Jalb qilish istiqbollari
Download 39.48 Kb. Pdf ko'rish
|
411-Article Text-580-1-10-20230607
410 HUDUDLARGA TO'G'RIDAN-TO'G'RI XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISH ISTIQBOLLARI PhD Hoshimov Jahongir Ravshanbek o‘g‘li - Toshkent moliya instituti “Baholash ishi va Investitsiyalar” kafedrasi dotsenti v.b Jahon mamlakatlarida barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, korxonalarni texnologik yangilash, yangi ish o‘rinlarini yaratishda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, hududlarni faol ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarga muhim vosita sifatida qaralmoqda. Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida ta’kidlanganidek, “...iqtisodiy o‘sishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni ko‘paytirish orqali erishiladi” deb ta’kidlagan edi. Respublikamiz viloyatlarining maydoni va aholisini ish bilan ta’minlashni hisobga olib, xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. Bu orqali o‘z navbatida, hududlardagi mavjud ma’lum nomutanosibliklarning oldini olishga va qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil etishga, ishlab chiqarish vositalarining samarali joylashtirilishiga, hududlarni rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Amaldagi resurslarni, shuningdek, investitsiyalar, eng avvalo, xorijiy investitsiyalarni jalb etishning real imkoniyatlarini inobatga olgan holda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni uzoq muddatli rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilib, hududlarni investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar keng qamrovli tushuncha bo‘lib, “Investitsiya va investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qonunda quyidagicha ta’rif berilgan. To‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari — chet ellik investorning hukumat kafolatlarisiz, tavakkalchilik sharoitlarida o‘z mablag‘lari yoki qarz mablag‘lari hisobidan investitsiyalari deyilgan. 0 0,5 1 1,5 2 2,5 3 3,5 4 0,07 0,08 0,07 0,08 0,18 0,21 0,21 0,67 0,55 0,61 1,66 1,62 0,74 0,69 0,81 1,04 1,66 1,8 0,62 2,32 1,73 2,1 0,54 0,73 0,67 0,82 1,47 1,49 1,2 2,99 1,85 1,82 3,34 2,68 1,1 0,95 1 1,21 1,93 2,9 1,19 3,87 2,89 3,94 To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimi YaIMga nisbatan foizda Download 39.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling