Jamiyat haqidagi g`oyalar va tushunchalar
Ijtimoiy-siyosiy institutlar
Download 88 Kb.
|
Bobur begmurodov mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamiyat va hokimiyat.
Ijtimoiy-siyosiy institutlar. Jamiyat turli ijtimoiy-siyosiy institutlarga bo`linadi. Boshqacha qilib aytganda, jamiyatda turli ijtimoiy Yoki siyosiy vazifani bajaruvchi tashkilotlar, organlar, muassasalar, birlashmalar mavjud bo`ladi. Arastu, Forobiylar aytganlaridek, insonlar ijtimoiy mavjudot bo`lganligi sababli kundalik turmushida, ya`ni mehnat qilish, o`qish, yashashda o`ziga o`xshagan boshqa insonlar bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishib, turli ittifoq va tashkilotlarni ob`yektiv ravishda tashkil qiladilar.
Jamiyatning birinchi tabiiy bo`ginini tashkil etgan institut - oiladir. Oila tabiiy qonunga ko`ra tashkil topadi, qon-qarindoshchilik munosabatlari asosida amal qiladi. Urug` bir nechta oilaning qon-qarindoshchilik asosida birlashishi va mulkni idora qilishi, umumiy, qarindoshchilik qoidalari asosida tashkil topishi bilan xarakterlanadi. Jamiyat taraqqiyotida bir necha urug`larning qo`shilishi bilan qabila, keyinchalik umumiy til, urf-odat kabi birlik asosida millat kelib chiqdi. Siyosiy institutlarning eng dastlabkisi - davlat bo`ldi. Sharqda, masalan, Navoiy asarlarida mulk («mulki Ajam») tushunchasi asosida davlat instituti tushunilgan. Davlat bilan bir vaqtda huquq instituti paydo bo`ldi. Jamiyat taraqqiyoti natijasida davlat bilan birga bugun ko`plab nodavlat tashkilotlar: kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, turli-tuman ijtimoiy tashkilotlar yuzaga keldi. Jamiyat va hokimiyat. Inson tabiatan shunday xislatlarga egaki, bular undagi xulq-atvor va xatti-harakatlarga sabab bo`ladi. Forobiy aytginidek, sohibi qonun bu xislatlarni nazarda tutishi, ularni tuzatishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, jamiyatga birlashgan fuqarolarni boshqarishi kerak. Jamiyatni boshqarish o`z-o`zidan amalga oshmaydi. Uni hokimiyat boshqaradi. Hokimiyat jamiyatni tartibga soladi. Unga qalb baxsh etadi. Hokimiyat izidan chiqqan jamiyatlarda barqarorlik va tartib yo`qoladi. Shu nuqtai nazardan hokimiyat masalasi jamiyatning yashashida muhim o`rinni egallaydi. Hokimiyat tufayli jamiyat hayotida sodir bo`ladigan ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi va ular ma`lum maqsad va vazifalarning bajarilishiga yo`naltirilgan bo`ladi. Hokimiyat turli shakl va xaraktyerda bo`lishi mumkin, masalan, nodavlat va davlat hokimiyatlari mavjuddir. Ularning har ikkisi ham jamiyatni boshqarish uchun tashkil etiladi. Sotsial hokimiyat Yoki ijtimoiy hokimiyat va siyosiy hokimiyat tushunchalariga kelganda shuni aytish kerakki, ijtimoiy hokimiyat urug`, qabila, guruh, sinf, xalq tomonidan tashkil etilgan kuch bo`lib, odamlarni o`ziga bo`ysundirgan holda ishontirish va majburlash usullari orqali umumiy manfaatni ta`minlash uchun xizmat qiladi. Hokimiyatni tashkil yetish va uning aniq amal qilishi ko`p omillarga bog`liq bo`ladi. Birinchidan, aniq tarixiy sharoitdan kelib chiqish kerak, ikkinchidan, iqtisodiyotniig darajasiga, uchinchidan, insonlarning, ayniqsa, hukmron doiralarning erkiga bog`liq bo`ladi. Hokimiyat to`g`risidagi ta`limotlarda «hukmronlik qilayotgan sub`yekt» degan tushunchaga katta e`tibor beriladi. Buning ma`nosi shuki, hokimiyat egasiz bo`lmaydi. Eng muhimi, hokimiyat kimga tegishli: xalq hokimiyatimi Yoki ayrim sinf, guruhlarniki ekanligini aniqlash muhimdir. Erk ana shu hokimiyat va uning egasini hokimiyat sub`yekti bilan bog`laydi, mustahkamlaydi. Rahbarlar va ularga bo`ysunuvchi, itoat etuvchilar, hukmronlik qiluvchilar va tobelar kabi tushunchalar mavjuddir. Hokimiyat egasi - sub`yekti rahbarlar bo`lsa, uning ob`yekti esa unga tobe shaxslardir. Hokimiyat masalasini ko`rayotganda uning muhim unsurlaridan bo`lmish erkdan tashqari boshqa unsurlari ham muhimdir. Masalan, hokimiyat kuchli bo`lsa, tartib bo`ladi, va aksincha, u kuchsiz bo`lsa, hokimiyatni odamlar mensimay qo`yishadi. Natijada qonunlar buziladi, ijtimoiy tartiblar izidan chiqadi. Hokimiyat xalqqa tayansa, uning ishonchiga sazovor bo`lsa kuchli bo`ladi. Buning uchun hokimiyat vakillari mafkura orqali hamda turli-tuman odamlarga va`dalar berish yo`llari va usullari bilan ularning ishonchini qozonishga harakat qiladi. N.Makiavellining so`zlari bilan aytganda, hokimiyatni mustahkamlash va markazlashtirish uchun turli usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Hokimiyat hamma vaqt jamiyat taraqiyotiga o`z ta`sirini o`tkazishga harakat qiladi. Turli siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, sinflar, tabaqalar, millatlar vakillari hokimiyatga egalik qilish uchun kurashadilar. Shu sababdan ham hokimiyat uchun kurash ba`zan qonli to`qnashuvlar, fuqarolik urushlarini keltirib chiqarishini biz tarixdan yaxshi bilamiz. Xulosa qilib aytganda, hokimiyat bevosita jamiyat bilan bog`liq bo`lib, u jamiyatning paydo bo`lishi bilan tashkil topadi. Hokimiyat turli ko`rinishlar va shakllarda rivojlangan murakkab ijtimoiy voqelikdir. Odatda, ilmiy kitoblarda uning ikki xil ko`rinishda mavjud bo`lishi e`tirof etiladi: siyosiy bo`lmagan va siyosiy hokimiyat. Ularning har ikkalasi umumiy sotsial hokimiyat tushunchasi bilan ta`riflanadi. Sotsial hokimiyat jamiyatga tartib, shakl beradi, rahbarlik qiladi. Odamlarning qonun va qonunlarga binoan yashashlarini ta`minlaydi. Shu sababdan ham hokimiyatning to`g`ri tashkil etilishi, uning omma bilan aloqadorligi, kuchliligi kabi sifatlari jamiyatning umumiy manfaatlarini, farovon hayotini, tinchligini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Kitoblarda ko`p jihatdan hokimiyat iqtisod asosida tashkil topgan ustqurma sifatida ta`riflanadi. Uning rivojlanishi, ko`rinishi, shakli va mazmuni iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi. Ammo shuni yodda saqlash kerakki, hokimiyat jamiyatda rahbarlik qilayotgan kuchlar, sinflar, partiyalar va tabaqalar, ayniqsa ayrim shaxslarning erklariga, ularning g`oyalari va maqsadlariga bog`liq bo`lib, jamiyatning rivojlanishida ijobiy Yoki salbiy rol o`ynaydi. Agar g`oyalar, maqsadlar ilg`or, insoniy va ko`pchilik manfaatiga qaratilgan bo`lsa, so`zsiz, ijobiydir, va aksincha, faqat alohida guruh, partiya, tabaqaning manfaatiga qaratilgan bo`lsa, bunday hokimiyat totalitar, avtoritar, diktatorlik rejimlariga olib keladi. Hokimiyatning to`g`ri, demoqratiya tamoyillari asosida tashkil etilishi - ulug` ishdir. Masalan, Yaponiya, Olmoniya kabi mamlakatlar xalqlari baxt-saodatlari, ularning tinchliklari boisi tartib va qonunchilikning chinakam o`rnatilganligidadir. Rossiya, Afg`oniston kabi mamlakatlarda, afsuski, to`qnashuvlar, urushlar bu hokimiyatning, tartib, qoidalarning yaxshi shakllanmaginidan, kuchsizligidan, adashayotginidan dalolat beradi. O`zbekistonda esa, bugun shunday hokimiyat tashkil topdiki, u o`tish davrining qiyinchiliklari va injiqliklariga qaramasdan, mamlakatda tinchlikni ta`minladi. Jinoyatchilik, ayniqsa, o`ta xavfli uyushgan jinoyatchilikka qarshi o`z kuchini qarshi qo`yishga muvaffaq bo`ldi. Mamlakatda kuchli davlatchilikdan kuchli jamiyat sari rivojlanishni ta`minladi. Hokimiyat masalasi, eng avvalo, qonun-qoidalar bilan bog`liq bo`ladi. Hokimiyat o`z-o`zicha ishlay olmaydi. Uning o`zi, ichki tuzilishlari ham qonunlar va qoidalarga asoslangan bo`lishi kerak. Jamiyat a`zolarining yurish-turishlari ham qonunlar va qoidalar bilan belgilangan bo`lishi shart. Adabiyotlarda qonunlar va qoidalar (normalar) bir so`z bilan sotsial normalar deb yuritiladi. Ular ikki asosiy turga: majburiy xaraktyerda bo`lmagan (odob-axloq normalari) va hamma uchun majburiy (qonunlar)ga bo`linadi. Jamiyatda sotsial normalar yaxshi ishlangan va hayotiy bo`lsa, ularning amaliyotda qo`llanilishi yaxshi yo`lga qo`yilgan bo`lsa, bunday jamiyatda adolat, tinchlik, farovonlik mavjud bo`ladi. Jamiyatda sotsial normalar amal qilmasa, ular buzilsa, ayniqsa sohibi qonunlar tomonidan e`tiborsizlik bilan qaralsa, bunday jamiyatlarda parokandalik, tartibsizliklar bo`lishi muqarrardir. Jamiyat a`zolarining kundalik turmushlarida, ularning o`zaro munosabatlarida hukmronlik qiladigan va ularning dunyoqarashlarida ko`nikmalarga aylanib qolgan qoidalar - ularning ota-bobolari tomonidan o`rnatilgan, joriy etilgan qonunlar muqaddasligidir. Jamiyatda umumiy tinchlik, barqarorlik saqlashda hokimiyat ana shu qonuniyatlarga qatiy rioya qilishi kerak. Ijtimoiy tartibni o`rnatishda, muayyan tizimga solishda, boshqarishda, birinchi navbatda, odamlarning xatti-harakatlarini, yurish-turishlari, ularning jamoalari, tashkilotlari, organlarining faoliyatlari qoida va qonunlar asosida quriladi. Jamiyatdagi ijtimoiy tartib quyidagi qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi. Download 88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling