Jamiyat va shaxs munosabatlari
Download 426.24 Kb.
|
shaxs va madiyat
Jamiyat qonunlarini ham eng umumiy, umumiy va xususiy (juz’iy) qonunlar tipologiyasiga ajratish mumkin. Falsafa qonunlari va kategoriyalarida ỹz ifodasini topgan ỹzaro aloqadorliklar, bog‘lanishlar ijtimoiy hayotda ham namoyon bỹladi. Binobarin, bu eng umumiy qonunlar, kategoriyalar, tamoyillarni bilish jamiyatni ilmiy boshqarish imkonini tug‘diradi. Insoniyat tarixiy takomilida, sotsial guruxlar, elatlar, millatlar hayotida ỹxshash shart-sharoitlarda birdek amal qiladigan qonunlarni umumiy qonunlar deb atash mumkin. Masalan, moddiy ishlab chiqarish bilan ma’naviy boyliklar yaratish ỹrtasidagi mutanosiblik qonuni bozor munosabatlarining ikki tomoni ỹrtasidagi yoki ehtiyojlar bilan manfaatlar ỹrtasidagi munosabatlarni anglatadi.
Ijtimoiy qonunlar «sof» holda emas, balki «yetakchi mayl» shaklida va «taxminiy» tasnifda namoyon bỹladiki, bu hol jamiyat qonunlarini ỹrganish alohida metodologik ahamiyat kasb etadi. ¥ar bir tarihiy davrda yetilgan ijtimoiy ehtiyojlarni anglash, bu ehtiyojlarni qondirishdan manfaatdor kuchlarni birlashtirish uchun ana shu «yetakchi mayllar»ni anglab yetgan, uning harakat yỹnalishlariga monand odamlar faoliyatini aniq maqsadlar sari yỹnaltirishga qobiliyatli tarixiy shaxslar, ularning g‘oyalarini amalga oshirishga kamarbasta bỹlishga uyushgan siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar kerak bỹladi.
Download 426.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling