Jalil rahmat
Download 0.5 Mb.
|
Munisaning munchog\'i
20.09.2008.
Muhabbat yo’q Gulim, sizga dil o’rganib, yomon bo’ldi, Hajringizda jon o’rtanib, sarson bo’ldi, Ishq savdosi sariq chaqa, arzon bo’ldi, Muhabbat yo’q, u qoldirgan izlar ham yo’q. Taqdir taqqan toshlar og’ir karvon endi, Ko’zdan oqqan yoshlar yomg’ir, ummon endi, Cho’g’ nigohlar cho’kdi, oxir zamon endi, Muhabbat yo’q, jilmaygan u ko’zlar ham yo’q. Kurtaklar ko’z ochmay turib xazon tushdi, Yuraklar so’z ochmay turib armon tushdi, Ishq kalomi toma-toma har yon tushdi, Muhabbat yo’q, aytilgan u so’zlar ham yo’q. Kuygan ko’ngil tuyg’ulari tutab bo’ldi, Yolg’onchi yor yig’ilari tugab bo’ldi, Yomonlar ko’p, yaxshilarga bir gap bo’ldi, Muhabbat yo’q, yo’qlab kelar do’stlar ham yo’q. Dunyoni suv olib ketdi, yosh ostida, Jodu ko’zlar jovdiraydi qosh ostida, Jalil Rahmat, yurak og’ir tosh ostida, Muhabbat yo’q, yig’lay desam bo’zlar ham yo’q. 05.10.2008. Muhabbat Suvda oqqan xayolday, tushday, Bag’rim yoqqan olovli ishqday, Qanoti qayrilgan oqqushday, Orzumiding, armonmiding yo, Firog’ingda sarson bu dunyo, Muhabbat. Qat-qat qalbim qamchilab o’tgan, Jonimni bir chimchilab o’tgan, Yomg’irdayin tomchilab o’tgan, Injumiding, marjonmiding yo, Savdoyingda arzon bu dunyo, Muhabbat. Qoyaga bosh qo’yib uxlagan, Ko’zida yosh, to’yib yig’lagan, Bag’rimga bir kun ham sig’magan, Ohumiding, jayronmiding yo, Hasratingda hayron bu dunyo, Muhabbat. Bulbulni gul, bo’ston alqagan, Ko’ngilni keng osmon alqagan, Oshig’ini oson aldagan, Tuyg’umiding, tug’yonmiding yo, Alamingda to’lg’ondi dunyo, Muhabbat. Go’zal qizlar bag’rin tosh ko’rdim, Yolg’on hislar sirin fosh ko’rdim, Ko’zlaringda faqat yosh ko’rdim, Qayg’umiding, giryonmiding yo, Bir yonda sen, bir yonda dunyo, Muhabbat. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling