Jamiyat falsafasi


Markaziy Osiyo mutafakkirlari qarashlarida insonni nazariy aql boshqaradi


Download 449.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/30
Sana15.11.2023
Hajmi449.5 Kb.
#1776723
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Bog'liq
Aksiologiya(qadriyatlar falsafasi) (1)

Markaziy Osiyo mutafakkirlari qarashlarida insonni nazariy aql boshqaradi. Jumladan 
al-Forobiy fikricha “Inson shaxsini shakllantiradigan, uni boshqa maxluqotlardan ajratib 
turadigan va unda insoniy xislatlarni rivojlantiradigan narsa uning faol aqlidir Bu kuch avval- 
boshda faqat qobiliyatdir bu quvvat o‘ylash, mulohaza yuritishga qobil, ammo hayotga tadbiq 
etish, ya’ni joriy qilishga qobil emas”
3
.
Aqlni hayotga tadbiq etish uchun, unga tashqi kuch ta’sir etishi kerak, bu esa faol aqldir.Faol 
aql - mustaqil quvvat bo‘lib, o‘z mohiyati, Birinchi va ikkinchi va boshqa sabablar mohiyati haqida 
fikrlay oladi. Aynan shu faol aql odam imkoniyatlarining tashqi voqealarga ta’sir etishi va uni 
2
Будда. Конфуций. Жизнь и учение. – М.: 1995. – С.139.
3
Al-Forobiy. Fozil shahar aholisi. -T.: Sharq, 1999.- B. 69 


rivojlantirishga turtki beradi. Forobiy ta’biri bilan “moddiy aqldan amaliy aqlning yuqoriroq 
pillapoyasiga ko‘tariladi va uning faol aqlga munosabati quyosh bilan ko‘zni solishtirlandek 
bo‘ladi”
4
. Agar quyosh bo‘lmasa, inson narsalarni ko‘ra olmaydi. Faol aql quyoshi inson ruhi da 
paydo bo‘lganidan keyin, aqliy quvvat faol aqlga qaraydi. Inson tabiat gultoji, ya’ni aqlli 
mavjudot.
Yusuf Xos Xojib fikricha inson dunyoda abadiy emas, bu dunyoga kelgan har qanday odam 
vaqti etgach ketadi. Inson umrining qimmati necha yil yashagani bilan emas, qanday ezgu ishlarni 
amalga oshirganligi, hayotda qoldirgan izi bilan belgilanadi. U kishi olamdan o‘tgandan so‘ng, bu 
dunyoda undan ikki xil, biri yomon, ikkinichisi yaxshi degan nom qoladi. Inson iloji boricha 
o‘zidan yaxshi nom qoldirishi, yaxshi olqish olishi lozim deb ta’kidlagan.
G‘ARB FALSAFASIDA INSON. Sharq tafakkurida insonga nisbatan yuqorida qayd 
etilgan yondashuvlar bilan bir qatorda tabiat, kosmos muammolari ham qadimdan muayyan o‘rin 
egallab keladi. Bunda insonga ulkan dunyodagi bir zarra sifatida qaraladi. Ammo dunyoga 
nisbatan kosmotsentrik yondashuv antik falsafa rivojlanishining ilk bosqichlariga ko‘proq xosdir. 
Dunyoning mazkur talqiniga muvofiq birinchi o‘ringa Suqrot davridayoq falsafaning diqqat 
markazidan o‘rin olgan inson haqida mulohaza yuritish uchun ham tegishli zamin hozirlovchi 
dunyo va kosmos muammolari chiqadi. 

Download 449.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling