Muhokama uchun savollar:
1. XIX asrning buyuk dramaturg va ma’rifatparvarlari haqida so’zlang.
2. M.F.Oxundovning folklor materiallaridan keng foydalanib yozgan yirik nasriy asarlari:
A) «Aldangan yulduzlar»
B) «Tabiatshunos Muse Jordan»
S) «Mullo Ibrohim Xalil kimyogar»
D) «Fahriddinning sho’ri»
3. Ozarbayjon nazmida zo’r mahorat bilan qalam tebratgan shoirlar qatorini belgilang.
A) Pushkin, N.Saidzoda, K.Qosimzoda.
B) S.Vurg’un, M.Dilboziy, Rasul Rizo
S) A.Axverdov, N.Vezirov, A.Nazmiy
Д) Н.Хазрий, А. Бобоев, З.Халил
3-amaliy mashg’ulot : Nizomiy Ganjaviy
Dars maqsadi: Nizomiy Ganjaviy hayot yo’li va uning «Xamsa» dostoni haqida ma’lumot berish, tahlil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Ilyos Yusuf o’g’li Nizomiy
Ganjaviyning hayot yo’li haqida so’zlaydi.
2. «Xamsa»ga kirgan dostonlarda buyuk shoirning adolatparvarlik
g’oyalari to’g’risidagi fikrlarini izohlaydi.
3. Nizomiy Ganjaviy an’analarini ijodiy davom ettirgan adiblar
haqida gapiradi.
Ishni bajarish tartibi:
Nizomiy Ganjaviy « Xamsa «sidagi dehqon va hunarmandlar mehnatini ulug’lagan o’rinlarini aniqlash;
Dostonlaridagi adolatli podsho va podshozodalar obrazlari berilgan jihatlarini aniqlash;
Nizomiy Ganjaviy va xamsanavislar «Xamsa» sini o’rganish;
Mashg’ulot yakuni.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Nizomiy Ganjaviy o’zining «Xamsa»sini kimlarning topshirig’i bilan yozgan?
2. Uning qaysi dostonlarida dehqon va hunarmandlar mehnati ulug’lanadi?
Asosiy dabiyotlar:
1. N.Komilov. Tafakkur karvonlari. –T., 1999 y. 150-155-b.
2. O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi. №6 346-347 b.
5-mavzu : Mirzo Fatali Oxundov
Do'stlaringiz bilan baham: |