Jahongir Safarov 3-2a-17-guruh Mexenning nazariyalarining aqsh dengiz qudratiga ta`siri Kirish


Download 24.14 Kb.
Sana20.05.2020
Hajmi24.14 Kb.
#108067
Bog'liq
WP oraliq nazorat2 Mehen USA J.Safarov


Jahongir Safarov 3-2a-17-guruh

Mexenning nazariyalarining AQSH dengiz qudratiga ta`siri

Kirish

Hammaga yaxshi malumki, insoniyat sivilizatsiyasida dengiz va okeanlar asosiy o`rin egallab kelgan.Chunki butun materiklar suv ilan oralganligini hisobga olsak, odomlar bir-birlari bilan aloa qilishlari uchun mana shu suv orqali harakatlanishga majbur bolganlar.

Buyuk amerikalik geosiyosatchi A.Mahen o`zining “Dengiz kuchlarining tarixga ta`siri” asari orqali dengizlarning insoniyat sivilizatsiyasiga, uning moddiy va ma`naviy kamol topishida uning ahamiyatini ochib berishga arakat qilgan va haqli ravishda bu vazifani qoyilmaqom qilib uddalagan. Muallif asarda dengiz qudrati uchun ko`plab mamlakatlar harakat qilgani va bu o`zaro raqobat ko`p hollarda ular o`tasida urushlar kelib chiqishiga sabab bo`lganini yoritib bergan. Bu asarida Mexan tarixdagi asosiy kuchli dengiz flotiga ega bo’lgan mamlakatlar va urushlarda mamlakat dengiz kuchlari qanday ahamiyat kasb etishi haqida yozgan. Asosan Mexen dengiz kuchlarining ahamiyatini isbotlash uchun tarix voqealaridan misol keltirgan. Chunki tarixda bo’lgan katta urushlarda aynan makakatning dengiz kuchlari urush taqdirini o’zgartirishi mumkun. Asar 1660-1783 yillardagi Yevropa davlatlari o`rtasidagi munosabat va ularning dengizda ustunlikni qulga kiritish va mavjud ustunlikni ta`minlash va kuchaytirishga qaratilgan urinish va say-harakatlarini tasvirlaydi va ularning isboti o`laroq ular o`rtasidagi urush va to`qnashuvlarni va g`olib tomonning g`alabalarida dengiz kuchlarining ahamiyatini mohirlik bilan korsatib beradi.

XIX asr oxiri XX asr boshlariga kelib AQSh o`z siyosiy va iqtisodiy tasiri jihatdan qudratli davlatlardan birida aylandi va 1894-yildan boshlab esa dunyo iqtisodida yetachi davlatga aylandi.Bu holat esa endi AQSHni ham faol tashqi siyoat yuritishga unday boshladi.Buning tasiri o`laroq AQSHda kolonizatsiyalash yoki hududlarni bosib olish g’oyasi ilgari surila boshlandi.Bu g’oyani amalga oshirishda Mexen g’oyalari yordam bergan. Mexenning “Dengiz Kuchi” doktrinasi AQSH geosiyosati uchun g’oya sifatida ishlatilgan.

Mexenni faqatgina AQSHda emas balki dunyoning ko’p mamlakatlarida uni tanishdi va uning ishlarini o’rganishadi, hozirda ham Mexen ishlab chigilga geosiyosi prinsiplar o’z kuchini yo’qotmagan. AQSHda Mexen nazariyalariga qiziqqan eng ko’zga ko’ringan shaxs bu Teodor Ruzvelt hisoblanadi. Ruzvelt Mexenning maruzalarida ishtirok etgan. Ruzvelt president bo’lganidan keyin AQSH harbiy flotiga kiritgan o’zgartirishlar Mexenning nazariyalariga mos kelgan.Bundan tashqari AQSH prezidenti Makkinli ham o`z siyosatida Mahen nazariyalariga murojat qilgan. Mexen o’z asarlarida tarixda amaliyotda qullangan real voqealarni misol keltirgan. Ularning xato va kamchiliklarini ko’rsatishga harakat qilgan, asosan, mamlakatlat o’rtasida bo’lib o’tgan urishlar va urishlardagi dengiz floti qanday rol o`ynaganini ko’rsatib bergan. Uning fikriga ko’ra har qanday urushda dengiz kuchlari asosiy masalani hal qiluvchi kuch sifatida qaragan.1

Asosiy qism

Dengiz nazoratining asosiy xususiyatlari

Mexen o’zining birinchi “Dengiz kuchining tarixga ta’siri” asarining birinchi bobini “dengiz nazoratining xususiyatlari” deb nomlangan va bu bobda mamlakat uchun dengiz qanday ahamiyat kasb etishi uning mamlakat kuchli dengiz flotiga ega bo’lishi va dengizda o’z hukmronligini urnatishi uchun qanday omillar bo’lishi haqida yozgan. Albatta Mexen har bir omilning ta’sirini davlatlar misolida KO’rsatgan.Dengiz yo’llari xavfli bo’lishiga qaramay tovarlarni dengiz yo’li bilan olib o’tish oson va arzon bo’lgan quruqlikka qaraganda dengiz qaroqchilarga qaramasdan bu saha bilan shug’ullanuvchilar soni juda ko’pchilikni tashkil etadi va Yevropa davlatlarining aksariyat qismi aynan dengizga intilgan. Chunki quruqlik bilan mollarni bir joydan boshqa joyga olib o’tish ko’p vaqt va ko’p xarajat talab qilgan. Hozirda ham hududi dengiz bilan tutashuvchi mamlakatlarning iqtisodiyotining bir qismini dengiz bilan bog’liq sohalar tashkil qiladi. Mexen fikriga ko’ra mamlakat o’z savdo va harbiy flotga ega bo’lganligidan so’ng boshqa hududlarda o’zi uchun bandargoh va panoh uchun joylarga ehtiyoj sezadi. Bu joylardan mamlakat tinchlik paytida savdo flotining bemalol tijorat qilishiga va zahira mollarni saqlash uchun ombor bo’lib xizmat qiladi. Urush yoki qo`zg’alon paytida havfdan yashirish uchun joy vazifasini bajaradi.Yuqorida aytib utilganidek dengiz yo’llari ilgari juda xavfli bo’lgan shuning uchun ham dengizda ko’chli savdo flotiga ega bo’lgan mamlakatga harbiy flot ham zarur bo’ladi uning savdo flotini himoyalash uchun. Mexen o’z asarida mamlakat dengiz kuchiga ta’sir etuvchi shartlar sifatida quydagilarni sanab o’tgan.

Geografik joylashuv

Fizik tuzulish uning tabiiy hosildorligi va iqlimi

Hudud o`lchami

Aholi soni

Xalqning tabiati

Hukumat tabiati2

Mexen mamlakatning milliy qudratini har doim dengiz bilan bog’liq degan fikrni ilgari surgan bu fikrga bir tomondan qo’shilmaslik mumkun, chunki hamma mamlakatlarda ham dengiz chiqish uchun yo’l mamjud emas, lekin qudratli mamlakatlarda buni agar kuzatsak,Mexen fikriga qo’shilmaslikning ilojisi yo’q. Dengizdagi savdo yo’llari va mamlakatning dengiz flotining kuchi harbiy urishlarda mamlakat qudratini belgilovchi asosiy omil bo’lib qoladi. Agar bu fikrni AQSH nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, mutloq tug’ri bo’ladi, chunki Mexen AQSH hududi katta bo’lsa ham uning ikki qirg`og`ini dengizlar yuvib turganligi sababli uni orol deb aytgan orol mamlakat uchun esa yagona yo’l bu dengiz hisoblanadi, mamlakatning dengizdagi salohiyati uning iqtisodiyoti va siyosatiga bevosita ta’sir o’tkazadi. Mexen AQSH geosiyosatining asoschisi bo’lishga mutloq haqli, chunki u AQSH uchun dengizda hukmron bo’lishi va dengiz urishlarda g’alaba qilishi uchun nazariya va prinsiplarni ishlab chiqqan. Umuman aytganda Mexen nazariyalari mamlakat dengizchilik sohasida katta o’zgartirishlar kiritgan chunki Mexen bu sohani ko’p qirralarini ochib bergan. Chunki Mexen mamlakatning boshqa barcha sohalarini dengiz bilan bog’liq degan va mamlakatning qudratini uning dengizchilik sohasida tutgan o’rni bilan belgilagan .

Mehen nazariyalarining AQSH tashqi siyosatidagi isbotlari

Mexenning “dengiz kuchi” nazariyasi va doktrinasining asosini AQSH ning geografik joylashuvi harbiy dengiz qurollanishini kuchaytirish, boshqa harbiy-dengiz bandargohlarini qulga kiritish va kaloniyalash. AQSH harbiy dengiz kuchi radiusini kengaytirish siyosati kiritilgan. Bundan tashqari AQSHga qo`shni mamlakatlar Meksika va Kanadaning qoloq hamda kuchsizligi AQSHning ular bilan chegarada ortiqcha kuch va armiya ushlab turishga majbur etmagan.Shuning uchun ham Mehen AQSH bor e`tiborini dengizga qaratishi kerak deb o`ylagan.

Mexen AQSh o’z siyosatini dunyoda yuritish uchun dengiz kuchiga e’tibor berish kerak aynan dengiz kuchi orqali dunyoda kaloniyalashtirish, harbiy-dengiz savdo yullarini qulga kiritib ta’sir o’tkazish mumkun deb fikr yuritgan.

Mexen dengiz kuchi asosini dengizdagi savdosini erkinligida deb bilgan, chunki iqtisodiyot siyosat yuritishda asosiy vosita hisoblanadi. Dengiz flotini kuchliligi dengizda erkin savdo yullarini ta’minlaydi dengiz savdosi rivojlanib iqtisodiyot kuchayganda esa harbiy flot ham kuchayadi bu ikki davlat boshqaruvidagi bu ikki yunalish har doim bir-birini tuldiradi va rivojlantiradi.Mexen AQSH dengizida o’z hukmronligini urnatishi uchun 4 ta asosiy vazifani amalga oshirishi kerak deb aytadi.

Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda faoliyat yuritish;

Germaniyaning kuchayotgan dengiz qudratini sindirish;

Tinch okeanidagi hukmronlikda Yapon kuchlarining xizmatidan foydalanish va bir vaqtning o`zida ularning kuchayishiga yul qo`ymaslik.

Osiyo xalqiga qarshi kurashda Yevropa xalqlari bilan ittifoq tuzish;

Mexen ilgari surgan bu nazariyalar AQSH da 1890-1914-yillarda AQSH geosiyosatining asosiy strategiyasini belgilovchi vosita sifatida tan olingan.

Mexen siyosiy-strategik dasturida o’z nuqtai nazarini asosiy uchta narsaga qaratgan: barinchidan tashqi iqtisodiyotda AQSH kuchi: Dunyo buyicha savdoni tarqatish, kapitalni chaqirish va tashqi bozorlarni qulga kiritish.

Ikkinchidan AQSH ning tashqi siyosiy kuchi siyosiy kaloniyalarni kuchaytirish, bo’linmagan hududlarni egallash vat Tinch okeanni va janubiy Amerikada bo’linishlarni AQSH foydasiga hal etish.

Uchinchidan strategik tadbirlar o’tkazish kaloniyalarda va dunyoda hukmronlikni qulga kiritish masalalari buyicha.

Mexenning fikricha agar AQSh mana shu vazifalarni amalga oshira olsa, u tashqi siyosatda o`z oldiga qo`ygan dunyo hukmronligiga erisha oladi.Mexen aytadiki, agar biror davlat dunyo hukmronligiga da`vo qilmoqchi bo`lsa u ,avvalo, dunyo siyosatida katta rol o`ynashi kerak. Bu uchun esa iqtisodiyot nihoyatda kuchli bo`lishi lozim, o`z navbatida iqtisodni oshirish uchun dunyo bo`ylab savdoni kengaytirish, chetga sarmoya joylashtirish va xorijiy bozorlani egallash lozim.Bundan tashqari muallif iqtisodiyotni yuksaltirishning asosiy omillaridan biri bo`lmish mustamlakalarga ham alohida urg`u beradi. Kaloniyalarni egallagan mamlakat xom ashyoning yangi makonlarini, o’z tavarlarini tarqatishga joy, o’z kemalarini joylashtirish uchun yangi bandargoh va katta daromad kurish uchun juda katta imkoniyatlarni qo`lga kiritadi. Aynan shu omillar tez orada AQSH tashqi siyosatida asosiy rol o`ynay boshlaydi va AQSH ham buyuk davlatlar o`rtasidagi kaloniyalar uchun kurashga tortiladi.

Mexen AQSH harbiy dengiz flotini rivojlantirishga chaqirgan, u AQSH hujum qiladigan flotga ega bulishi kerak deb ta’kidlagan chunki eng yaxshi himoya bu hujumdir. Mexen AQSH o’z kaloniyalash siyosatini kuchaytirish uchun bashqa dengiz qirg’oqlarida o’zining bandargoh va harbiy bazalarini o`rnatishi kerak. Xususan Gavaya orollari Tinch okean orollarida va Karib dengizi qirg’oqlarida.

Mexen nazariyalari katta siyosatchilarni o’z doktrina va rejalarini ishlab chiqishlariga o’z ta’sirini o`tkazgan xususan AQSH prezidenti Ruzvelt dasturlariga.

Xususan Maxen Karib va Tinch okeani havzasida AQSh o`zining mutlaq ustunligini taminlashi kerak deb aytadi va uchun u bu mintaqadagi qulay strategik nuqtalarni qo`lga kiritish kerak deb aytadi. Tez orada AQSH hukumati o`z rejalarini amalga oshirishga kirishadi va bu yerlardagi asosiy kaloniyalar xo`jayini bo`lmish nurab qolgan Ispaniyani 1898 yil uch oy davom etgan urushda mag`lubiyatga uchratadi va bo`lingan dunyoni qayta bo`lish uchun boshlangan urushga AQSh g`alaba qozonadi. Urush natijalariga ko`ra AQSH asosiy strategik nuqtalar Kuba,Filippin,Gavay,Guam va Puerto Riko orollarini qo`lga kiritadi va hududlar keyinchalik AQSh uchun ushbu hududlarda o`z gegemonligini o`rnatishda asosiy tirgak rolini bajaradi.Yuqoridagi misollardan ham ko`rishimiz mumkinki, AQSH tashqi siyosiy konsepsiyalarida uning nazariyalari naqadar kata rol o`ynaganini.

Mexen har doim AQSHning dunyoda o’z hukmronligini o’tkazishi uchun yangi nazariyalar ishlab chiqilgan, xususan Mexenda AQSH ning Yevroosiyo hududdida hali o’z hukmronligini o’tkazishi kerak degan fikrlar ham mavjud bo’lgan. Chunki Yevroosiyo hududi Xitoydan boshlab O’rta yer dengizigacha chuzilgan bo’lib juda katta ahamiyatga ega bo’lgan geosiyosiy hudud hisoblanadi. Osiyo hududida dominant mamlakat bu Xitoy hisoblangan va shuning uchun ham Mexen qanday qilib Xitoyni egallash strategik nazariyani ham ishlab chiqgan.

Mexen har doim dengiz kuchini ta’siri va uni qanday qudratga ega ekanligini isbotlashga harakat qilgan va AQSH ning koloniyalash siyosatida aynan dengizdan foydalanish kerak degan fikrni ilgari surgan. AQSH boshqa hududlarga o’z siyosatini o’tkazish uchun avvalambor u hududlarning dengiz qirg’oqlarini qo`lga kiritish kerak degan. Chunki u AQSH va Buyuk Britaniya hududlarini aynan dengiz flotlarida kurgan. Misol uchun Xitoyni boshqarish uchun poytaxtni Yanse daryosi oldida joylashtirish kerak, aynan daryo orqali AQSH dengiz floti mamlakat boshqaruvini qo`lga oladi va unga o’z ta’sirini o’tkazishi mumkun deb ta’kidlagan. Keyinchalik Xitoyni egallashga qaratilgan1899-yilgi Xey doktorinasida AQSH Xitoyni egallash va bu hududda boshqa raqiblariga qaraganda ko`proq imtiyoz va nufuzga ega bo`lish uchun olib borgan harakatida Maxen takidlaganidek o`zining iqtisodiy va harbiy dengiz qudratiga tayanadi.

Mamlakat qudrati va uni taminlovchi juda ko`plab manbalar mavjud.Ayrim olimlar ularni davlat hududining ulkanligida ko`rsa, ayrimlari uni moddiy resurslar turi va miqdorida va yana ayrimlari esa uning hududiy joylashuvida deb biladi. A biz so`z yuritayotgan olim esa davlat qudratini uning dengizdagi ta`sir qudrati bilan o`lchaydi. Agar mashhur geosiyosatchi Makkinder AQSHning qudaratini uning hududining kenglida ko’rgan bo’lsa, Mexen AQSH geografik joylashuvidan kelib chiqib AQSH dengizga intilishi va dengizda o’z hukmdorligini o’rnatishi zarur ekanligini ta’kidlaydi.

AQSH dunyoda iqtisodiy, siyosiy sohlarda yetakchilini qo’lga kiritishi zarur ekanligini ham ta’kidlagan va u shunday xulosaga kelganki AQSH uchun eng katta xavf tug’diruvchi davlatlar bu Yevroosiyo davlatlari: birinchi navbatda Rossiya va Xitoy, keyin esa Germaniya.AQSH kelajakda hukmdor davlatga aylanishi uchun Mexen avvalo mamlakat dengiz kuchlarini mustahkamlashga chaqirgan. Mexen o’zining asarlarida AQSH tashqi siyosatini bir nechta yunalishlarini ko’rsatgan xususan Buyuk Britaniya bilan strategik hamkorlik qilish zarur ekanligini va Yaponiyaning tinch okeanida hukmdorlikqilishiga yo’l quymaslik kerak degang’oyalarni ilgari so’rgan. Yuqorida aytib utilganidek Mexen AQSHga hujum qila oladigon flot zarurligini aytgan va aynan shu flot orqali AQSH Karib dengizida va Tinch okeanida o’z hukmdorligini o’rnatishi mumkun.

Mehen nazariyalariga ko`ra dunyoda hukmronlikka faqat talosakratiya davlatri haqli va ularda bunga imkoniyat mavjud deb aytadi va o`z fikrini Buyuk Britaniya imperiyasi misolida isbotlaydi.Chunki Britaniyaning dengizlardagi siyosiy va iqtisodiy qudrati uning dunyo hukmronligidagi asosiy tayanchi bo`lgan.

Mexen AQSH Yevroosiyo hududida o’zining hukmdorligini o’rnatishi uchun anakonda taktikasini ishlatishni taklif qilgan. Bu taktika1861-65-yillarda AQSHda bo’lib o’tgan fuqarolar o’rishida qullanilgan va o’z samarasini bergandi. Shuning uchun ham Mexen Yevroosiyaning buyuk davlatlari (Germaniya, Xitoy va Rossiyani) atrofidan halqa singari urab quyish va dengizga chiqadigon yo’llarini yopish va qirg’oqlarda boshqaruvni qo’lga kiritish orqali buni amalga oshirish kerak deydi.

Anakonda usuli XX-asrda bo’lib o’tgan jahon urushlarda ham qo’llanilgan ayniqsa ikkinchi jahon urushida Yaponiga qarshi ittifoqdosh mamlakatlarning harakatida ko’rishimiz mumkun.

AQSHning geografik tuzilishi mamlakatga kuchli dengiz floti zarur ekanligidan dalolat beradi chunki Mexen aytganidek AQSH garchi katta ham bo’lsa baribir orol davlat. Shunig uchun ham Mexen quruqlikdagi harbiy kuchlarni saqlashni unchalik maqul ko’rmagan. Mexen Buyuk Britaniyani geografik joylashuvi va xalq tabiati AQSHga o’xshagan eng yaqin davlat sifatida qaragan.

Mexen AQSH dunyoda o’z hukmdorligini o’rnatishi uchun, avvalo, Lotin Amerikasi hududida hukmdorlikni qo’lga kiritishi kerakligini aytgan. Lotin Amerikasi hududida AQSH o’z ta’sirini o’tkazishi uchun Panama kanalini qazishni taklif qilgan chunki Panama kanali orqali AQSH o’zining dengiz flotini bu mamlakatlarga yaqinlashtirishi uchun va yana bir muhim tarafi aynan Panama kanali orqali AQSH Karib dengizda o’z hukmdorligini o’rnatishi mumkin ekanligini aytib o’tgan.

Xulosa

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, Alfred Mexen dunyo tarixi va siyosatida chuqur iz qoldirgan shaxs bo`lib faqatgina harbiy strategik nazariyotchisi bo’lib qolmay balki u mamlakat siyosatiga bevosita qatnashgan shaxsdir. Uning nazariyalari AQSH prezidentlari Makkinli va T. Ruzveltlarning siyosat olib borishlarida asosiy rol o`ynagan. o’z ta’sirini ko’rsatgan hatto Ruzvelt o’zini Mexen shogirdi sifatida qaragan.

Mexenning ilmiy ishlari amaliyotda AQSHning kelajakda tashqi siyosatining taraqqiyotini belgilagan. Xususan u dunyoning eng muhim nuqtalari va strategik nuqtalarini ularning ahamimiyatini to`la ochib bergan. Panama kanali qazishi bu AQSHning mamlakat tashqarisida katta region boshqaruvini qo’lga kiritishiga sabab bo’lgan.

Mexen o`z asarlarida dunyo siyosatida dengiz qudratiga ega davlatlar ya`ni tolosakratiya davlatlari asosiy rol o`ynashini va AQSH mana shu yo`nalishning eng asosiy davlati bo`lishi kerakligiga alohida urg`u beradi. Shu bilan bir qatorda AQSHning boshqa kontinentlarda qanday siyosat olib borish to`g’risida ham muhim fikrlar bergan, xususan, Osiyo hududida va Osiyo hududi orqali Yevropa davlatlari siyosatiga ta’sir o’tkazish haqida.

Mexen nazariyalari har doim AQSHning iqtisodiy va siyosiy manfaatlaridan kelibchiqqan shuning uchun ham AQSH tashqi siyosatda o’zining maqsadlarini belgilashida Mexen nazariyalari bevosita o’z ta’sirini o’tkazgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.Мэхэн Альфред Тайер. Влияние морской мощи на историю.

2.Хэлфорд Дж. Макиндер. Географическая Ось истории.

3.А. П. Павленко. Морская политика как ключевой фактор международных отношений эпохи «нового маринизма»

4.Гегель. Философия Истории. Географическая основа всемирной истории.

5.Моро-Дефарж Ф. Введение в геополитику. - М.: Конкорд, 1996. - 145 с.

6. Тихонравов Ю.В. Геополитика: Учебное пособие. - М.: ИНФРА-М, 2000. - 269 с.

7. Федоров Н.В. Взгляды адмирала А. Мэхена на военное кораблестроение. Мир в новое время. Санкт-Петербург. 2003. - с.59 - 62





1 И.А. Василенко . Геополитика современного мира. Москва «Юрайт» 2010. С 133


2 Мэхэн Альфред Тайер. Влияние морской мощи на историю.

Download 24.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling