Jamiyat falsafasi


«Sivilizatsiya» tushunchasi


Download 449.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/30
Sana15.11.2023
Hajmi449.5 Kb.
#1776723
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
Aksiologiya(qadriyatlar falsafasi) (1)

«Sivilizatsiya» tushunchasi. Ma’lumki, lotin tilidagi «civil is» so‘zi asosida shakllangan, 
fuqaroviy, ijtimoiy degan ma’nolami anglatadigan mazkur tushunchani ilm-fan tarixida dastlab 
shotland tarixchisi va faylasufi A.Fergyusson (1723—1816) jahon tarixiy jarayonining ma’lum bir 
bosqichini ifodalash uchun, fransuz ma’rifatparvarlari esa aql-idrok va adolatga asoslangan 
jamiyat, degan ma’noda ishlatgan edilar. Undan keyin ham sivilizatsiya tushunchasiga turlicha 
mazmun berish davom etdi. Ayrim holda uni madaniyatning, ba’zan faqat moddiy madaniyatning 
sinonimi sifatida ishlatgan bolsalar, nemis faylasufi O.Shpengler esa, aksincha, uni madaniyatning 
antipodi ma’nosida, ya’ni madaniyatning halok bolish jarayoni bosqichini xarakterlash uchun
ingliz sotsiologi va tarixchisi A.Toynbi esa o‘ziga xos va nisbatan yopiq bolgan jamiyatlarni 
ifodalash uchun ishlatgan. Sivilizatsiya tushunchasining mazmunini belgilashda turfa xillik 
hozirgi vaqtda ham saqlanib qolmoqda.
Bu tushuncha: 1) ijtimoiy rivojlanishning yowoyilik va varvarlikdan keyin keladigan 
bosqichini;
2) umuman kishilik jamiyati rivojlanishining ma’lum bir bosqichini (masalan, neolit, 
nokapitalistik yoki hozirgi zamon sivilizatsiyasi);


3) ma’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani; 
4) geografik jihatdan farqlanuvchi birliklarni (masalan, Yevropa yoki Osiyo sivilizatsiyasi);
5) diniy mansubligiga ko‘ra, farqlanuvchi madaniy birliklarni (masalan, xristian yoki islom 
sivilizatsiyasi);
6) kelib chiqishi va planetar mansubligiga ko‘ra farqlanuvchi birliklarni (masalan, Yer 
sivilizatsiyasi, Yerdan tashqaridagi sivilizatsiyalar);
7) etnik asosga kola farqlanuvchi ijtimoiy-madaniy birliklarni (masalan, qad. Misr yoki Bobil 
sivilizatsiyasi) va shu kabi ma’nolarni ifodalash uchun qo’llanib kelmoqda.
Sivilizatsiya tarixning, jamiyatning sifaiiy o'ziga xosligini, u yoki bu mamlakat doirasida 
amal qiladigan, ishlab chiqarish kuchlari, inson faoliyati, madaniyati tomonidan belgilanadigan 
umumiy ijtimoiy qonuniyatlarning spetsifikasini ifodalaydi. Bularning barchasi sivilizatsiyani 
yaxlit birlik sifatida mavjud bolishi uchun imkoniyat yaratadi. Bu sifatiy xususiyatlarning 
yo‘qolishi sivilizatsiyaning halokatini anglatadi. Ushbu mulohazalardan shuni xulosa qilib aytish 
mumkinki, sivilizatsiya tushunchasi muayyan xalq, mamlakat (jamiyat)ga yoki uning 
rivojlanishining sifatiy jihatdan farqlanuvchi ayrim bosqichlariga nisbatan ishlatilgandagina, u 
aniq ilmiy mazmunga va demakki, metodologik ahamiyatga ega boladi. Aynan etnik birliklar
mamlakatlar darajasida sivilizatsiyaning o‘ziga xosligi, asosiy xarakteristikalari o'zini yaqqol 
namoyon etadi.

Download 449.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling