Jahongir Murodov


Download 348.17 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.10.2023
Hajmi348.17 Kb.
#1727004
Bog'liq
Jahongir Murodov



Jahongir Murodov
O’zbekistonda pul tizimi


Pul tizimi
Pul tizimi — muamlakatning pul belgilari, pul birliklari, pul emissiyasi qoidalari va muomalasi shakllari, 
mamlakatda milliy qonunchilik bilan joriy etilgan pul munosabatlari. Tarixan Pul tizimining metall pul 
muomalasi va pul belgilari (qogʻoz pullar) muomalasi koʻrinishlari bor. Oʻz navbatida metall pul 
muomalasi tizimi bimetallizm va monometallizmga boʻlinadi. Oʻzbekiston Respublikasining hozirgi Pul 
tizimi 1995-yil 21 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi 
qonunga muvo-fiq tashkil etilgan. Rasmiy pul birligi soʻm. Soʻmning chet el valyutalariga nisbatan 
kursini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi va matbuotda eʼlon qiladi. Oʻzbekiston 
hududida naqd pullar (banknotlar va tangalar) ʻva naqd boʻlmagan pullar (kredit muassasalarida 
hisobvaraqlardagi mablagʻlar koʻrinishida) amal qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki naqd pullarni chiqarish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi 
xudu-dida muomalada boʻlishini tashkil etish va muomaladan chiqarish boʻyicha mutlaq huquqlarga 
ega.


XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida tovar – pul munosabatlarining 
rivojlanishi, xalqaro va mahalliy valyuta bozorlarining vujudga kelishi, shuningdek, 
davlatchilik asoslarining mustahkamlanishi davlat tomonidan pulmuomalasini 
tartibga solishning zaruriyatini keltirib chiqardi. 
Davlat tomonidan pul muomalasini amalga oshirish tartibini belgilashda mamlakat 
tarixi, siyosiy holati, milliy an’analari hamda uning iqtisodiy salohiyati muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Pul tizimi – bu mamlakatda pul muomalasini amalga oshirishning shakli bo‘lib, 
uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga solinadi.


O‘zbekiston Respublikasi 1991 yil 31 avgustda 
mustaqillikka erishgani e’lon qilingach, mamlakatda sovet rubli 
pul birligi sifatida muomalada qolavergan edi. 1992 yilning 
yanvaridan iste’mol bozorini himoyalash va mahsulotlarni faqat 
O‘zbekiston fuqarolariga sotish uchun bir martalik kuponlar bosib 
chiqarilgan. 1993 yilning 15 noyabrida so‘m-kupon chiqarilganidan 
so‘ng 1 hafta o‘tib — 22 noyabrgacha gazeta qog‘ozida chop 
etilgan va tashkilotining muhri uriladigan kartochkasi qirqib 
olinuvchi bir martalik kuponlar amal qilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi 
hududida parallel to‘lov vositasi sifatida «so‘m-kuponlar»ni muomalaga kiritish 
to‘g‘risida»gi 1993 yil 12 noyabrdagi №550-sonli qaroriga ko‘ra, ichki bozorni 
ortiqcha rubl massasidan himoyalash, aholiga pul mablag‘larini to‘lashni o‘z 
vaqtida ta’minlash maqsadida 1961–1992 yillarda amalda bo‘lgan sovet rubliga 
1:1 nisbatda 1993 yil 15 noyabrdan boshlab muomalaga kiritiladi.
1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘mlik pullarning 
barchasining old qismida O‘zbekiston gerbi va pul nominali, orqa qismida esa 
Samarqanddagi Registon maydonida joylashgan Sherdor madrasasining surati 
tushirilgan edi. 1, 3, 5, 10, 25 so‘mlik pullar 120 x 61 mm o‘lchamda, 50, 100, 
200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘mlik pullar 144 x 69 mm o‘lchamda yasalgan. 
So‘m-kupon Angliyadagi «Harrison & Sons Ltd» bosmaxonasida chop etilgan.


O‘zbekistonning amaldagi milliy valutasi
O‘zbekistonning amaldagi milliy valutasi so‘m — 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 1993 yil 3 
sentabrdagi №952-XII qaroriga muvofiq, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 
iyundagi PF-870 sonli farmoniga binoan, 1994 yilning 
1 iyulida, o‘zigacha amalda bo‘lgan so‘m-kuponga 
1:1000 nisbatda muomalaga kiritilgan.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat pul tizimi elementlari muhim ahamiyat 
kasb etadi, pul tizimi elementlarining to‘liq amal qilishi va barqarorligi milliy 
iqtisodiyotining rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston pul tizimining 
elementlari mamlakatimiz 1991 yilda mustaqillikka erishgandan boshlab tashkil 
topa boshladi. U o‘z ichiga quyidagilarni oladi: – pul birligi “so‘m” bo‘lib, 1 so‘m 100 
tiyindan iborat; – baho masshtabi tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif 
asosida belgilanadi; – muomalada qog‘oz va tanga pullar to‘lov vositasini bajaradi. 
Qog‘oz pullar 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 1000, 5000 so‘m 
qiymatdagi banknotlardan, tanga pullar 1, 3, 10, 50 tiyin, 10, 25, 50 va 100 
so‘mdan iborat; –banknotvatangalarniemissiyaqilishva muomaladan qaytarib 
olish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuklatilgan bo‘lib, muomaladagi 
barcha pullar uning majburiyati hisoblanadi;


Download 348.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling