Jamiyat tushunchasi


Kishilik jamiyatining paydo bo’lishida urug’-qabila shakllari


Download 30.09 Kb.
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi30.09 Kb.
#1149388
1   2   3   4
Bog'liq
Jamiyat tushunchasi.

Kishilik jamiyatining paydo bo’lishida urug’-qabila shakllari.
Kishilik jamiyati taraqqiyotidagi eng uzoq vaqt, hozirgi zamon fani ma’lumotlariga qaraganda, ikki million yildan ortiq vaqt hukm surgan ibtidoiy jamoa tuzumi odamzodning paydo bo’lishidan to davlatning tashkil topishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib, bu vaqtda hali davlat va huquq bo’lmagan edi. Bu davr ibtidoiy jamiyat deb nomlangan. Lekin davlat va huquqning paydo bo’lish jarayoni aynan shu davrdan asta-sekin shakllana boshlangan.
Jamiyatning asosiy bo’g’ini va uni boshqarishning birlamchi shakli urug’ bo’lib, unda ishlab chiqarish urug’ a’zolarining birgalikdagi mehnatiga asoslangan va ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari, iste’mol mahsulotlari  hamda barcha mulklar umumiy bo’lgan.
Urug’ bu ekzogamiya nikoh tartibi va qarindoshlikning bir tomonlama (ota yoki ona tomonidan) hisoblanishi bilan, jamoaviy mehnat, hududning umumiyligi, e’tiqodning birligi,ijtimoiy hayotdagi demokratik talab tartiblari bilan ta’riflanadi..
Neolit inqilobi iste’molchilar jamoasini ishlab chiqaruvchilar jamoasiga aylantirdi. Ularni o’troq turmush tarziga o’tishga va ma’lum hududda joylashishga tayyorladi. Urug’ jamoasida mehnat taqsimoti, oziq - ovqat taqsimoti va nikoh-oila munosabatlari aniq va qat’iy belgilab qo’yilgan edi. Taqsimot odamlarning yoshiga, jinsiga va boshqa belgilariga ko’ra amalga oshirilar edi. Urug’ jamoasiga urug’ oqsoqollari boshchilik qilardi. Ular jamoaning yaxshi yashashi uchun sharoitlar yaratish, manfaatlarini himoya qilish, o’lja qilib olingan mahsulotlarni taqsimlash bilan shug’ullangan. O’ziga yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli ado etgan rahbarlarning jamoa ichida obro’-e’tibori ortib borgan.
Urug’chilik tuzumida hokimiyat urug’ jamoasiga tegishli edi. Birgalikda hayot kechirishning hamma masalalari: ishlab chiqarish faoliyati, urush olib borish, diniy marosimlar o’tkazish, kishilar o’rtasidagi nizolarni hal qilish va boshqa jamoa ishlari urug’ a’zolarining umumiy yig’ilishida qarab chiqilar va hal etilardi. Urug’ a’zolarning majlisi (umumiy yig’ilishi) uning oliy hokimiyat organi edi.
Oqsoqollar va harbiy boshliqlar hech qanday imtiyozlardan foydalanmasdilar, alohida boshqarish yoki majbur etish apparatlariga ega emas edilar va ularning qo’llaridagi hokimiyat birdan-bir shaxsiy ma’naviy obro’lariga hamda barcha urug’ a’zolarining ularga bo’lgan hurmatiga tayanardi. Jamoa yig’inida urug’ oqsoqoli yoki harbiy boshliq, ya’ni barcha ijtimoiy ishlarni boshqaruvchi saylanardi. Urug’ oqsoqollari va harbiy boshliqlar istalgan vaqtda umumiy yig’ilish tomonidan almashtirilishi mumkin bo’lgan. Ular o’z funksiyalarini urug’ning nazorati ostida amalga oshirganlar. Urug’ yig’ilishining qarori uning hamma a’zolari uchun majburiy bo’lgan. Oqsoqolning o’zi ham boshqa jamoa a’zolari kabi jamoa an’analarini, urf-odatlarini, yurish-turish qoidalarini so’zsiz bajarishi lozim edi. Aks holda, u o’z o’rnini boshqasiga bo’shatishga majbur bo’lar edi, ya’ni uning o’rniga boshqasi saylanar edi.
Urug’ jamoasida ibodat qilish va u bilan bog’liq urf-odatlar, diniy marosimlar, an’analar va ahloq qoidalari yuzaga kelgan. Kishilar xulq - atvor va yurish-turish qoidalariga rioya qilganlar. Bordi-yu bu qoidalar buzilsa, uni butun urug’da, uning yig’ilishida muhokama qilar edi. Qoidalarni buzgan kishini izza qilish, unga tanbeh berish, ogohlantirish, urug’dan quvib yuborish kabi jamoat ta’sir choralari qo’llanilgan.

Download 30.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling