Fizika fani haqida. Moddiy nuqtaning to’g’ri chiziqli harakati
Download 0.65 Mb.
|
Fizika fani haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish so’zi
Fizika fani haqida. Moddiy nuqtaning to’g’ri chiziqli harakati Reja:
Kirish. Fizikaning rivojlanish tarixidan ma’lumotlar. Fizika fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Fizik kattaliklar va ularning o’lcham birligi. Mexanikaviy harakat. Materiya, moddiy nuqta, vaqt, fazo tushunchasi, sanoq sistemasi. Moddiy nuqta kinematikasi: tezlik, tezlanish va yo’l. Moddiy nuqtaning to’g’ri chiziqli ha’rakati. Kirish so’zi Ma’lumki, Fizikani o’qitishdan ikki hil maqsad ko’zlanadi: tabiatning fundamental qonunlarini ilmiy asosda tushuntirish, o’quvchilarning ilmiy dunyoqarash va falsafiy mulohaza yuritish qobiliyatlarini rivojlantirish, tehnikada va turmushda foydalanilayotgan uskuna va vositalarning ishlash printsipi asosida yotuvchi fizik jarayonlar haqida tasavvurlarni shakllantirish; ta’lim olishni davom ettirish, bilimlarini chuqurlashtirish va ilmiy izlanishlarini davom ettirish uchun mustahkam zamin yaratish. Fizika tabiat hodisalarining eng sodda va shu bilan birga eng umumiy qonunlarini, materiyaning hossalari, tuzilishi va uning harakat qonunlarini o’rganadigan fandir. Fizika so’zi yunoncha «phusis»-tabiat so’zidan olingan bo’lib, uning qonunlari barcha tabiatshunoslik bilimlarining asosida yotadi. shuning uchun ham uni uzoq vaqt tabiat falsafasi ham deb ataganlar. Tajribaviy materiallarning ko’payishi, ularning ilmiy umumlashtirilishi va tekshirish usullarining takomillashtirilishi natijasida, tabiat falsafasidan- astronomiya, himiya, biologiya, geologiya va boshqa tabiiy fanlar, jumladan fizika ham ajralib chiqqan. sHuning uchun ham fizikaning boshqa tabiiy fanlar bilan chegarasi shartli bo’lib vaqt o’tishi bilan, o’zgarib boradi. Inson bilimining chuqurlashuvi bu fanlar orasida yanada chambarchas bog’lanish mavjudligini ko’rsatdi. Buning natijasi sifatida esa –astrofizika, fizikaviy himiya, biofizika, geofizika kabi fanlar vujudga keladi. Fizikaning qonunlari ma’lumotlarga asoslangan bo’lib, asosan tajribalarda o’rnatilgan va matematik tilda ifodalangan miqdoriy tenglamalardan iboratdir. shu sababli, u aniq fanlar qatoriga kiradi. O’rganiladigan material harakatlari, shakllari va ob’ektlarning ko’p qirraliligiga asosan fizika bir qator qismlarga bo’linadi: Atom va molekulyar fizika; Gaz va suyuqliklar fizikasi; Qattiq jismlar fizikasi; Plazma fizikasi; Elementar zarrachalar fizikasi; Yadro fizikasi. Materiyaning harakat turlariga qarab fizika quyidagi bo’limlarga bo’linadi: Moddiy nuqta va qattiq jismlar mexanikasi; Termodinamika va statistika; Elektrodinamika; Optika; Gravitatsiya; Kvant mexanikasi; Maydonning kvant nazariyasi; Tebranish va to’lqinlar; Amaliy optika. Fizikaning rivojlanishi ishlab chiqarishning tehnikaviy darajasiga tasir ko’rsatadi. Fizikada kashfiyotlar amalga oshirilgandan so’ng, ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish bilan shug’ullanuvchi mutahassislar maydonga chiqishadi va fizika bilan chambarchas bog’langan yangi fanlar vujudga keladi. XIX asrning ohiri va XX asrning boshida elektromagnit hodisalarga bog’liq ko’plab jarayonlar, kashf etildi. L.Galvani (1737-1798) va A.Volta (1745-1827) lar tomonidan tok manbalari-galvanik elementlarining, M.Faradey (1791-1867) tomonidan elektromagnit induktsiya hodisasining, A Popov(1857-1906) tomonidan radioning kashf qilinishi, nemis fizigi G.Gerts (1857-1894) tomonidan elektromagnit to’lqinlar mavjudligining isbotlanishi elektrotehnika, radiotehnikaning rivojlanishiga olib keldi. Shuningdek atom va yadro fizikasi sohasidagi kashfiyotlar atom energiyasidan foydalanish imkoniyatlarini yaratdi. Hozirgi paytda ko’plab atom elektr stantsiyalari, atom energiyasida ishlovchi muzyorar va suv osti kemalari ishlab turibdi. Yarim o’tkazgichlarning kashf qilinishi radio va elektron hisoblash tehnikasida inqilobiy o’zgarishlarni amalga oshirdi. Zamonaviy televizorlar, magnitafonlar, kompyuterlar va boshqa vositalarning yaratilishiga asos bo’lib hizmat qildi. Kosmosning o’zlashtirilishi va undan amalda foydalanish esa dunyoning istalgan chekkasidan uzatilayotgan radio va televizion eshittirishlarni qabul qilish, simsiz so’zlashuv vositalarini yaratish imkonini vujudga keltirdi. Yarim o’tkazgichli foto elementlarning yaratilishi suniy yo’ldoshlarni energiya bilan taminlashga, qo’yosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirib ekologik toza energiya olishga imkon yaratdi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling