Jaloliddin Manguberdi


Download 53.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana22.06.2023
Hajmi53.7 Kb.
#1649172
  1   2
Bog'liq
Jaloliddin Manguberdi - Vikipediya



Jaloliddin
Manguberdi
Haqiqatga yaqin rivoyat
Jaloliddin Manguberdi (
arabcha

ﻲﺗﺮﺒﻜﻨﻣ ﻦﻳﺪﻟا لﻼﺟ— Jalāl al-Dīn Menguberdī, toʻliq ismi —
Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad) (
1198

1231
) — 
Xorazmshohlar
davlatining
 soʻnggi hukmdori (
1220-yildan
), 
Muhammad Xorazmshohning
 toʻngʻich oʻgʻli. U 33
yil umr koʻradi va uni 11 yili jang ichida oʻtadi. Toʻliq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin
Muhammad. Onasi — Oychechak boʻlgan. Jaloliddining burnida xoli (mank) boʻlgani uchun
Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib "Manguberdi" nomi
bilan mashhur boʻlib ketgan.


Jaloliddin Manguberdi voyaga yetgach, otasi uni 
Gʻazna

Bomiyon
, Gʻur, Bust, Takinobod,
Zamindovar
 va 
Hindiston
hududlarigacha boʻlgan yerlarga hokim va taxt vorisi etib tayinlagan
(1215). Biroq 
Turkon xotun
 va 
qipchoq
 amirlarining qatiy noroziligi sababli 
Qutbiddin
Oʻzloqshoh
 foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin Manguberdi otasining harbiy
yurishlarida ishtirok etib, oʻzining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish
etgan (qarang 
Irgʻiz daryosi boʻyidagi jang
). 
Chingizxon
boshchiligidagi moʻgʻul qoʻshinlari
Movarounnahr
ga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab, 
Samarqand
ga
yaqinlashganlarida xorazmshoh Muhammad 
Kaspiy dengizi
boʻyida joylashgan Obeskun
shahri yaqinidagi Ashura orolidan panoh topgan. Ogʻir bemor boʻlgan Muhammad oʻgʻillarini
yoniga chorlab, soʻnggi damda Jaloliddin Manguberdini oʻz oʻrniga xorazmshoh etib
tayinlagan. Jaloliddin Manguberdi ukalari 
Oqshoh
va Qutbiddin Oʻzloqshoxlar bilan birga
Gurganj
mudofaasiga oshiqadi. Lekin Gurganjdagi qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi
Xumorteginni sulton deb eʼlon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi
boʻldilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Manguberdi 
Temur Malik
boshchiligidagi 300
suvoriy bilan Gurganjni tark etib 
Xuroson
ga yoʻl olgan. 
Niso
shahri yaqinida uni 700 nafar
moʻgʻul suvoriysi kutardi. Jaloliddin Manguberdi shiddatli jangdan soʻng ularni tor-mor keltirib,
Nishopurga keldi. Bu yerdan u barcha viloyat hokimlariga nomalar joʻnatib, moʻgʻul
bosqinchilariga qarshi birlashishga daʼvat etdi, bir oydan soʻng 
Gʻazna
tomon yurdi. Yoʻlda
unga 
Hirot
voliysi, qaynotasi Aminalmulk 10 ming kishilik qoʻshin bilan kelib qoʻshildi.
Chingizxon va mo'g'ul qo'shinidan qochib, tez Indus daryosidan o'tayotgan Jaloliddin Xorazmas-Shoh.
Biografiya


Qandahor
ni qamal qilib turgan moʻgʻul qoʻshinlari bilan 3 kunlik jangda Jaloliddin Manguberdi
ularni tormor keltirgan. U Gʻaznaga 1221 yil keldi. Bu yerda unga 
xalaj qabilasi
boshligʻi
Sayfuddin Igʻroq, 
Balx
voliysi Aʼzam malik, 
afgʻonlar
 sardori Muzaffar malik, 
qarluqlar
boshligʻi
Hasan Qarluq kelib qoʻshildilar. Ularning har biri ixtiyorida 30 minglik qoʻshin bor edi.
Jaloliddin Manguberdining oʻzidagi kuchlar esa 60 ming suvoriy edi. Jaloliddin Manguberdi
Valiyon qalʼasini qamal qilayotgan Takajuk va Malgʻur boshchiligidagi moʻgʻul qoʻshiniga
hujum qilib, 3 kunlik jangdan soʻng ularni tor-mor keltirgan, 1000 dan ortiq moʻgʻul askari
oʻldirilgan, omon qolgan qismi Panjshir daryosidan oʻtib, koʻprikni buzib tashlashgan. Bu
Jaloliddin Manguberdining moʻgʻullar ustidan qozongan dastlabki yirik gʻalabasi edi.
Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi 
Shiki Xutuxu
noʻyonni 45 minglik qoʻshin bilan
joʻnatadi. Gʻazni yaqinidagi 
Parvon jangi
da Jaloliddin Manguberdi moʻgʻullar ustidan ajoyib
gʻalabani qoʻlga kiritadi. Biroq jangdan soʻng Jaloliddin Manguberdining lashkarboshilari oʻlja
ustida oʻzaro janjallashib qolib, oqibatda Sayfuddin Igʻroq, Aʼzam malik va Muzaffar maliklar
Jaloliddin Manguberdini tark etganlar. Jaloliddin Manguberdining yonida faqat Aminalmulk
oʻz lashkari bilan qolgan, xolos.
Chingizxon katta qoʻshin toʻplab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan oʻzi otlangan.
Fapdiz qalʼasi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qoʻshinining ilgʻorini tor-mor
keltiradi va kuchi ozligi sababli 
Sind
 (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qoʻshini
Jaloliddin Manguberdini daryodan o'tishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221 yil 25
noyabrda boʻlgan tengsiz jangda (
Sind daryosi boʻyidagi jang
) magʻlubiyatga uchragan
Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan Sindning oʻng sohiliga suzib oʻtib, choʻl
ichkarisiga kirib ketdi (Bu choʻl hozirda ham Choʻli Jaloliy deb ataladi). Chingizxon Jaloliddin
Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, oʻz oʻgʻillariga qarab: "Ota oʻgʻil mana shunday
boʻlishi lozim!", degan. Oradan bir necha kun oʻtgach, Jaloliddin Manguberdi qoʻshini soni 7
mingga yetdi. Unga Kulbars bahodir, Kabkuh va Saʼdiddin Ali ash-Sharabdor kabi
lashkarboshilar oʻz kishilari bilan kelib qoʻshildi. Jaloliddin Manguberdi Shim. Hindistonning
notanish choʻlida och, juldur kiyimli jangchilari bilan sargardonlikda qoldi. Uning bu holidan
foydalanmoqchi boʻlgan Shatra viloyati rana (shoh) si Jaloliddin Manguberdiga xujum qilgan.
Jaloliddin Manguberdining merganlik bilan otgan kamon oʻqidan rana halok boʻladi, qoʻshini
esa parokanda boʻlib qochadi. Jaloliddin Manguberdi katta oʻljani qoʻlga kiritadi.
Bu gʻalabadan soʻng Sind, Uchcha, 
Moʻlton

Lohur
va 
Peshovar
hokimi Nosiriddin Qubacha
(1205—27)ning Nandana va Sakundagi noibi Qamariddin Karmoniy Jaloliddin Manguberdiga
oʻzini xayrixohligini izhor etib, sovgʻa-salomlar joʻnatgan. 
Gʻiyosiddin Pirshoh
ajralib ketgan
amirlardan Sanjoqonxon, Elchi pahlavon, Oʻrxon, Soyircha, Tekjoruq Xonkishilar oʻz lashkarlari
bilan kelib Jaloliddin Manguberdiga qoʻshildilar. Jaloliddin Manguberdi Kalor shahri,
Parosravar, Tarnuj qalʼalarini qoʻlga kiritdi. Mulklarining katta qismidan ajralgan Qubacha 10
ming otliq qoʻshini hamda 
mamluklar
 sulolasidan boʻlgan 
Dehli
 sultoni 
Shamsuddin


Eltutmish
dan olgan qoʻshimcha kuch bilan Jaloliddin Manguberdiga qarshi jang qilgan, biroq
magʻlubiyatga uchragan, uning xazinasi, qurol-yarogʻlari oʻlja tushgan. 1222 yil Chingizxon
Jaloliddin Manguberdi izidan Toʻrbay Toʻqshin va Bola noʻyonni 20 minglik qoʻshin bilan
joʻnatadi. Lekin ular Moʻltonga qadar borib, shaharni ololmay, jazirama issiqqa dosh berolmay
qaytishadi. Jaloliddin Manguberdi oʻziga qarshi moʻgʻul qoʻshinlari joʻnatilgani xabarini
Parosravar qalʼasini olgandan soʻng eshitgan. Jaloliddin Manguberdi Moʻlton tomon yoʻl olib
Qubacha mulklaridan Uchcha, Sadusan, Xatisor, Deval va Damrillarni qamal qiladi, qoʻshini
uchun tuyalar zarurligi tufayli 
Gujarot viloyati
markazi Nahrvalga Xosxon boshchiligida
qoʻshin joʻnatadi. Shamsuddin Eltutmish Jaloliddin Manguberdi ustiga katta qoʻshin (30 ming
otliq, 100 ming piyoda, 300 ta fil) tortadi. Jaloliddin Manguberdi mardonavorlik bilan raqibiga
qarshi chiqadi. Jaloliddin Manguberdining Oʻzbek Toy Jahon Paxlavon qoʻmondonligi
ostidagi ilgori Eltutmish ilgʻori bilan toʻqnashib raqibidan ustun keladi. Eltutmish Jaloliddin
Manguberdi huzuriga elchisini yuborib sulh soʻraydi.
Jaloliddin Manguberdi Hindistonda oʻz nomidan kumush va mis tangalar zarb qiladi, unga
tobe hind mulklarida uning nomi 
xutba
ga qoʻshib oʻqilgan. Biroq vaziyat borgan sari
murakkablashib bormodqa edi. Eltutmish, Qubacha, shuningdek, Hindistonning boshqa
viloyat hokimlari oʻzaro til biriktirib Jaloliddin Manguberdiga qarshi ittifoq tuzmoqchi
ekanliklari ayon boʻlib qoldi. Jaloliddin Manguberdining ikki lashkarboshisi Yazidak pahlavon
va Sunqurjiq Toysilar xiyonat qilib Eltutmish tomoniga oʻtganlar. Qiyin vaziyatdan qutulish
uchun Jaloliddin Manguberdi harbiy kengash chaqirgan. Amirlarning koʻpchiligi Iroq tomon
yurish qilib, uni Gʻiyosiddin Pirshohdan tortib olishni taklif qiladi. Iroqda siyosiy parokandalik
hukm surardi. Iroq tomon ketishga qaror qilindi. Jaloliddin Manguberdi oʻzining Hindistonda
zabt etgan mulklariga Oʻzbek Toy Jahon Paxlavonni, Gʻur va Gʻazni viloyatlariga Hasan
Qarluqni noib sifatida qoldirib, Iroqqa yoʻl olgan. Choʻlu biyobonlarni kesib oʻtishda Jaloliddin
Manguberdining koʻp jangchilari nobud boʻlgan, nihoyat u 4 ming jangchisi bilan 
Kirmon
ga
yetib kelgan. Gʻiyosiddin Pirshohning Kirmondagi noibi Baroq hojib Jaloliddin Manguberdiga
tobelik izhor qiladi. Shundan soʻng Jaloliddin Manguberdi 
Fors viloyati
 markazi 
Sheroz
ga
kelgan. Fors hokimi otabek Saʼd ibn Zangiy va Yazd xokimi otabek Al-uddavla ibn Toʻgʻonshoh
unga tobelik bildirishadi. Jaloliddin Manguberdi 
Isfahon
ga kelganda aholi uni katta tantana
bilan kutib oladi, qoʻshini qurol-aslaqa bilan taʼminlanadi. Bu hol Gʻiyosiddin Pirshohga
yoqmaydi, u akasiga qarshi 30 ming otliq qoʻshin bilan yoʻlga chiqadi. Biroq Jaloliddin
Manguberdi unga sovgʻasalomlar bilan miroxur Odekni elchi sifatida joʻnatgan va oʻzaro
nizoni tinchlik bilan hal etgan. Qoʻshin boshliqlari Jaloliddin Manguberdi tomoniga oʻtgan.
1225 yil Jaloliddin Manguberdi 
Ozarbayjon
ga yurish qiladi. Soʻng 
Bagʻdod
ga qarshi yurishga
hozirlik koʻradi. 
Xalifa Nosir
ga elchi joʻnatib, moʻgʻullarga qarshi birlashishga chaqirdi. Bunga
javoban Xalifa Jaloliddin Manguberdiga qarshi oʻzining mamluki amir Jamoliddin Qushtemur
boshliq 20 minglik qoʻshinini joʻnatdi. 
Basra
 yaqinidagi jangda Xalifa qoʻshinlari tor-mor
keltirildi. Xalifa Bagʻdod mudofaasi bilan mashgʻul boʻladi. Jaloliddin Manguberdi Bagʻdod


atrofida 12 kun turgach, Ozarbayjon tomon ketadi. Ozarbayjon va Arron otabegi Oʻzbek
ichkilik, maishatga berilib davlat ishlarini oʻz holiga tashlab qoʻygan edi, davlatni amalda
uning xotini Malika xotun boshqarardi. 1225 yil mayda Jaloliddin Manguberdi 
Marogʻa
shahrini jangsiz qoʻlga kiritadi. 
Damashq
, Er-bil hokimlari u bilan ittifoq tuzishga rozi
boʻladilar. Otabek Oʻzbek 
Tabriz
ni tashlab 
Ganja
ga, soʻng Alinjo qalʼasiga qochib oʻsha yerda
vafot etadi. Jaloliddin Manguberdi Malika xotunga uylanadi. Tabrizda bir necha kun
turgandan soʻng oʻz qoʻshinini 
Gruziya
tomon boshlaydi. 1225 yil avg .da 
Garni
qalʼasi
yaqinida gurjilarning Ivane Mhargodzeli boshliq 60 minglik qoʻshinini tor-mor keltiradi va
Tiflis
ga qarab yuradi. Gruziya malikasi Rusudana Kutaisiga koʻchib oʻtgan. Jaloliddin
Manguberdi Dvin, Lori shaharlarini egallaydi, Surmari shahri hokimlari oʻz tobeliklarini
bildirishgan.
1227 yil sentabrda Isfahondan 30 chaqirim sharqdagi Sin qishlogʻi yaqinida Jaloliddin
Manguberdi moʻgʻullarning Taynol noʻyon boshliq qoʻshinini yenggan. Taynol noʻyon
Jaloliddin Manguberdi haqida: "Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, oʻz tengqurlarining
sarvari ekan", degan. Jaloliddin Manguberdining 
Koʻniya
sultoni 
Alouddin Kayqubod

Jazira
hokimi al-Malik al-Ashraf Muzaf fariddin Muso, Damashq hokimi al-Malik al-Muazzam
Sharafiddin Iso va 
Misr
 hokimi al-Malik al-Komil Muhammadga nomalar yozib, ularni
moʻgʻullarga qarshi kurashish yoʻlida birlashtirish yoʻlidagi xatti-harakatlari behuda ketdi.
Ustiga ustak Alouddin Kayqubod muxolif kuchlarni Jaloliddin Manguberdiga qarshi
birlashtirishga muvaffaq boʻldi. 1230 yil 10 avg .da Arzinjon yaqinidagi jangda Jaloliddin
Manguberdi kuchlari magʻlubiyatga uchradi. Jaloliddin Manguberdining kuchsizlanganidan
foydalangan moʻgʻullar katta qoʻshin bilan Ozarbayjonga bostirib kirib Marogʻa, Tabrizni
egallab (1231 yil), Jaloliddin Manguberdini taʼqib etishgan. Mayofariqin viloyatidagi
qishloqlardan birida moʻgʻullar tungi hujum natijasida Jaloliddin Manguberdining oz sonli
qoʻshinini tor-mor keltiradilar, Jaloliddin Manguberdini oʻzi esa taʼqibdan qutulib 
Kurdiston
togʻlari
ga chiqib ketgan. Bu yerda qaroqchi 
kurdlar
 qoʻliga asir tushib, fojiali ravishda halok
boʻlgan. Jaloliddin Manguberdi haqida uning shaxsiy kotibi, tarixchi 
Nasaviy
shunday yozadi:
"Jaloliddin qorachadan kelgan, oʻrta boʻyli, turk lafzli odam edi. Fors tilini ham yaxshi bilardi.
Uning botirligiga kelganda shuni aytish kerakki, sulton arslonlar orasidagi eng kuchli sher edi.
Bir soʻzli, kek saqlamaydigan, ochiq koʻngil, toʻgʻri odam edi. U jiddiy shaxs edi. Hech qachon
kulmasdi. Juda nari borsa, jilmayib qoʻyardi. U adolatsizliklarni yomon koʻrardi. Jaloliddin oʻta
qatʼiyatli, nihoyatda irodali, murakkab vaziyatlarda, taqdirning qaltis sinovlarida oʻzini yoʻqotib
qoʻymaydigan favqulodda mard va botir sarkarda edi".
Oʻzbekiston
hukumati Jaloliddin Manguberdining moʻgʻul bosqinchilariga qarshi kurashda
koʻrsatgan mislsiz jasorati, vatanga va oʻz xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash
va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida "Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800
yilligini nishonlash haqida" qaror qabul qiddi (1998 yil). Qarorga koʻra, uning yurti Xorazmda
Jaloliddin Manguberdiga haykal oʻrnatildi, yirik koʻcha, maydon, jamoa korxonalari va


boshqalarga uning nomi qoʻyildi. Jaloliddin Manguberdi haqida videofilm, doston, pyesa va
boshqa yaratilgan. "
Jaloliddin Manguberdi" ordeni
taʼsis etilgan (2000 yil 30 avgust).
Hozirgi kunga kelib, Jaloliddin, oʻzbek va turkman xalqlarining milliy qahramoniga aylangan.
Unga atab bir necha doston va asarlar yaratilgan.
Shaxobiddin Muhammad al-Nasaviy , Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti, T., 1999;
Jaloliddin Manguberdi (oʻzbek, ingliz, rus tilida), T., 1999;
Jaloliddin Manguberdi, Vatan, yurt himoyachisi, T., 1999;
Buniyotov 3., Anushtagin Xorazmshohlar davlati (1097—1231), T., 1998;
Toshev N., Jaloliddin Manguberdi, T., 1999;
Boʻriyev O., Toshev N., Jaloliddin Manguberdi, T., 1999;
Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi, T., 1999;
Mirxondning "Ravzat us-safo" asarida Jaloliddin Manguberdi zikri, T., 1999;
Tonariy O., Jaloliddin Xorazmshoh va uning davri, T., 1999.

Download 53.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling