Jamiyat kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui
Download 32 Kb.
|
sots. 2-mavzu
Jamiyat — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaga boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadi. J. taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish J.ning ijtimoiy tuzilishi, yaʼni muayyan ijtimoiy qatlam, toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. J.da turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti, shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogʻliq. Bular J.dagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoii guruhlarga ajralishining negizidir. J. hayoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-maʼnaviy sohalarga ajraladi. Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi. Unda mamlakatning xoʻjalik hayoti tashkil etiladi, uning turli tarmoqlarining oʻzaro bogʻlikligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi Bu J. taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir. Ijtimoiy soha J.dagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi (qarang Ijtimoiy guruhlar). Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarning oʻz siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati J.dagi oʻrnatilgan siyosiy munosabatlar asosida oʻz siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi (qarang Jamiyatning siyosiy tizimi). Maʼnaviy sohada kishilar turli maʼnaviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va Jamiyatning turli qatlamlari tomonidan oʻzlashtiriladi. Bu soxaga adabiyot, sanʼat, musiqa asarlari bilan bir qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy meʼyor va umuman olganda, Jamiyathayotining maʼnaviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi (qarang Maʼnaviyat). Hozir Oʻzbekistonda Jamiyat taraqqiyotining eng asosiy muammosi insonlarning , ayniqsa yosh avlodning maʼnaviy dunyosini shakllantirish va boyitish, ularni istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash, oʻzbek xalqining boy madaniy va maʼnaviy merosi, qadriyatlari, anʼanalari va urf-odatlarini egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdir. Oʻzbekistonda fuqarolik, huquqiy, demokratik, dunyoviy J. barpo etilmoqda. Davlat jamiyatning oliy siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatiladi. Davlat mamlakat chegaralarini himoya qiladi, boshqa mamlakatlar bilan aloqada boʻladi, qonunchilik bilan shugʻullanadi va hokazo. Davlat — mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma. D. jamiyatni oʻz qonun-qoidalariga koʻra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. D. toʻgʻrisidagi nazariya huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. D. va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjud. D. masalasi haqidagi qarashlar, taʼlimotlar. D. hokimiyati hamda huquqiy xayot hodisalari hamma zamonlarda alohida dolzarblik kasb etib kelgan. D. toʻgʻrisidagi ilk tushuncha va qarashlar mil. av. taxminan 4—3-mingyilliklarda Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda paydo boʻlgan. Ular asosan diniy-mifologik harakterda edi. Avesto taʼlimotiga koʻra, hokimiyat, haqiqat, adolatlilik 3 axloqiy-huquqiy asosga: ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amalga tayanadi. D.ning vazifasi yovuzlikka qar-shi yaxshilik, tinchlik va insonlarning baxtlisaodatli hayotini taʼminlashdir. Islom dini taʼlimoti boʻyicha, Allohnpng oʻzi oliy qonun sohibi. Uning talablari, koʻrsatmalari pay-gʻambarlar orqali insonlarga yetkaziladi. D. boshliqlari — podsholar, xonlar xudoning yerdagi soyasi, vakili hisoblanadi. Jamiyat - kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo`lib, o`z tuzilishi jihatidan murakkab tizimni tashkil qiladi. Jamiyatimiz sotsial tizimining muayyan konkrеt shakli sifatida, uning funktsional va rivojlanish qonuniyatini, har bir bo`lakchalarning o`ziga xos tomonlarini, o`zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan o`rganib, to`g`ri boshqarish muhim ahamiyatga ega. Chunki, o`z vaqtida kеyingi oqibati o`ylanmagan, oldindan sotsiologik asosda tahlil qilinmagan va oldi olinmagan nuqsonlar jamiyat taraqqiyotida salbiy asoratlar qoldiradi. Sotsiologiya tarixida jamiyat – o`z ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida tushunilgan. Shu bilan birga, jamiyat ayrim ijtimoiy birlikgina emas, balki ijtimoiy munosabatlar majmuasi hamdir. Sotsiologiya jamiyat to`g`risidagi ta'limot bo`lib, ijtimoiy tizimlar rivojlanishi va funktsional qonunyatlar, harakatlantiruvchi kuchlarni o`rganuvchi fan hamdir. U turli ijtimoiy hodisalar, jamiyat va tabiat o`rtasidagi aloqadorlikni, shuningdеk, shaxs, kishilarning ijtimoiy xulqi, uning elеmеntlari va rivojlanish qonuniyatlarini o`rganadi. Hozirgacha jamiyat hayotini sotsiologik jihatdan tadqiq qilish asosan, ikki yo`nalishda rivojlanib kеldi. Birinchi yo`nalish O.Kontdan frantsuz sotsiologi E.Dyurkgеym orqali rivojlantirilgan amеrikalik sotsiolog T.Parsonslarning sotsiologik ta'limotlarini o`z ichiga oladi. Bu yo`nalishda ijtimoiy tizim o`zgarishi tashqi kuchlar ta'siri orqali tushuntirilib, ko`proq psixologik omillarga e'tibor bеrilgan. Farobiy Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari faylasuflari orasida birinchi boʻlib, jamiyatning kelib chiqishi, uning maqsad va vazifalari haqidagi taʼlimotni ishlab chikdi. Oʻrta asr sharoitida jamiyat tabiiy ravishda kelib chiqqanligini, inson faqat boshqalar yordamida hayot qiyinchiliklariga qarshi kurasha olishi mumkinligini asoslab berdi. "Har bir inson, — deydi F., — oʻz tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun koʻp narsalarga muhtoj boʻladi, u bir oʻzi bunday narsalarni qoʻlga kirita olmaydi, ularga ega boʻlish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tugʻiladi... Bunday jamoa aʼzolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur boʻlgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun insonlar koʻpaydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga oʻrnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi". Shaharlar, uning fikricha, insonlarning jamoa boʻlib uyushishining oliy shakli boʻlib, unda insoniy barkamol boʻlib yetishishi uchun zaruriy sharoitlar boʻladi. F. insonlar tabiiy ehtiyoj natijasida oʻzaro birlashib, jamoani tashkil qilganligini alohida taʼkidlaydi. Farobiy ulugʻ gumanist, insonparvar faylasuf sifatida inson qadrqimmatini kamsituvchi va oʻzga mamlakatlarni bosib olishga asoslangan jamiyatga qarshi chiqadi. Mutafakkir odamlarni tinchtotuv va oʻzaro hamkorlikda yashashga, insonparvar boʻlishga daʼvat etadi. "Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlangʻich asos insoniylikdir, shuning uchun odamlar insoniyat turkumiga kirganliklari uchun oʻzaro tinchlikda yashamoklari lozim", — deydi mutafakkir. Farobiyning eʼtiborga sazovor fikrlaridan biri jamiyat taraqqiyotida geografik muhitning oʻrni masalasidir. Uning oʻylashicha, kishilarning muayyan qududda yashashi ularning turmush tarzi, urfodatlari, axloqi, xulqodobiga taʼsir koʻrsatadi, jamoaga birlashuviga yordam beradi. U mukammal jamiyat toʻgʻrisidagi taʼlimotida odamlarni turli guruhlarga ajratadi. Bunda u insonlarni qaysi dinga eʼtiqod qilishiga, irqiga qarab emas, balki aqliy qobiliyati, bilimi, ilmfanga qiziqishini inobatga oladi. F. din inson kamolotiga, maʼrifatga xizmat qilishi lozim, degan fikr tarafdori edi. Olimning dunyoqarashi diniy xurofotdan xoli boʻlib, din erkinligiga asoslangan. U islom diniga, Qurʼonga katta hurmat bilan qaradi. Uni kishilarni xulqodobga oʻrgatuvchi manba deb bildi. Ayni vaqtda undan oʻz garazli va shaxsiy manfaatlari yoʻlida foydalanuvchi, jaholatga undovchilarning fikriga qoʻshilmadi. Farobiy shahardavlatlarni fozil va johilga ajratadi. Fozil shahar xalqini baxtsaodatga eltishi, uning boshligʻi esa adolatli, yuksak axloqli va maʼrifatli, oʻzida butun ijobiy xislatlarni toʻplagan boʻlishi lozim. Pekin, shunday shahar yoki mamlakatlar boʻladiki, ularning aholisi nafsga berilgan, butun fikrizikri boylik toʻplash boʻladi. F. bunday shaharlarni johil shaharlar deb ataydi. Johil shaharlarning boshliqlari ham faqat boylik toʻplashga ruju qoʻygan boʻladi. "Ulardan chiqqan rahbar ham, — deb taʼkidlaydi alloma, — rahbarlikni moldunyo koʻpaytirishda deb biladi. Shuning uchun ham ular ertayukech moldunyo toʻplash harakatida boʻladi. Bunday rahbarlarning qoʻl ostida boʻlgan shahar xalqida har turli buzuq odatlar, shahvoniy nafs, bir-birini koʻrolmaslik, bir-birini talash, dushmanlik, nizojanjallar paydo boʻladi". F.ning yozishicha, haqiqiy baxtga erishish uchun harakat qiluvchi, oʻzaro yordam qiluvchi, xalqini birlashtirgan shahar — fozil shahar hisoblanadi. Baxtga erishish maqsadida oʻzaro yordam bergan va birlashgan kishilar fazilatli jamoa boʻladi. F. fikriga koʻra, davlatni idora etuvchi shaxs oʻzining fazilat va xulqodobi bilan ajralib turishi, xususan u 6 ta xislatni egallagan boʻlishi; yaʼni adolatli va dono boʻlishi, boshqalarga gʻamxoʻrlik qilishi, qonunlarga toʻla rioya etishi va qonunlarni yarata olishi, kelgusini oldindan koʻra bilishi kerak. F.ning talqinicha, fozil shaharlar yuqori madaniyatli boʻladi. Unda yashaydigan xalq oʻzi istagan kasbhunarni egallaydi. Bunday jamiyatda toʻla erkinlik va teng huquklik hukm suradi. F.ning fozil jamoa haqidagi taʼlimoti uning axloqiy kamolot va baxtsaodatga erishuv hamda insonparvarlik gʻoyalari bilan chambarchas bogʻliqdir. U oʻzining ijtimoiyfalsafiy, siyosiy va axloqiy qarashlari markaziga insonni, uning maqsad muddaolarini oʻrganishni, axloqiy kamolot va baxtsaodatga erishuv yoʻllarini koʻrsatishni qoʻyadi. Axloqiy kamolot deganda, xayrehsonli ishlar, goʻzal insoniy fazilatlarni tushunadi. Axloqiy kamolotga xalakit beruvchi salbiy xislatlarga dangasalik, bekorchilik, bilimsizlik, ongsizlik, kasbhunarsizlikni kiritadi. F. akl, ilm va maʼrifatni baxtsaodatga erishishning asosiy vositasi deb bildi. Download 32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling