Jaloliddin Manguberdi yurt himoyachisi
Download 64 Kb.
|
Jaloliddin Manguberdi insho
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jaloliddin Manguberdi yurt himoyachisi
- Adabiyotlar
Jaloliddin Manguberdi yurt himoyachisi Reja: Xorazm taxti uchun nizolar. Jaloliddin Manguberdi faoliyati. Jaloliddinning ozodlik uchun kurashi. Jaloliddin Manguberdi yurt himoyachisi Tariximizdagi ulug zotlardan biri mugul bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashgan, Vatan ozodligi yolida jon fido qilgan Jaloliddin Manguberdidir. Orta asr musulmon mualliflari, jumladan uning vaziri va mirzasi ham bolgan an-Nasaviy uni Mankburni, (yani mank belgi, xol degan manoda, xoldor burunli degan manoni anglatgan) nomi bilan atashgan. Jaloliddin Manguberdi (Mankburni) xotirasini abadiylashtirish va tarixiy adolatni qaror toptirish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi 1998 yil 24-sentabrda 408-sonli maxsus qaror qabul qildi. Ushbu qarorga muvofiq buyuk sarkardaning tavallud toyi keng miqyosda nishonlanishi qayd qilib otildi. Jaloliddin Manguberdi faoliyati, mugul bosqini xususidagi qimmatli malumotlar asosan an-Nasaviyning «Siyrat as sulton Jaloliddin Mankburni» (Jaloliddin Manguberdining hayot faoliyati) asarida uchraydi. Shuningdek, Ibn al-Asir Otamalik Juvayniy, Rashididdin kabi orta asr musulmon tarixchilari asarlarida ham shu davrga oid qator muhim malumotlar keltiriladi. Mazkur davr boyicha XX asrdagi eng qimmatli malumotlar Z.M.Buniyodovning «Xorazmshoh Anushtegeniylar davlati» kitobida qayd etiladi. Jaloliddin ogir bir paytda Movarounnahr urush domiga tortilgan, mamlakatning katta qismi mugullar tomonidan istilo etilgan, imperiya qoshini yakson qilingan, amirlarning bir qismi xoinlik yoliga, qolgani oz joni-mulkini asrash yoliga tushgan, sulton mamlakatni oz holiga tashlab qoygan, ozaro sarosima va tahlika hukm surgan bir vaqtda tarix sahnasida paydo boldi. Jaloliddin shunday bir ogir vaziyatda, Vatan va xalq erki uchun kurashib, mugullarga qarshi 11 yil kurash olib bordi. 14 marotaba mugullarga qarshi ot surib, uning 13 tasida goliblikni qolga kiritishga muvaffaq boldi. Mugullar bosqini arafasida Jaloliddin garchi katta ogil bolsada, buvisi Turkon-xotun tomonidan hokimiyatdan chetlatilgan bolib, taxt vorisi etib Turkon-xotun urugidan bolmish boshqa bir shahzoda Qutbiddin Ozloqshoh valiahd deb elon qilingan edi. Gazna, Bomiyon, Al-gur, Bost, Takinobod, Zamin-Davora va Hindiston bilan chegaradosh yerlar esa Jaloliddinga mulk etib berilgan edi. Garchi Jaloliddin buvisining izmi bilan markazdan chetlatilgan bolsa-da, lekin sulton unga alohida muhabbat bilan qarar, uning jasurligini qadrlar va uni ozidan uzoqlashib ketmasligini hohlar edi. Shuning uchun ham unga vazir etib taniqli davlat amaldori Shams-al Mulk Shahobiddin Alp al-Xaraviyni, noib (orinbosar) etib esa sarkarda Kozbar Malikni tayinlaydi. Muhammad Xorazmshoh plevrit (opkaga suv yigilish) kasali bilan ogrib taxminan 1220 yilning oxirlarida (hijriy 617 y.) quvginlikda Kaspiy dengizidagi Ashuradi orolida vafot etadi. Olimi oldidan sulton Jaloliddinni taxt vorisi deb elon qilib, sultonlik bazi rutbalarini unga topshiradi. Jaloliddin oz inilari Ozloqshoh va Oqshohlar bilan otasini dafn etgach, 70 ta kishisi bilan togri Urganchga keladi. Tez orada unga Xojand hokimi Temur Malik va boshqa erksevar kishilar kelib qoshiladilar. Xalq Jaloliddin Manguberdini shodu-xurramlik va katta umid bilan kotib oladi. Lekin inisi Ozloqshoh va uning tarafdorlari unga qarshi fitna tayyorlayotganidan xabar topgach, bu alfozda mugullarga qarshi kurashib bolmasligini tushungan Jaloliddin 300 ta kishisi bilan yashirincha Xorazmni tark etadi. Jaloliddin 16 kun ichida Xorazmdan Xuroson yerlaridagi Niso qorgoni atrofiga yetib keladi. Chingizxon sulton ogillarining Xorazmga qaytganliklaridan xabar topgach agarda ular Xurosonga chekinmoqchi bolsalar, ularga qarshi chiqadi degan maqsadda oz qoshinidan Xurosonning har yeriga pistirmalar qoyadi. Jaloliddin Niso yaqinida ozining 300 ta askarlari bilan mugullarning 700 kishilik otryadini zarbaga uchratadi. Mugullar batamom maglub etiladi. Bu vaqtda Jaloliddinning ukalari Ozloqshoh va Oqshohlar sarosimaga tushib, nima qilishlarini bilmay, Jaloliddin ketidan ular ham Xurosonga ketishadi. Mugullarning kichik otryadi ustidan galaba qozonib, bu galabaga juda katta etibor berib yuborishadi. Shundan song ayshi-ishratga berilib, Xurosonning Xaboshan shahri yaqinida mugullarga qarshi navbatdagi kurashda qolga tushib, qatl etiladilar. Mugullar qatl etilgan shahzodalarning kallalarini namoyishkorona tarzda birmuncha vaqt Xurosonda olib yurishadi. Jaloliddinning yana bir inisi Rukniddin Gursanjiy (manbalar unga «aql-zakovat va korkamlikda tengi yoq» deb tarif berishgan) Eronning Ustunavand qalasida 6 oy mugullarga qarshi kurash olib borib, mardonavor tarzda halok boladi. Jaloliddin esa bu vaqtda Nishopurga yetib keladi. Bir oy davomida mugullarga qarshi kurashish maqsadida barcha amir, sarkardalarga qoshin yigish xususida murojaat qiladi. Mugullar uning ushbu faoliyatidan xabardor bolganliklarini bilgach, Zavzon (Nishopur va Hirot oraligida) tumanidagi Al-Qohira qalasiga kelib ornashadi. Afsuski, bu vaqtda mahalliy noib hokimlar uning atrofida jipslasha ololmaydilar. Hali yetarli kuchga ega bolmagan Jaloliddin qalada uzoq turish xavfli ekanligini tushunib, Gazna tomon yol oladi. Chingizxon esa bu vaqtda ulkan qoshin bilan Xurosonga izma-iz kelayotgan edi. Jaloliddin Gaznaga yetmasdan yaqin orada Hirot hokimi hamda qayinotasi bolmish Amin Malik bilan uchrashadi va ular birgalikda Qandahor qalasini qamal qilayotgan mugullar ustiga yurish qiladilar. Jaloliddin bu kurashda harbiy ilm tarixida ilk bora piyoda yoyandozlarni mugullarning otliq askarlariga qarshi qoyadi. Inglizlar keyinchalik bu harbiy usulga yuqori baho berib, ozlarining Kress yonidagi mashhur janglarda undan foydalanishadi. Uch kunlik jangdan song mugullar maglub etilib Jaloliddin golib boladi va u Gazna tomon yol oladi. U 1221 yilning fevralida Gaznaga kirib keladi. Manbalarning qayd etilishicha, xalq Jaloliddinni juda katta tantana bilan kutib oladi. Shahar xuddi xayit bayramidek shodu-hurramlikka toladi. Gaznada Jaloliddin xizmatiga Sayfiddin Ogroq al-Xalajiy, Balx hokimi Azam Malik, afgon qabilalari sardori Muzaffar Malik va qarluqlar rahbari al-Hasan qarluq oz qoshinlari bilan qoshiladilar. Jami qoshinning soni tarixchilarning xabariga kora 90-130 ming kishi atrofida bolgan. Chingizxon Jaloliddinning kuch-qudratini oshib borayotgani va mugullar undan Qandahorda zarbaga uchraganligidan gazablanib, noyon Shiki Xutuxu boshchiligidagi qoshinni uning ustiga yuboradi. U 1221 yilning kuzida Jaloliddin yerlariga yaqinlashib keladi. Jaloliddin bir hamladayoq mugullarni zarbaga uchratishga muvaffaq boladi. Bu jangda mugullarning 1000 dan oshiq kishisi halok boladi. Koplab tarixchilar jumladan, ibn al-Asir, Juvayniy, Rashididdin bu jangga yuqori baho bergan edilar. Jaloliddinning mugullarga qarshi muhim janglaridan biri 1221 yilning kozida shimoliy Afgonistonning Lagar daryosi boyidagi Parvona dashti yaqinida bolib otadi. Birlashgan qoshinga shaxsan Jaloliddinning ozi lashkarboshilik qilib, ong qanotga Amin Malik, chap qanotga Sayfiddin Ogroq boshchilik qilishadi. Mugullar jon-jahdlari bilan kurashga kiradilar. Hatto Shiki Xutuxuning buyrugi bilan Jaloliddin qoshiniga xavf tugdirish maqsadida har bir mugul askari orqasiga tulup otkazib ham qoyishadi. Parvona jangi mugullarning mutlaq maglubiyati bilan tugab Shiki Xutuxu qolgan qutgan qoshini bilan Chingizxon huzuriga bazor qochishga ulguradi. Parvona yaqinidagi jang Movarounnahr va Xuroson ahli uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega boldi. Shu paytgacha mugullarning ilohiy, yengilmas kuch-qudratga egaliklari xususidagi gap sozlarga, afsonalarga chek qoyildi. Jaloliddinning galabasidan Movarounnahr va Xuroson xalqlarining ruhi kotarildi, galaba tasirida Saraxs, Marv, Hirot va boshqa Xuroson shaharlarida mugullarga qarshi xalq isyonlari boshlanib ketdi. Buxoroda bosh kotargan aholi esa mugullarni shahardan siqib chiqarishga muvaffaq boldi. Chingizxon Jaloliddinning kuchayib borishi, uning xalq ommasi tomonidan qollab-quvvatlanilishi mugullar bosib olgan yerlar uchun qanchalik xavf tugdirishini yaxshi anglab yetgan edi. Shu sababdan ham shaxsan ozi Jaloliddinni qanday qilib bolmasin maglub etish maqsadida shitob bilan katta qoshinga bosh bolib, janub tomon yol oldi. Jaloliddin qoshini Parvona jangidan song katta oljani kiritgan edi. Ushbu oljaning taqsimlanishi vaqtida Jaloliddinning ikki sarkardasi Amin Malik va Sayfiddin Ogroq ortasida ixtilof chiqadi. Ixtilof natijasida Sayfiddin Ogroq va undan keyin boshqalar ham qoshindan ajrab chiqib ketadilar. Jaloliddinning qoshini kamayib, u nihoyatda ogir bir ahvolda qoladi. Jaloliddinning uni tark etgan sarkardalarga qayta ittifoq tuzish, dushmanga qarshi birgalikda kurash olib borish togrisidagi murojaati zoye ketdi. Jaloliddin ichak ogrigi kasaliga duchor bolib turgan paytida mugullarning ilgor guruhi Gardezga (Gaznadan 50 km. sharqda joylashgan shahar) ornashganligidan xabardor boladi. Jaloliddin xastaligiga qaramasdan Gardezdagi mugul askarlariga tosatdan zarba berib, ularni maglubiyatga uchratadi. U Chingizxonga qarshi ozchilik qoshin bilan kurasha olmasligini anglab, Sind (Hind) daryosi boyiga chekinishga qaror qiladi. Jaloliddinni qanday qilib bolmasin maglub etish va uni qolga tushirish ilinjida bolgan Chingizxon uni izma-iz taqib etib keladi. Jaloliddinni taqib etib kelayotgan mugullarga ayniqsa Bamiyon qalasi qattiq qarshilik korsatdi. Bamiyon qamali vaqtida Chigatoyning ogli, Chingizxonning suyukli nabirasi Mutulk halok boladi. Bundan dargazab bolgan Chingizxon qaladan bironta olja, bironta odamni asirlikka olmay barcha qala ahlini qirib tashlashni buyuradi. Yer bilan yakson qilingan sobiq Bamiyon qalasi keyinchalik mugullar tomonidan Mobaliq (yani ahmoqona shahar) nomini oladi. Nihoyat 1221 yilning 25 noyabri, payshanba kuni (hijriy 618 yil shavval oyining sakkizinchi kuni) Sind daryosi boyida uch kun davom etgan hal qiluvchi jang boshlandi. Bir qator orta asr musulmon tarixchilarining takidlashlaricha, bunday qonli, keskin va dahshatli jang tarixda roy bermagan ekan. Jaloliddin va uning qoshini misli korilmagan darajada jasorat va bahodirlik namunalarini korsatdilar. Faqat uchinchi kunga kelib, Chingizxon qoshini ustunlikka erisha boshladi. Chingizxon qanday qilib bolmasin Jaloliddinni tiriklayin qolga olishga buyruq beradi. Jaloliddin esa uni qolga olishga intilayotgan mugul qoshini qorshovini shaxsiy bahodirligi bilan yorib chiqib, Sind daryosi boyiga yetib kelishga muvaffaq boladi. Daryo boyida onasi Oychechak va haramdagi boshqa ayollar uni kutib turishar edi. Shundoq ham bu jangdan ruhiy va jismonan ezilgan Jaloliddinga ular ... bizni oldiring va mashum asirlikdan qutqaring deya murojaat qilishadi. Jaloliddin barcha haram ayollarini suvga choktirishga korsatma berishdan boshqa iloji qolmaydi. Ozi esa oti bilan suvga sakrab, daryoning narigi beti-Hindiston tomonga suzib otadi. Jaloliddinning har qanday vaziyatda ham ozini yoqotmasligi, uning jasorati va mardligiga Chingizxon ham tan beradi. Tarixchilardan Juvayniy, Rashididdin va boshqalarning yozishlariga qaraganda Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolib Chingizxon oz ogillariga qarata Otaning faqat shunday ogli bolishi lozim. U olovli jang maydonidan ozini qutqarib, halokatli girdobdan najot qirgogiga chiqdimi, undan hali ulug ishlar va qiyomatli isyonlar keladi!,-dedi va uning orqasida taqib etishni taqiqladi. Rashididdinning yozishiga kora, Jaloliddin daryodan taxminan 120 ta tirik qolgan kishilari bilan Hindiston qirgogida uchrashadi. Jaloliddin ham tirik qolganlar ham manaviy-ruhiy ham ogir janglardan jismoniy ezilgan holda murakkab bir ahvolda qolishgan edi. Bu vaqtda Shatradagi mahalliy hind rojalaridan biri 40.000 chogli otryadi bilan daryoning bu betiga suzib otgan xorazmliklarni qirib tashlash uchun yetib keladi. Faqatgina Jaloliddinning tengsiz bahodirligi va qahramonona hatti-harakati tufayli roja oldirilib, qoshin orqaga chekinadi. Bu jangdan xorazmshoh askarlarining ruhi ham kotarilib, tez orada Jaloliddin oz atrofiga 3 ming kishilik askarni yigishga muvaffaq boladi. Ogir vaziyatlarda ham ozini yoqotmasdan, qaddi bukilmagan sarkarda Hindistonga otgach, Sind daryosi boyidagi yerlarni ishgol qila boshlaydi. Tez orada Jaloliddinning hokimiyatini Dehli sultoni Shamsiddin Eltutmish (1211-1236) va Sind, Uchcha, Molton, Lohur va Peshovar hokimi bolmish Nosiriddin Qubacha (1205-1227) ham tan oladilar. Hindistonda Jaloliddin 1223 yilning oxirlarigacha bolib, xorazmshohlarning azaliy mulki bolgan Iroq va Eronni oz izmiga kiritish maqsadida yolga otlanadi. Oz orniga noib etib, taniqli sarkarda Jahon polvon Ozbekni qoldirib ketadi. Jahon polvon to 1229 yilgacha Hindiston mulklarini boshqarib, songra Jaloliddin huzuriga Iroqqa qarab ketadi va uning harbiy yurishlarida yelkadosh bolib xizmat qiladi. 1224 yilning boshida Jaloliddin Kirmonga kelib, Kirmon sultoni bolmish ukasi Giyosiddindan yordam uchun 4000 kishilik qoshin oladi. U ozining asosiy maqsadi mugul istilochilariga qarshi kurashib, mustaqil davlat yalovini tiklash ekanligini bildiradi. Jaloliddin mugullarga qarshi birgalikda kurash olib borish maqsadida ukasi Giyosiddin Pirshoh, Bagdod xalifalari az-Zohir (1225-1226), songra al-Muntansir (1226-1242), Gurjiston malikasi Rusudana va boshqalarga murojaat qiladi. Lekin mugullar qasosi, qolaversa Jaloliddinning hokimiyati kuchayib ketishidan chochigan kopchilik musulmon hokim, hukmdorlari u bilan ittifoq tuzishni hohlamaydilar. Bagdod xalifaligi, ismoiliylar hokimi Muhammad III (1221-1255)lar esa mugullar bilan yaqinlashishga, Jaloliddinga qarshi ochiqdan-ochiq kurashishga bel boglaydilar. Malika Rusudanani va uning vaziri Avak bilan ozaro ittifoq xususidagi takliflari zoye ketgandan song 1226 yil fevralida sarkarda Gurjistonga yurish qiladi. Gurjiston qattiq jang ila egallanib, bu yerda koplab mashum voqealar bolib otadi. Bosh kotargan Gurjiston ikkinchi marotaba 1228 yil egallangach, bu yerlar qattiq talon-taroj qilinadi. Bir vaqtning ozida Jaloliddin Manguberdi Kirmonda unga qarshi bosh kotargan xiyonatkor Barak Hojibga, ismoiliylarga ham qarshi kurash olib borishga togri keladi. Shuningdek, ahamiyatli hisoblangan Ararat togliqlari etaklarida joylashgan Xilat qalasi ham Jaloliddinga uzoq vaqt mobaynida qarshilik korsatadi. 1227 yili oxirlarida mugullarning Eronga kirib kelishi niyatlari borligini bilgan Jaloliddin ularga qarshi qatiy jangga kirishga tayyorgarlik koradi. Mugullarning osha yili yuborilgan 2000 kishilik avangardi tor-mor etilib, ulardan 400 tasi Isfahonda namoyishkorona tarzda qatl etiladi. 1228 yil 25 avgustida Eronni zabt etish uchun kelgan Taynal noyon boshchiligidagi mugul istilochilari bilan Isfahon yaqinida hal qiluvchi jang bolib otdi. Garchi jang vaqtida ukasi Giyosiddin xoinlik qilib, oz qoshini bilan Luristonga chekingan bolsa-da, Jaloliddin qatiy ravishda bu holatga etibor qilmay kurash olib boradi. Manbalarning sozlashicha, hatto mugul noyonining ozi Sen haqiqatdan ham oz davrining erkak ogloni ekansan,- deb uning jasoratiga tan bergan ekan. Jaloliddin bu jangda butkul goliblikni qolga kiritadi. U sakkiz kun mobaynida Erondagi mugullarni izma-iz taqib etib ularni mamlakatdan haydab chiqaradi. Juma kuni erta tongda muzaffar sarkarda sifatida Isfahonga kirib kelgach, xalq uni golib sulton sifatida shodu-hurramlik bilan kotib oladi. Jaloliddinning zafarli galabasi ovozasi butun islom olamiga keng tarqaladi. Osha yili hatto mugullarning buyuk xoni bolmish Ugedey Jaloliddinning mugullar ilkiga tushib qolgan egachisi Xonsulton orqali maktub yuborib, u bilan sulh tuzish niyati borligini ham bayon qiladi. Jaloliddin bu diplomatik kelishuvdan voz kechib, xatni javobsiz qoldiradi. Jaloliddin murakkab va ziddiyatli davrda yashadi. Shubhasiz u oz davrining farzandi edi. U qoshinlarining koplab harbiy yurishlar vaqtida talonchilik, zoravonlik qilishlariga gohida koz yumdi, xonavayronchilik keltiruvchi ishlarga bosh qoshdi. Bu esa Eron, Ozarbayjon, Iroq, Gurjiston ahlida salbiy fikrlarning kopayishiga, noroziliklarning kuchayishiga ham olib kelgan. Lekin nima bolganda ham Jaloliddin Manguberdi ozining asosiy maqsadi mugul istilochilariga qarshi kurashish ekanligini yodida saqladi. Bu kurashda u yon-atrofdagi musulmon hukmdorlarining qollab quvvatlashlariga umid boglagan edi. Lekin kop holda ular bilan umumiy til topa olmasligi, uning tashqi siyosat borasidagi zaif tomonidan dalolat berar edi. Oz vaqtida turk, arab, musulmon hokimlari uning xokimiyati Yaqin Sharqda kuchayib ketishidan xavfsirashar, u bilan ittifoq tuzishni hohlashmas edi. Ularning bazilari hatto mugullar bilan ochiqdan-ochiq yaqinlashish tarafdori edilar. Ayniqsa, Xilat qalasining Jaloliddin tomonidan egallanishi unga davogar hokimlarning izzat-nafsini toptagan edi. Jaloliddin unga qarshi ittifoq vujudga kelganidan xabardor bolsa-da, har holda, hech bolmaganda uni turkiy hukmdorlar qollaydi deb yanglishgan edi. 1230 yil 10 avgustida Kuniya sultoni, Xims hokimi, Halab hokimi, Mayafiriqin hokimi va Baynas hokimlarining birlashgan ittifoqi Jaloliddinni maglub etadi. Ismoiliylar esa butkul xoinlik yolini tutib Jaloliddinning maglubiyati togrisida mugullarga yashirin noma ham yuboradilar. Jaloliddin maglubiyatidan foydalangan mugullar uning Ozarbayjonning Mugon, Shirkabutdagi qoshin yigishi mumkin bolgan joylariga qoqqisdan zarba berishadi. 1231 yil bahorida u Ganjaga kelib, barcha gina-kudratlarini unutib, yana mugullarga qarshi ittifoq tuzish uchun musulmon hukmdorlariga murojaat etdi. Lekin uning taklifi javobsiz qolib ketdi. Shunda Suriyadagi Amida qalasi hokimi uni oz oldiga chorlaydi. U Iroqqa borib yana qoshin toplamoqchi boladi. Amida yoli yaqinida unga tosatdan mugullar hujum qilib qolishadi (1231 yil avgust boshi). Uni 15 chogli mugul navkarlari taqib etishadi. Jaloliddin oz sheriklaridan ajrab, Mayafariqin (Hozirgi Turkiyaning Silvan viloyati) yaqinida Ayn-ad-dar qishlogiga keladi. Ushbu togliq qishloqda u kurdlar qoliga tushadi. Ozini sulton deb tanishtirgandan song uni kurdlar oldirishga jazm etmaydilar. Uni tegishli joyga yetkazib qoyish evaziga mukofot vada qiladi. Lekin kurdlar rahbari xonadonidan joy olgan, horib-tolgan Jaloliddinni, boshqa bir kurd kishisi ulgan inisi xuni evaziga oldiradi. Bu voqea taxminan 1231 yilning avgust oyi 17-20 sanalari oraligida roy beradi. Ertasi kuni sulton buyumlarni sotib yurgan kurd xususida Mayafariqin hukmdori al-Malik al-Muzaffarga xabar berishganda u qishloqqa oz sarkardasi Shahobiddin goziyni yuboradi. Shahobiddin goziy sulton jasadini olib, qishloq erkaklari barini oldiradi va qishloqqa ot qoyib yuboradi. Muarrix an-Nasaviy buni eshitib shaxsan Mayafariqinga keladi. Jaloliddinning togasi, vazir Oturxon uning jasadini tanib, qattiq iztirobga tushdi. Jaloliddin Manguberdining murdasi Mayafariqinga dafn etilib, mugullar kirib kelgudek bolsa, haqoratlanmasin degan maqsadda gori yer bilan tekislab yuboriladi. Uning ashaddiy dushmani Damashq hokimi al-Malik al-Ashrafga sulton halokati xususida xabar yetkazib suyunchi soraganlarida, u qayguga botib: Sizlar uning olimi bilan meni qutlamoqchimisizlar? Ammo siz voqeaning achchigini tatib korasizlar. Olloh nomi bilan qasam ichamanki, uning halokati islom olamiga mugullarning bostirib kirishini anglatadi. Endilikda biz bilan YAjuj va Majujlar ortasida devor bolib turgan Xorazmshohdek odam yoqdir, -deb javob bergan edi. Ibn Vosil esa uni mugullar va musulmonlar orasidagi istehkom bolgan deb tariflagan edi. Jaloliddinning olimidan song uning shonli nomi tez orada xalqlar tilida doston bolib ketdi. Jaloliddin tirik, Jaloliddin qaytib kelayapti degan ovozalar uzoq vaqtgacha mugullarni tahlikaga solib kelgan. Ozini men Jaloliddinman deb nomlagan turli shaxslar mugullarga qarshi kop holatda isyon va qozgolonlarga boshchilik qilganlar (masalan, 1236 yili Eronning Ustundorida kotarilgan qozgolon, 1255 yili Amudaryo boyidagi voqealar va hakozo). U turkiy bolib, qora magiz yuzli, burni oldida qora xoli bor orta boyli yigit edi. Fors tilida ham bemalol sozlasha olar edi. U dovyuraklikda tengi yoq, sherlar ichida arslon, otliqlar ichida eng jasuri edi... qisqa sozli, hech qachon sokinmagan, yomon sozlarni oziga ep kormagan, juda jiddiy, atrofdagilar oldida ozini sipo tutar, hech qachon kulmas, faqatgina tabassum qilib qoyar edi xolos. U adolatni sevgan, lekin zamon zayli uni ozgartirishga majbur qilgan. U oz fuqarolarini dardini yengillashtirishga harakat qilgan, shuni hohlagan, lekin tanazzul davri bolganligi bois ham zoravonlikka yol bergan. Ozini uluglashlarini istamagan. Bachkana tariflarni yoqtirmagan, faqat sulton deya murojaat qilishlarini soragan. Uning farmonlarida yolgiz soz: Yordam yolgiz Ollohdandir! degan shior bolgan.» 1999 yil noyabrda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligining keng nishonlanishi, uning vatani Xorazmda unga mahobatli haykal ornatilinishi, yurtboshimiz takidlaganidek ganim oldida bosh egmagan, tiz chokmagan. Vatan deya halok bolgan milliy qahramonimizga xalqimizning ehtiromi, muhabbati, ajdodlar xotirasini muqaddas saqlashi ramzi bolib qoldi. Adabiyotlar: Azamat Ziyo Ozbek davlatchiligi tarixi: (Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar). T., 2000. Axmadjonov Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoda. T., 2003 Ismoilova J. Fargona vodiysida milliy ozodlik kurashlari. T., 2003. Istoriya Uzbekistana. T.: Fan, 2012. Sagdullayev A.S. Qadimgi Orta Osiyo tarixi. T., 2004. Sagdullayev va boshqalar. Ozbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. T., 2000. Download 64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling