Jamiyat falsafasi


Fuqarolik jamiyatida davlatning qator vazifalari


Download 449.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/30
Sana15.11.2023
Hajmi449.5 Kb.
#1776723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
Aksiologiya(qadriyatlar falsafasi) (1)

Fuqarolik jamiyatida davlatning qator vazifalari fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish 
organlari qo‘liga o‘ta boshlaydi, mahalliy hokimiyat organlarining vakolati kengayadi. Fuqarolik 
jamiyati asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati, ijtimoiy-siyosiy 
faolligiga tayanadi. Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular 
vakolatining kuchaytirilishi xalqimizning o‘z-o‘zini boshqarish, idora etish madaniyatini 
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalla kishilarda yaxshi insoniy fazilatlarini kamol 
toptirish, o‘z-o‘zini boshqarish, demokratik qadriyatlarni ro‘yobga chiqarish maktabidir. Yurtimizda 
fuqarolik jamiyatini barpo etish barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab etadi. O‘z 
navbatida, ma’naviy etuk avlod jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shadi. Shunday etuk 
kishilarni tarbiyalashda jamiyat to‘g‘risidagi falsafiy bilim va qarashlarni o‘zlashtirish va hayotga 
tatbiq etish alohida ahamiyatga egadir. 
XIX asrda falsafadan sotsiologiya ajralib chiqa boshladi. Mazkur fan jamiyatni tushunishga 
nisbatan falsafiy yondashuvlarni asosan tan oladi va ayni vaqtda o‘z predmeti va tadqiqot 
metodlariga ega.
O.Kont. (1798-1857) Ijtimoiy tadqiqotlarning ob’ektivligiga erishish lozim, degan g‘oyani 
himoya qilgan O.Kont fan sifatidagi sotsiologiya asoschisi. U sotsiologiyani ikki qismga ajratadi: 
birinchi qism ijtimoiy statikani, ya’ni ijtimoiy tizimlarning mavjudlik shartlarini va ularning amal 
qilish qonunlarini, ikkinchi qism esa – ijtimoiy dinamikani, ya’ni jamiyatning rivojlanish va 
o‘zgarish qonunlarini o‘rganadi. Ijtimoiy statika – odam organizmining tuzilishiga o‘xshab 
ketadigan jamiyat «anatomiyasi»dir. Kont jamiyatda oila, din, davlat kabi muhim institutlarni 
farqlaydi. U jamiyat rivojlanishining uch bosqichi qonunini ta’riflaydi. Mazkur bosqichlar 
insoniyat aqliy rivojlanishining uch bosqichiga mos keladi: teologik bosqich (u qadimgi davr va 
ilk O‘rta asrlarni qamrab oladi va XIII asrda tugaydi), metafizik bosqich (XIV-XVIII asrlar) va 
pozitiv bosqich (XIX asrda boshlanadi).

Download 449.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling