatning o’zgarishi yangi ming yillikda BMT tarkibiy tuzulishi va uning faoliyatini takomillashtirishni ham talab qilmoqda.
Dunyoda bir qator davlatlar paydo bo’ldiki, bu davlatlar qudratli va jahon siyosati ko’lamidagi ta’siri ortib borayotganligi tufayli Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi bo’lishi mumkin. Ayni vaqtda BMTning tuzilmasigina emas uning amal qilishi, ish tartibi va harakatlarini amalga oshirishi ham buyuk davlatlarning ta’siri doiralari uchun eski kurash ta’siridan hali qutila olgani yo’q. BMTning mintaqaviy mojarolarni tartibga solish yuzasidan amalga oshirayotgan tinchlik o’rnatish yo’lidagi ishlari hamma vaqt ham muvaffaqiyatli bo’lmayotganligini qisman shu bilan izohlash mumkin.
SHuning uchun ham O’zbekiston tabiatan jahonshumul bo’lgan va bu universal tashkilotning tarkibiy tuzilishi va faoliyatini takomillashtirishni bundan buyon ham faol yoqlab chiqaveradi.
SHu o’rinda BMTning integratsiya sohasidagi imkoniyatlari g’oyat ulkanligi va uning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari bu imkoniyatlarini tashkil etuvchilari hisoblanishini alohida ta’kidlash lozim. O’zbekiston mazkur tashkilotlar bilan bugungi kunning o’zidayoq samarali hamkorlikni rivojlantirmoqda. BMT doirasida jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvni BMTning ixtisoslashgan muassasalari – YuNESKO, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, YuNKDAT, YuNISEF, va boshqalar bilan keng hamkorlik qilish ma’nosidir.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvini ta’minlashga xalqaro moliya korporatsiyasi, evropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki va boshqalar ham katta yordam ko’rsatmoqda, biz mamlakatimizning har yili Davos shaxrida o’tadigan jahon iqtisodiy anjumanida qatnashishini katta ahamiyatga ega deb bilamiz. Anjumanda qatnashish O’zbekistonni va uning imkoniyatlarini tanishtirish, chet el investitsiyalarini jalb etish uchun muhim ahamiyatga molik.
Jahon hamjamiyati integratsiyalashuvning tarkibiy qismi davlatlarning turli mintaqaviy birlashmalari bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat. O’zbekiston mintaqaviy xalqaro tashkilotlar, chunonchi, evropa Ittifoqi (EI), eHXT, NATO, eKO, OIK va boshqalar bilan samarali hamkorlik kilmoqda. Bular orasida eI alohida o’rin to’tadi. 1996 yilda eI bilan O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda bir qancha ishlar amalga oshirildi. Fevral oyida eI kengashi sherikchilik va hamkorlik to’g’risidagi bitim tuzish yuzasidan O’zbekiston bilan Tashqi Ishlar Vazirligi darajasida muzokaralarni boshlash haqida qaror qabul qilindi. Iyul oyida esa bitim imzolandi.
O’zbekiston tashqi iqtisodiyotining evropa yo’nalishi ancha kengaydi. Ushbu yo’nalish evropadagi ayrim mamlakatlar bilan hamkorlik qilishni ham, shuningdek, butun evropa qit’asini o’z ichiga oladi. Bu qit’aning o’z mintaqaviy, evropaga xos integratsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
EI bilan sherikchilik va hamkorlikning biz O’zbekistonning xavfsizligi va taraqqiyatini ta’minlashga qo’shilgan yana bir hissasi deb hisoblaymiz. Bu sherikchilik iqtisodiy va madaniy, ilmiy sohalar bilan bir qatorda siyosiy sohani ham nazarda tutadi. Bu hujjat hamkorlik qilishning mutlaqo yangi bosqichini boshlab berdi. O’zbekiston, eI va unga a’zo bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning huquqiy negizini yaratadi, iqtisodiy, ilmiy texnikaviy va madaniy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochadi. Muntazam siyosiy muloqot uchun institutsional asos yaratadi.
5.2. Globallashuvning afzalliklari.

O’zbekistonning dunyo mamlakatlari bilan xalqaro savdo - iqtisodiy munosabatlarining tarixi o’rta asrlardan boshlanadi. G’arb va SHarq o’rtasidagi savdo, katta bozor uchun kurash va mehnat resurslari hamma vaqt O’zbekistonning hozirgi hududiga daxldor bo’lib kelgan. Keyingi o’n yillikda, mustaqillikni qabul qilishdan oldin O’zbekiston asosan agrotexnika xom ashyosi (paxta, ipak, korakul), mashinasozlik va asbobsozlik tarmoqlari uchun komplektlash mahsulotlari, oltin, uran ishlab chiqarishga mo’ljallangan. Urush davrida ko’pgina zavodlarning O’zbekistonga evakuatsiyasi tufayli respublikada konchilik, samolyotsozlik, traktorsozlik, elektrotexnika, kimyo, to’qimachilik, og’ir sanoat tarmoqlari paydo bo’ldi. Biroq texnika, texnologik va tarif standartlari O’zbekistondan tashqarida (asosan Rossiyada) ishlab chiqarilardi, respublika sanoat sohasining rivojlanishi muayyan darajada tashqi qaramlikka bog’liq edi.


1991 yil 1 sentyabrdan boshlab O’zbekiston mustaqil davlat bo’ldi. Uni iqtisodiy davlatchilik taraqqiyotining birinchi bosqichi (1991-1995 yy.) iqtisodni boshqaradigan o’z infrastrukturasini yaratish va intensiv ravishda jahon hamjamiyatida savdo aloqalarini rivojlantirishga bog’liq edi. Xususan yagona iqtisodiy siyosatni o’tkazish va shakllantirish; taraqqiyot strategiyasini belgilash; ichki va tashqi bozorlarda umumdavlat manfaatlarini ta’minlash; iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, savdo, madaniy va sport sohalarida hamkorlik o’rnatish; turizmni rivojlantirish va boshqa aloqalarda samarali yordam berib boshqaradigan Tashqi Iqtisodiy Aloqalar Agentligi barpo etildi. 1992 yil 26 martda qabul qilingan Hukumat qaroriga ko’ra Vazirlik davlat organi bo’lib, u O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini boshqarish, nazorat qilish, tartibga solish va muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi.
Vazirlik O’zbekiston Respublikasini uning tashqarisida boshqa mamlakatlarga namoyish etadi; barcha tashqi iqtisodiy masalalar bo’yicha davlat manfaatlarini hamda O’zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlaridan kelib chiqadigan majburiyatlarini mamlakat nomidan himoya qiladi. Tashqi Iqtisodiy Aloqalar Agentligi o’z faoliyatida xalqaro huquqiy normalarga, O’zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzgan bitimlariga, qonunlariga va normativ aktlariga amal qiladi.
O’z taraqqiyotidagi birinchi bosqichning yakuniy davrida (1995 yilning oxiri) O’zbekiston davlat boshqaruvida, iqtisodiyotda, tashqi savdo aloqalarida hamda ishlab chiqarish doirasida barqarorligi bilan ko’zga tashlanadi. 1995 yilda MDH orasida savdoda ijobiy saldo olgan ikki davlatning biri bo’ldi.
Iqtisodiy rivojlanishning ikkinchi bosqichi (1995-1998 yy.) negizlaridan biri – bozor iqtisodiyotining amalda mamlakatning o’z sanoatiga asoslanib, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishi, makroiqtisodiy investitsiyaviy infrastrukturasini ta’minlaydigan bir qator institutlar barpo etishdir.
Bu bosqichda tashqi bozorni ta’minlash, bir tomondan, ichki bozor uchun (import o’rniga) va bozor uchun (eksportga) raqobatbardosh tovarlarni ishlab chiqarish bo’lsa, ikkinchi tomondan – O’zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlariga ko’plab xorijiy texnologik sarmoyalarning kirishi bilan chambarchas bog’liqdir, ya’ni:
aviatsiya mashinasozligi va avtomobilsozligi;
kon qazilmalari va kimyo sanoati;
qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta ishlash va qadoqlash;
qurilish materiallarini ishlab chiqarish;
to’qimachilik sanoati;
telekommunikatsiya va aloqa.
SHuning uchun asosiy e’tibor O’zbekistonning aviatsiya va temir yo’l portlarini kompleks ravishda qayta qurish sarmoyalariga; energetika; transport; aloqa va mashinasozlik sohalarida yirik sanoat komplekslarini barpo etishga qaratildi
1996 yilda davlat byudjetining defitsiti Yalpi Milliy Mahsulotdan kelib chiqib, 3,5% darajada baholandi, hamda MVF eksporti tomonidan nazorat qilinadigan keskin darajadan oshmadi. O’zbekiston 3 mlrd. AQSH dollari bilan baholanadigan yuqori potensialli meneral xom ashyo resurslariga ega bo’ldi. Sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi, mehnat resurslari hamda barcha ishlab chiqarish sohalaridagi malakali kadrlar va xizmat ko’rsatish doiralari miqyosida xalqaro savdo-sotiqni unumli ravishda yanada rivojlantirish imkoniyatlariga egadir.
O’zbekiston Respublikasining eksport-import tuzilishi shuni ko’rsatadiki, 1998 yil yakuniy natijalariga ko’ra, tashqi savdo oboroti 6 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Tashqi savdoda 216 mln. AQSH dollari miqdorida qo’shimcha saldo ta’minlandi. MDH davlatlarining tovar oboroti 24 %ga tushib ketdiki, bu hol parallel ravishda erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta vositasidagi savdo hajmining ortishiga olib keldi.
1998 yil yakunlariga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining asosiy hamkori SHveysariya bo’ldi. SHuningdek, tashqi savdo olib borilgan birinchi besh mamlakat qatorida Janubiy Korea, Germaniya, Buyuk Britaniya, Turkiya bo’ldiki, bu borada ancha salohiyatga erishildi.
O’zbekistonning asosiy tovar oboroti evropa iqtisodiy hamjamiyatining sanoati rivojlangan mamlakatlarga 30,6%, janubiy Koreaga 16,2%, Turkiyaga 6,2%, Birlashgan Arab amirliklariga 2,2%, Xitoyga 1,8%, AQSHga 1,2% to’g’ri keldi. MDH mamlakatlari bilan tovar oborotida Rossiyaga 49,1 %, Qozog’istonga 18 %, Tojikistonga 8,9 %, Ukrainaga 4%, Qirg’izistonga 3,9 % to’g’ri keldi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining integratsiya salohiyati energetika, oziq-ovqat, mudofaa, ekologiya, suv muammolarini hal etish uchun resurs-xom ashyo bazasidan, ijtimoiy madaniy va ishlab chiqarish – iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatlari bilan o’sadi. Faqat birgalikda foydalaniladigan iqtisodiy salohiyat va resurslar bir-birini o’zaro to’ldirib mintaqaning kam sig’imli va bo’linib ketgan ichki bozorini kengaytirishi va zamonaviy raqobatbardoshli ishlab chiqarishni barpo etish mumkin.
Jami iqtisodiy salohiyatdan, bozor sharoitida mehnatning hududiy taqsimlanishi ustunliklaridan, davlatlararo savdodan, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyadan samarali foydalanish, shuningdek umummintaqaviy ekologiya muammolari hal etilishi Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasining maqsadi hisoblanadi.
Markaziy Osiyo mintaqasida erkin savdo zonasi asoslarining barpo etilish iqtisodiyotning mintaqaviy integratsiyasi rivojlanishi va chuqurlashishining muhim jihati hisoblanadi.
Bayon etilganlarni umumlashtirib, transmilliy kompaniyalar, moliya-sanoat guruhlari va erkin savdo zonalari tashkil etish asosida Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekistonning kengroq integratsiyalashuvi bizning iqtisodiyotlarimiz yuksalishini barqaror jarayonga aylantirish uchun shart-sharoitlar yaratishni qayd etish zarur. Bulardan tashqari, bu istiqbolda tugallangan texnologik siklli sanoatning etakchi tarmoqlari va qishloq xo’jaligini rivojlantirish asosida Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotining yagona kompleksini tashkil etish hamda bizning davlatimizga Xalqaro Mehnat Taqsimotida to’la huquqli ishtirok etish huquqini beradi.
O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatida qaror topishi jahon globallashuvining ob’ektiv tendensiyalarini hisobga olmaslik mumkin emas.
O’zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo’shilishi jarayoni iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Xorijiy investitsiyalar, tashqi kreditlarning jalb etilishi eksport bazasining hamda importning o’rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarning muhim elementlari sifatida qaraladi. Ular bir vaqtning o’zida amalga oshirilishi mumkin emas.
O’zbekistonning jahon miqyosida, global darajada amalga oshirilayotgan strategik integratsion vazifasi – bu mamlakatning barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining tashqi dunyo bilan o’zaro hamkorligi uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga javob beruvchi shart-sharoitlar yaratish asosida xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga bevosita qo’shilishdir. Ushbu vazifaning amalga oshirilishi O’zbekistonga XXI asrda jahon iqtisodiyoti uchun xos bo’lgan globallashuv jarayonlarida to’liqrok ishtirok etish imkonini beradi.
O’zbekiston iqtisodini eksportga yo’naltirilganligi va raqobatbardoshligi eng ko’p darajada samarali amalga oshirilishi, jahon xo’jaligida o’z o’rnini topishi, jahon xo’jalik aloqalariga integratsiyalashuvi asosiy muammolardan hisoblanadi. Yaponiya, Yangi industrial mamlakatlar tajribasi Ushbu muammo ustivor tarmoqlar konsepsiyasini ishlab chiqish asosida hal etilganligini ko’rsatadi.
Raqobat siyosatini qo’llab quvvatlash sohasida evropa Ittifoqining tajribasi diqqatga sazovor. Evropa Ittifoqining raqobat siyosati milliy bozorlarning amalda integratsiyalashuvini ta’minlash, bozorlarni bo’lib olish to’g’risida bitimlar tuzish yo’li bilan milliy bozorlar o’rtasida o’z to’siq larini barpo etishga intiluvchi kompaniyalarga to’siq yaratish, tuplanish jarayonining o’zini emas, balki bozorda ustunlik mavqeini egallab olishdan kelib chikuvchi suiste’mollarni ta’qiqlash yo’li bilan iqtisodiy xokimiyatning xaddan tashqari bir joyga to’planishi uchun to’siqlar yaratish vazifalarini hal etishga qaratilgan.
O’zbekiston uchun raqobatbardoshlikni ifodalovchi ko’rsatkichlar o’zaro bog’liq ko’rsatkichlarning uch guruhini o’z ichiga olishi kerak. Bular: iqtisodiy salohiyatni aks ettiruvchi ko’rsatkichlar, Xalqaro Mehnat Taqsimotiga kirishish darajasi va iqtisodiyotning innovatsiya sig’imi. Iqtisodiy salohiyatni yalpi ichki mahsulot va oltin-valyuta zaxirasi kabi integral ko’rsatkichlar eng ko’p darajada harakterlaydi.
Yalpi milliy mahsulot hosil bo’lishida harajatlar ulushi intellektual ko’rsatkich rivojlanishining va inson kapitaliga investitsiyalar qo’yishning muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. O’zbekistonda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” doirasida amalga oshirilayotgan raqobatbardoshlikni oshirishning ushbu omiliga katta e’tibor berilmoqda. Yalpi milliy mahsulotda 2000 yilda ta’limga harajatlarning ulushi 8,4% ekanligi buning dalilidir. Ayni vaqtda ushbu ko’rsatkich Qozog’istonda-4,7%, Qirg’izistonda-5%, Tojikistonda-2,2%, Rossiyada-4,1%, Buyuk Britaniyada-5,4%, Germaniyada-4,8%, Italiyada-4,7%, AQSHda – 5,4%, Xindistonda – 3%, Xitoyda – 2,3%dir.
5.3. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi tufayli vujudga keladigan xavf-xatarlar.

Eksportga yo’naltirilgan strategiyani amalga oshirish muammosi davlat sanoat siyosatini amalga oshirish bilan birgalikda qarab chiqiladi. Binobarin, bozor mexanizmi samarali ishlamagan sohalarda o’zini oqlagan davlat aralashuvini qo’llagan holda iqtisodiyotda eksport faolligini oshirish muammosini hal etishda bozor mexanizmiga berilishi kerak. Taklif etilayotgan chora-tadbirlar izchilligi quyidagilarga bog’liq:


eksportni rivojlantirishning zarur sharti sifatida infratuzilmasini yaratish;
iqtisodiyotni to’siqsiz erkinlashtirish uchun bozor infratuzilmasini yaxshilash;
eksportga yo’naltirilganlikni, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlaydigan qo’shimcha chora-tadbirlar bilan birgalikda amalga oshirish.
“Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi farmonga ko’ra korxonalar ishlab chiqargan mahsulot tarkibida eksportga ishlab chiqarish bo’lsa imtiyozga ega bo’ladi.
Amaldagi imtiyozlar va rag’batlantirish omillari tizimi quyidagilardir:
ishlab chiqarish hajmida tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti kamida 30% ni tashkil etadigan korxonalarga, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, foyda soligini amaldagi stavkalaridan ikki baravar kamroq to’lash huquqini berish;
respublika davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo’yicha soliqlar to’lashdan besh yil muddatga ozod qilish;
o’zi ishlab chiqargan mahsulotni ruxsatnomasiz bemalol chetga olib ketish;
O’zbekiston hududida qo’shma korxonalarning va faqat xorijiy sarmoya bilan ishlaydigan korxonalarning ustav fondiga hissa qo’shish uchun mol-mulkni chetdan boj solig’isiz olib kirish;
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun er uchastkalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqini tanlov aosida sotib olish ko’zda tutilgan.
Xorijiy sarmoyalar to’g’risidagi qonunga muvofiq chet ellik sheriklar uchun ularning mol-mulkini davlat ixtiyoriga olish va musodara qilishdan ozod etish uchun kafolatlar belgilab qo’yilgan. Ularning o’z faoliyati natijasida olgan foydasi va boshqa pullarni chet elga o’tkazishga, olingan foydani respublika hududida qayta sarmoya tarzida ishlatish, respublika banklarida hisob raqamiga va undan cheklanmagan miqdorda har qanday valyuta mablag’iga ega bo’lish kafolatlanadi.
Xorijiy sarmoyalarga nisbatan investitsiyalar amalga oshirilgan paytda amalda bo’lgan qonun me’yorlari (normalari) 10 yil mobaynida qo’llanilishi ko’zda tutilgan qonun hujjatlari o’zgartirilmasligiga kafolat mavjud.
SHunday qilib vujudga keltirilgan huquqiy normalar xorijiy sheriklarning keng investitsiya faoliyati uchun qulay imkoniyatlar yaratib, ularning huquqlari va sarflagan sarmoyalarini himoya qiladi.
O’zbekiston sarmoyalarni o’zaro himoya qilish to’g’risida Germaniya, Turkiya, Misr, Indoneziya, Malayziya, Pokiston, Finlandiya, Koreya, AQSH, Fransiya bilan bitimlar imzoladi. Boshqa bir qancha mamlakatlar bilan ham mana shunday bitimlar tuzilishi davom etmoqda.
Kanada, Xitoy, Turkiya, Niderlandiya, SHveysariya, Germaniyaning banklari va firmalari bilan 32 ta yirik kredit bitimlari tuzildi va hozirda bu bitimlar amal qilmoqda. O’zbekiston 30 dan ortiq savdo va iqtisodiy bitimlar tuzgan, ulardan 20 tasi uzoq xorij mamlakatlari bilan tuzilgan. Umuman mustaqillikka erishilgandan so’ng respublikaga 5 mlrd. AQSH dollari kirib keldi.
Bugungi kunda O’zbekiston eng nufuzli kuzga ko’ringan xalqaro tashkilotlarga teng huquqli a’zo, yirik banklar va moliya tashkilotlari bilan nodavlat va xokimiyatga tegishli bo’lmagan tashkilotlar barcha kontinentlardagi unlab mamlakatlar bilan do’stona munosabat o’rnatgan.
Mamlakatimiz muhim va asosiy xalqaro konvensiyalarni a’zosi hamdir.
O’zbekiston turli global va regional darajadagi integratsiyaviy jarayonlarda bir vaqtni o’zida qatnashib, muhim tamoyilga asoslanadi, ya’ni bir mamlakat bilan yaqinlashish ikkinchisini mann etmaydi. Bizni mamlakatimiz bir mamlakat bilan hamkorlik olib borish, ikkinchisini susayishi hisobiga olib bormaydi degan tamoyilga asoslanadi.
AQSH mamlakati bilan ikki tomonlama davlatlararo aloqalar qat’iy rivojlanib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi va AQSH o’rtasida yaqin qo’shnichilik va strategik hamkorlik asoslari to’g’risidagi deklaratsiya hujjati 2002 yil mart oyida imzo chekilgan bo’lib, ikki tomonlama munosabatlarni boshqarib borish uchun mo’ljallangan.
Jahonning yirik mamlakatlaridan bo’lgan iqtisodiy, siyosiy va intellektual potensialga ega bo’lgan AQSH mamlakati bilan ko’p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish O’zbekiston uchun muhim ma’noni kasb etadi.
Iqtisodiyotni eksportga yo’naltirilgan rivojlanishga o’tish jahon xo’jaligini integratsiyalashuvi, eksportni kengaytirish va mustahkam valyutadagi daromadlarni oshirish vazifalaridan kelib chiqadi.
2004 yilning May oyidan evropa Ittifoqi tarkibida – 25 ta a’zo mamlakat mavjud bo’lgan. Unga yana 10 ta mamlakat a’zo bo’lib, bular Sloveniya, CHexiya, Slovakiya, Vengriya, Polsha, Latviya, Litva, estoniya va o’rta er dengizi orol mamlakatlari Malta va Kipr (Gretsiyaga tegishli qismi). Bunday o’sish natijasida jahonning eng martabali kuch markazlaridan biri bo’lgan – evropa Ittifoqining territoriyasi aholi soni va umumiy iqtisodiy salohiyati ancha kuchaydi. (jadval №1).
Oldingi bosqichlarga nisbatan, hozirgi kengayish evropa Ittifoqiga yuqori darajadagi integratsiya sharoitida ro’y bermoqda. Xususan, iqtisodiy va valyuta ittifoqlarining shakllanish nixoyasiga etib, siyosiy hamjamiyat yaratishda va xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirishda sezilarli taraqqiyot kuzatilmoqda. Bu borada eIga a’zo bo’lgan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy faoliyati strukturasi va mexanizmida sezilarli o’zgarishlarni kutish mumkin.
Bu nafaqat evropaning o’zida, balki undan tashqarida ham olamshumul diskussiyalarga sabab bo’ldi. EI kengayishining evropa Hamjamiyatidagi iqtisodiy holatiga mumkin bo’lgan ta’siri bilan bog’liq turli vaziyatlar, yani evropadagi Yangi jarayonlarning Markaziy Osiyoga ta’siri to’g’risidagi bashoratlar ham keltirila boshlandi. Biroq yuqorida keltirilgan 10 mamlakatning evropa Ittifoqiga integratsiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqaro hamkorligining holati va rivojlanishga, xususan savdo-iqtisodiy sohada ham sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin. CHunki eIga a’zo bo’lgan mamlakatlar orasida – Polsha, Latviya kabi Markaziy Osiyo mamlakatlarining muhim savdo-iqtisodiy hamkorlari bor. 2003 yilda Polsha bilan Qozog’iston o’rtasidagi ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmi 400 mln. AQSH dollarini tashkil etdi (Qozog’istonning Polshaga 91,2 % eksporti neft mahsulotiga to’g’ri keladi). O’zbekiston davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra esa O’zbekistonning paxta tolasini import qilish bo’yicha Latviya beshinchi o’rinni egallaydi.
EI kengayishining Markaziy Osiyo va evropa mamlakatlari o’rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarga ta’sir natijasini O’zbekiston va Qozog’iston misolida tahlil qilamiz.
Evropa mamlakatlarining rasmiy ko’rsatmalariga ko’ra, evropa Ittifoqiga Yangi davlatlarning a’zo bo’lishi ittifoq bilan Markaziy Osiyoning ham siyosiy aloqalarini rivojlantirishga olib keladi. Tashqi aloqalar bo’yicha evropa Komissiyasi komissari Kristofer Pattenaning fikricha, eIga 10 ta Yangi mamlakatning a’zo bo’lishi bilan, Markaziy Osiyo va evropa Ittifoqi o’rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi kamida 20 %ga oshadi.
Bundan tashqari yaqindagi kengayish natijasida eI Markaziy Osiyoga geografik jihatdan yaqinlashadi. Bu bir qator umumiy loyihalarning mohiyatini ob’ektiv jihatdan oshiradi. Bu erda Markaziy Osiyo mamlakatlarining boy uglevodorod xom ashyosi katta rol o’ynaydi. Xususan, SHarq izlanishlar Markazining direktorini (Varshava) Yanek Sishoskining ta’kidlashicha, eI talablariga muvofiq Polsha, CHexiya, Sloveniya va Vengriya kabi mamlakatlar energetika sohasida Rossiyaga bog’liqligini ancha pasaytirishlari lozim. Bu borada Polshalik ekspertning fikricha, ko’rsatilgan mamlakatlar uchun uglevodorod xom ashyosini diversifikatsiyalanishida Kaspiy bo’yi mintaqasi davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish eng muhim amaliy yo’nalish hisoblanadi.
Yangi mamlakatlarning evroittifoqka a’zo bo’lishi bilan yagona umumevropa bozoriga to’g’ridan to’g’ri kirish yo’li ham kengayadi. Agar mahsulotlar evropa talablariga to’g’ri kelsa, unda Markaziy Osiyolik eksporterlarga eIning barcha mamlakatlariga tovar etqazib berishlari mumkin. Bunda ular bojxona bojlari va yig’imlari borasida nisbatan muqobil rejimlardan foydalanishlari mumkin.
SHu bilan birga bir qator sabablarga ko’ra, xususan umumevropa bozoriga texnologiya va mahsulotlarining raqobatga bardosh berolmasligi natijasida eIning yangi a’zo mamlakatlari iqtisodiyotining ayrim tarmoqlarini 3-jahon mamlakatlariga eksport qilishga yo’naltirishga majbur bo’ladilar. Bundan tashqari eIning ichki tartiblariga rioya qilish natijasida yangi a’zo mamlakatlarda ishlab chiqarish bahosi oshadi. Bu holat ishlab chiqarishni eIga a’zo bo’lmagan mamlakatlarga kuchirishni yanada rag’batlantiradi. Jahon banki mutaxassislarining fikricha, tashqi savdo ekspansiyasining bu yo’nalishi eI yangi a’zo mamlakatlari uchun eIga a’zo bo’lishda harajatlarni qoplashda muhim kompensatsiya rolini bajaradi.
EI kengayishi bilan bog’liq bo’lgan eksport va texnologik “ekspansiya”sining ta’siri buning mintaqada ham sezilarli bo’lishini bashorat qilishi mumkin. Biroq Markaziy Osiyoga bunday “ekspansiya” faqatgina eIning yangi a’zo mamlakatlaridan kutilmaydi. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga Rossiya, Ukraina, Bellorusiya kabi mamlakatlar ham harakat qilishadi. CHunki ular eIga a’zo bo’lgan mamlakatlar bozoridagi pozitsiyalarini yo’qotganliklarini shu yo’l bilan qoplashga urinadilar.
Bunday tendensiyalar Markaziy Osiyo iqtisodiyotigina evropa MDH mamlakatlarining ta’sirini kengaytirib, mintaqada boshqa markaziy kuchlar ta’sirini muvozanatlashtiradi.
Bunda eI rivojlangan mamlakatlari uchun yangi a’zo mamlakatlar iste’mol bozorlarining ochilishi ularning Markaziy Osiyoga eksportni ma’lum darajada ushlab turishi mumkin.
Eksport va texnologik “ekspansiya” ta’sirini farqlash lozim. Markaziy Osiyo davlatlariga eksport “ekspansiyasi” Markaziy Osiyoning o’z mamlakatlaridan chiqadigan tovarlar uchun mintaqaviy iste’mol bozorining qisqarishiga olib kelishi mumkin. Texnologik “ekspansiya” esa ishlab chiqarish mintaqaviy bozorga yo’naltirilgan qo’shma korxonalar sonining ko’payishiga ta’sir ko’rsatuvchi omil bo’lib hisoblanadi. Bunday tendensiyaning ayrim elementlari allaqachon kuzatilmoqda. Masalan, Qozog’istonda Ust-Kamenogorskdagi “Aziya-avto” avtoyig’uv zavodi bazasida CHexiyaning “SHkoda” markasidagi avtomobillarini ishlab chiqarish bo’yicha loyiha realizatsiyasi amalga oshirilmoqda.
Endi eI kengayishi bilan bog’liq bo’lgan Markaziy Osiyo savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanishidagi kengayishlar haqida to’xtalib o’tamiz.
EIning yangi a’zo mamlakatlari bilan munosabatlarni tartibga soladigan Markaziy Osiyo mamlakatlarining huquqiy bazasini bir qancha o’zgartirish lozim bo’ladi. Xususan, ular yagona bojxona tarifiga stavkasiga o’tishlari va evroittifoq tomonida qo’llaniladigan savdo himoyasi me’yorlarini kiritishlari lozim. EIga Latviyaning a’zo bo’lishi bilan O’zbekiston-Latviya va O’zbekiston-Evropa savdo aylanmasi rejimida noaniqliklar yuzaga kelmoqda. Latviya eIga a’zo bo’lganidan so’ng o’zining paxta tolasi importi hajmini evroittifoq taqdim etadigan kvotalarga muvofiq aniqlashi lozim.
SHunga o’xshash muammolar ma’lum tovarlarni Qozog’istondan eIga kiritishda vujudga kelishini taxmin qilish mumkin. Masalan, Qozog’iston hukumati bilan evropa ko’mir va po’lat hamjamiyati o’rtasida 1999 yil 15 dekabrda imzolangan kelishuv tovarlariga asosan, qishloq xo’jalik mahsulotlariga raqobatni kuchaytirishi mumkin.
EI kengayishi bilan bog’liq imkoniyatlardan to’laqonli foydalanish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy integratsiyani rivojlantirishi zarur. Bunga eIning keyingi kengayishini inobatga olgan holda yo’naltirilgan mintaqaviy savdo-iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish zarur. SHubhasiz, iqtisodiy islohotlar va shu jumladan raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida mintaqa mamlakatlari milliy iqtisodiyotini modernizatsiyalash jarayonlarini tezlashtirish shart.
EIning yangi a’zolari evrohududga 2008-2010 yillarda kirishadi.
Evropa Ittifoqi yangi 10 ta mamlakatining umumevropa valyuta tizimi, hatto ularning bir vaqtda – joriy yilning 1 mayida a’zo bo’lishiga qaramasdan, evroga kirishi turli muddatlarda ro’y beradi
Tadqiqodchilarning fikricha, yaqinda eIning a’zosiga aylangan kichik mamlakatlar, ya’ni: Kipr, Malta, Sloveniya va Boltiq mamlakatlari evrohududga 2008 yildan kirishlari mumkin. Vengriya, Polsha va Slovakiya uchun turli moliyaviy-iqtisodiy sabablarga ko’ra taxminan shuncha vaqt kerak bo’ladi, CHexiya esa bu hududga 2010 yilga boribgina kirishi mumkin.
Evropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining mutaxassislarining ta’kidlashicha, evroittifoqning kengayishi eIga a’zo bo’lgan va bo’lmagan SHarqiy evropa davlatlari o’rtasidagi iqtisodiy to’siqlarning ko’payishiga olib kelishi mumkin. Masalan, Polsha va Moldava o’rtasida. Evropa ekspertlarining fikricha, evroittifoqka a’zo bo’lmagan davlatlar o’z eksport potensiallaridan foydalana olmaydilar. Buning natijasida eIning sharqiy chegaralarida “rivojlanmagan mamlakatlar tizmasi” hosil bo’lishi mumkin.
Bunday sharoitda MDHning alohida mamlakatlari eIning kengayishi bilan bog’liq bo’lgan ma’lum noroziliklarni bildirmoqda. Xususan, Rossiya Bryusselga siyosiy va iqtisodiy norozilik bildirib, strategik muhim Rossiya tovarlarining evropa eksportiga asosan eI Komissiyasi tomonidan Qozog’iston po’lati eIga kirishiga kvota belgilanadi.
2002 yil 22 iyulda eI va Qozog’iston o’rtasida Bryusselda Yangi kelishuv tuzilib, unda eksport kvotasi ancha oshgan.
Muammolar avia aloqalarni texnik yo’nalishlarida ham vujudga kelishi mumkin. Ma’lumki evroittifoqning havo maydoniga sovet ittifoqida ishlab chiqarilgan samolyotlar kiritilishi ta’kiklanadi. SHuning uchun ham eIning yangi a’zo mamlakatlari tomon marshurutlarida shunday samolyotlardan foydalanadigan Markaziy Osiyo aviakompaniyalari uchish parklari tarkibini o’zgartirishlari lozim bo’ladi. Masalan, Vengriyaga uchadigan Qozog’iston aviakompaniyalariga – 2005 yilning 1 yanvariga qadar o’z uchish parkini yangilash talabi qo’yildi. Bu muddatgacha Vener aviakompaniyalari Qozog’iston samolyotlariga xizmat ko’rsatilishiga ijozat berdi.
Bulardan tashqari, umumevropa qonunchiligining Yangi 10-k mamlakatlariga tarqalishi ularning uchinchi mamlakatlar bilan qator shartnomalarning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin, (shu jumladan Markaziy Osiyo bilan ham). Bunda 2003 yil 11 noyabrda evropa Ittifoqiga a’zo bo’lishdan oldin, uning qonunchiligiga to’g’ri kelmaydigan nomuvofiqliklarning oldini olish bilan bog’liq holda Latviya va boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlardan chiqib ketdi. Xususan, Latviyaning “Leto” Axborot Agentligi ma’lumotlariga qaraganda, Latviya hukumati 3 iyul 1998 yilgi standartlashtirish o’lchov va me’yorlar tizimi hamda sertifikatsiyalash sohasidagi O’zbekiston-Latviya kelishuvini bekor qilishini tasdiqladi.

Xulosa
EI yangi mamlakatlarining viza tizimlari ham murakkablashmoqda. Bu savdo agentlarining mintaqalararo faoliyatida qo’shimcha to’siqlar yaratishi mumkin.
Uchinchi jahon mamlakatlari bozoriga o’z ishlab chiqaruvchilarining mahsulotini tarkatish bo’yicha eI o’z siyosatini kuchaytirishi mumkin. Bir qancha mutaxassislarning fikricha, evropa atrofida bozorlarni ochish maqsadida evroittifoq ba’zi bir mamlakatlarga, xususan, MDHdagilarga o’z ta’sir kuchini o’tkazishga harakat qiladi. Bunday holatda Markaziy va SHarqiy evropa hamda Boltiq mamlakatlariga evroittifoqning agrar va texnik siyosatining tarqalishi Markaziy Osiyo bo’yicha cheklashlar kiritilishini orkaga surishni talab qilmoqda. SHuningdek, Rossiya uchun viza masalasi muhim bo’lib qolmoqda.
Ukraina eIga a’zo bo’lgan 10 ta mamlakat bilan ikki tomonlama shartnomalarning bekor qilinishi sababli eIdan kompensatsiya undirishga harakat qilmoqda. Ukraina iqtisodiyot va zirligining baholashiga yangi mamlakatlarning yagona eI tarif siyosatiga a’zo bo’lishidan Ukrainaning taxminan ko’radigan zarari yiliga 285-385 mln. AQSH dollarini tashkil etadi (2004-2005 yillarda). Ijobiy Samara faqatgina 36 mln. AQSH dollarida baholanmoqda. Bu bilan bog’liq holda Kiev Bryusselga Ukraina iqtisodiyoti uchun salbiy oqibatlarni xususan, Ukraina tovarlarini eI bozoriga eksport qilishda kvotalarni oshirish va Ukraina bilan evroittifoq o’rtasida erkin savdo zonasini yaratish yo’li bilan minimallashtirishining kompensatsiya mexanizmini ishlab chiqishni taklif etmoqda.

Download 35.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling