Jalb qilish istiqbollari
-rasm. 2000-2021 yillarda O‘zbekistonga jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
Download 39.48 Kb. Pdf ko'rish
|
411-Article Text-580-1-10-20230607
1-rasm. 2000-2021 yillarda O‘zbekistonga jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar oqimi mlrd AQSH dollarida YAIMga nisbati foizda 411 1-rasmdan ko‘rishimiz mumkinki, 2000-2021 yillarda O‘zbekistonga jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimining YaIMga nisbati foizini tahlil qilib chiqadigan bo‘lsak, O‘zbekistonning 2020 yilga mo‘ljallangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalari 1,73 mlrd AQSH dollarni tashkil etdi, bu 2019 yilga nisbatan 25,39 foizga pasaygan. 2019 yil uchun O‘zbekistonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalari 2,32 mlrd AQSH dollarni tashkil etdi, bu 2018 yilga nisbatan 270,82 foizga o‘sdi. 2018 yil uchun O‘zbekistonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalari 0,62 mlrd AQSH dollarni tashkil etdi, bu 2017 yilga nisbatan 65,26 foizga kamaydi. 2017 yil uchun O‘zbekistonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalari 1,80 mlrd AQSH dollarni tashkil etdi, bu 2016 yilga nisbatan 8,14 foizga o‘sgani ko‘rishimiz mumkin. 2020-2022 yillarda O‘zbekistonda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasiga 676,8 million dollarlik investitsiyalarni jalb qilindi. 2020 yilda investitsiyalarning umumiy hajmi 178,7 million dollarni tashkil etadi, shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar – 139,2 million dollar, davlat kafolati ostida chet el kreditlari – 37,5 million dollar tashkil qildi. 2021 yilda investitsiyalarning umumiy hajmi 241,7 million dollarni tashkil etdi, shundan 171,9 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, davlat kafolati ostida chet el kreditlari 67,7 million AQSH dollar tashkil qilmoqda. 2022 yilda investitsiyalarning umumiy hajmi 256,4 million dollarni tashkil etdi, shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 180,1 million dollarni, davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 73,1 million dollarni tashkil etdi. Prezidentimizning 2020 yil 28 apreldagi 4699-sonli «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qaroriga muvofiq, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasidagi 17,6 trln. so‘mlik 35 ustuvor loyiha ko‘zda tutilgan. Ulardan jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan kreditlar hajmi 44,8%, davlat kafolati ostidagi kreditlar 33% ni tashkil etadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Hayotning o‘zi va o‘tgan yillar tajribasi hududlarni kompleks rivojlantirishni va infratuzilma faoliyatini tubdan o‘zgartirishni ta’minlashdagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilmoqda”. Hududlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish dasturini ikkita sinfga ajratish mumkin: birinchisi, hududlararo xalqaro dasturlar; ikkinchisi, hududlardagi alohida tumanlar dasturi. Hududlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish dasturlari joylarda iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtimoiy vazifalarni hal etishda muhim rol o‘ynaydi. Hududlarga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni takomillashtirish bo’yicha quyidagicha taklif va tavsiyalar berish o’rinli deb hisoblaymiz: ⎯ hududlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan, xorijiy va ichki investitsiyalarni jalb qilishning “drayver” sohalari bo‘yicha puxta iqtisodiy asoslangan investitsion loyihalarni ishlab chiqishni tashkil etish, ularni monitoring qilish, investorlarga huquqiy ko‘mak berish ishlarini amalga oshirish maqsadida viloyat markazlarida malakali mutaxassislarni jalb etgan holda “Loyihalar fabrikasi”ni tashkil etish lozim; ⎯ hududlardagi sobiq sanoat zonalari faoliyatini qaytadan hatlovdan o‘tkazish va aniqlangan bo‘sh yer maydonlari va bo‘sh turgan ishlab chiqarish binolarini investitsion majburiyatlar asosida xorijiy investorlarga berish; ⎯ O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari ko‘magida hududlardagi istiqbolli investitsion loyihalarni amalga oshirish ishlariga mamlakatimizda biznes yuritishga qiziqishi yuqori bo‘lgan xorijda yashayotgan va kelib chiqishi etnik o‘zbek bo‘lgan salohiyatli tadbirkorlarni jalb qilish maqsadga muvofiq. Download 39.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling