Jalaquduq tuman hokimi X. Latipovga Jalaquduq tumani


Download 4.75 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi4.75 Kb.
#1246087
Bog'liq
ARIZAAAA


Jalaquduq tuman hokimi
X.Latipovga
Jalaquduq tumani
Qoragul MFY Toshmatov
ko’chasi 4-uyda yashovchi
fuqaro Qodirova
Salomatxon Alimovnadan
A R I Z A
Meni ariza yozishimdan maqsadim shuki farzandim marxum Usmonov Axmadjon 2014-yil Matkarimova Dilafuruz bilan qonuniy nikohdan o’tishgan. Turmushi davomida 2 nafar farzandli bo’lishgan.Farzandim A.Usmonov 2021 yil 21 dekabrda vafot etgan. Kelinim Dilafuruz voyaga yetmagan farzandlari bilan o’z ota eshigiga ketib nabiralarimni bizga ko’rsatmay kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi oila kodeksining 77-moddasiga asosan bobo, buvi ,aka-uka ,opa-singil va boshqa yaqin qaindoshlar bola bilan ko’rishib turish xuquqiga ega deb belgilab qo’yilgan.
Yuqoridagilarga asosan nabiralarim 2015-yil 29 avgustda tug’ilgan Oqyo’ljonov Eldorbek Ahmadjon o’g’li va 2018-yil 25 iyunda tug’ilgan Oqyo’ljonov Elbeklarni har haftaning shanba yakshanba kunlari soat 09:00dan kech soat 17:00ga qadar ko’rib turishimizda amaliy yordam berib turishingizni so’rayman .

Arizach: S.Qodirova
Download 4.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling