Jalil rahmat
Download 0.5 Mb.
|
Munisaning munchog\'i
24.02.2007.
O’rtanaman O’rtanaman, jonim kuyib ishqingizda, Aylansaydim suyukli bir kishingizga. Uzun tunlar beoromu bezovtaman, Cho’chib tushmang, kirib chiqsam tushingizga. Qimiz ichib, qirg’iz qizning ko’zasida, Ovoralar bo’lay, ovul, ko’chasida. Nozanin qiz nazokati, nozi shirin, Ishq azobi, ozorlari ozi shirin, Oshkor bo’lsin ko’ngildagi ko’hna sirim, Qul bo’lsam bas, qo’sh darvoza ko’shkingizda. Qimiz ichib, qirg’iz qizning ko’zasida, Ovoralar bo’lay, ovul, ko’chasida. O’rtanaman, o’ralib qirq kokilga men, Qosh-kiprigi qon to’kuvchi qotilga teng, Mayli, Jalil Rahmatni bir devona deng, Yayov boray, o’sha olis O’shingizga. Qimiz ichib, qirg’iz qizning ko’zasida, Ovoralar bo’lay, ovul, ko’chasida. Nafisam
Nozikkina, nozli Nafisam,
La’l labga tut gulgun qadahni, Tishmidi bu, durmi, sadafmi?, Yonib turgan olov yonoqlar, Kuydiradi tutganda kaftni. Ko’z tegmasin, taq ko’ztumoring, Suzib qo’ygin chashmi xumoring, Rayhon isi taralsin har yon, Silkitib o’t ipak ro’moling. Ro’molingga o’ralib qolsam, Mushku anbar bo’yiga qonsam, Tun qo’ynida mast orom olib, Saharlarda sarxush uyg’onsam. Jalil Rahmat, yig’ib ol hushing, Oqar suvga borib ayt tushing, Kim yetibdi muhabbatiga, Tayin, sen ham quruq qaytishing. Tolbargak Ko’ylagining yoqasida tolbargak, Tolbargakka qo’nib uchar kapalak, Boshga balo yog’dirsa ham bu falak, Shu qizchaga yoqarman, yo yoqmasman, Men baribir boshqasiga boqmasman. Maftun bo’lib muhabbatning kuyiga, Yalpiz terar, yayrab anhor bo’yida, Bilmam, nelar kechar xayol, o’yida, Shu qizchaga yoqarman, yo yoqmasman, Men baribir boshqasiga boqmasman. Sohil bo’ylab o’ynar u, suv sepishib, Etagidan tortar, bir gul yopishib, Oy husnidan osmon ketar yorishib, Shu qizchaga yoqarman, yo yoqmasman, Men baribir boshqasiga boqmasman. Suv betida xush surati aks etar, Kokilini o’ynab, shamol raqs etar, Jalil Rahmat bulbul bilan bahs etar, Gulg’unchaga yoqarman, yo yoqmasman, Men baribir boshqasiga boqmasman. Qiz tushmagur Bildik, bulut bolish ekan boshingizga, Sayyoralar sayrgohi qoshingizda, Ne bo’lsa ham, yarashar shu yoshingizda, Sal pastroqqa tushing endi, qiz tushmagur, Oydan oydin yuzlarga dog’, iz tushmagur. Ro’molingiz silkitsangiz yog’ar yomg’ir, Har tomchisi zarbidan ko’ksimiz og’rir, Yerdagi biz g’ariblarga bo’ldi og’ir, Sal pastroqqa tushing endi, qiz tushmagur, Oydan oydin yuzlarga dog’, iz tushmagur. Qo’l cho’zsangiz oyga yetar, shundoqqina, Kaftingizda yulduzchalar munchoqqina, Visolingiz yo’li sirli jumboqqina, Sal pastroqqa tushing endi, qiz tushmagur, Oydan oydin yuzlarga dog’, iz tushmagur. Tushimda bir shirin nigoh xush boqardi, Jalil Rahmat jonimga shu tush yoqardi, Osmonlarga qarab-qarab soch oqardi, Sal pastroqqa tushing endi, qiz tushmagur, Oydan oydin yuzlarga dog’, iz tushmagur. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling