Jalb qilish istiqbollari


Download 39.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana15.10.2023
Hajmi39.48 Kb.
#1703878
  1   2   3
Bog'liq
411-Article Text-580-1-10-20230607



410 
HUDUDLARGA TO'G'RIDAN-TO'G'RI XORIJIY INVESTITSIYALARNI
JALB QILISH ISTIQBOLLARI 
PhD Hoshimov Jahongir Ravshanbek o‘g‘li - 
Toshkent moliya instituti “Baholash ishi va 
Investitsiyalar” kafedrasi dotsenti v.b 
Jahon mamlakatlarida barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, yuqori qo‘shilgan 
qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, korxonalarni texnologik yangilash, 
yangi ish o‘rinlarini yaratishda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ulardan 
samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sish 
sur’atlarini ta’minlash, hududlarni faol ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda to'g'ridan-to'g'ri 
xorijiy investitsiyalarga muhim vosita sifatida qaralmoqda. Darhaqiqat, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga 
murojaatnomasida ta’kidlanganidek, “...iqtisodiy o‘sishga, avvalo, raqobatdosh sanoat 
zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni ko‘paytirish orqali erishiladi” 
deb ta’kidlagan edi. 
Respublikamiz viloyatlarining maydoni va aholisini ish bilan ta’minlashni hisobga olib, 
xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. Bu orqali o‘z navbatida, 
hududlardagi mavjud ma’lum nomutanosibliklarning oldini olishga va qo‘shimcha ish 
o‘rinlarini tashkil etishga, ishlab chiqarish vositalarining samarali joylashtirilishiga, 
hududlarni rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Amaldagi resurslarni, shuningdek, investitsiyalar, 
eng avvalo, xorijiy investitsiyalarni jalb etishning real imkoniyatlarini inobatga olgan holda 
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni uzoq muddatli rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilib, 
hududlarni investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar keng qamrovli tushuncha bo‘lib, “Investitsiya va 
investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qonunda quyidagicha ta’rif berilgan. To‘g‘ridan to‘g‘ri chet 
el investitsiyalari — chet ellik investorning hukumat kafolatlarisiz, tavakkalchilik 
sharoitlarida o‘z mablag‘lari yoki qarz mablag‘lari hisobidan investitsiyalari deyilgan. 
0
0,5
1
1,5
2
2,5
3
3,5
4
0,07 0,08 0,07 0,08 0,18
0,21 0,21
0,67
0,55 0,61
1,66 1,62
0,74 0,69 0,81
1,04
1,66
1,8
0,62
2,32
1,73
2,1
0,54
0,73 0,67
0,82
1,47 1,49
1,2
2,99
1,85 1,82
3,34
2,68
1,1
0,95 1
1,21
1,93
2,9
1,19
3,87
2,89
3,94
To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimi
YaIMga nisbatan foizda

Download 39.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling