Jalil rahmat
Download 0.5 Mb.
|
Munisaning munchog\'i
25.02.2008.
Oybeka
Yo’lim yetmas qoyangizga,
Soy suvi sizni deb oqar, Oftob ham siz tomon og’ar, Qovog’ingizdan qor yog’ar, Otdan tushmaysiz oybeka, Bag’ri toshdaysiz boybeka. Qaro qoshingiz qon to’kar, Jodu ko’zlarga jon cho’kar, Necha oshiq sarson o’tar, Otdan tushmaysiz oybeka, Bag’ri toshdaysiz boybeka. Mehringiz o’zi ozmikan, Va yo hammasi nozmikan, Bekalarga shu xosmikan, Otdan tushmaysiz oybeka, Bag’ri toshdaysiz boybeka. Go’zallar bo’lar aldamchi, Baland, siz uchgan arg’amchi, O’ynatib tizginu qamchi, Otdan tushmaysiz oybeka, Bag’ri toshdaysiz boybeka. 29.06.2008. Qashqadaryo qalam qoshi Sovchi qo’ysam, borim sochib, Qimmat ekan bozoringiz, Qutulmasman endi qochib, Tinch qo’ymas xush ozoringiz. Qarashlari qayrib qo’yar, Qashqadaryo qalam qoshi, Jon yarmini ayrib qo’yar, Alam toshi, alam toshi. Qishu bahor yozi bilan, Yashnagan gul u’zoringiz, Bulbulning ko’z yoshi bilan, Sug’orilgan gulzoringiz. Qarashlari qayrib qo’yar, Qashqadaryo qalam qoshi, Jon yarmini ayrib qo’yar, Alam toshi, alam toshi. Chin oshiq qismatga ko’nar, Jalil Rahmat bezoringiz, Istasam, kaftimga qo’nar, Dehqonobod, G’uzoringiz. Qarashlari qayrib qo’yar, Qashqadaryo qalam qoshi, Jon yarmini ayrib qo’yar, Alam toshi, alam toshi. 20.09.2008. Qo’lingizda osmon bo’lsa O’xshab, fasli bahorning ilk chechagiga, Shaloladay sho’x edingiz kechagina, Bugun esa, nozlar necha-nechagina, Mayli tashlang, qo’lingizda osmon bo’lsa, Yor topilar,bu g’arib bosh omon bo’lsa. Bir kun bizning ko’chada ham bayram bo’lar, Saodatning samosida sayr ham bo’lar, Bevafolar ishq o’yini nayrang bo’lar, Mayli tashlang, qo’lingizda osmon bo’lsa, Yor topilar, bu g’arib bosh omon bo’lsa. Sizga ko’nglim, saltanat, toj-taxti bilan, Dunyoyingiz qizdirar cho’g’, tafti bilan, Jalil Rahmat ushlab qolar kafti bilan, Mayli tashlang qo’lingizda osmon bo’lsa, Biz g’aribdan kechmoq shuncha oson bo’lsa. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling