Fizika fani haqida. Moddiy nuqtaning to’g’ri chiziqli harakati
Fizik kattaliklar. Birliklar sistemasi
Download 0.65 Mb.
|
Fizika fani haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’shimcha birliklar
Fizik kattaliklar. Birliklar sistemasi.
Fizikaviy qonunlar fizik kattaliklar orasidagi ma’lum munosabatlar vositasida ifodalanadi. Fizik kattalik deb- miqdor jihatdan har bir fizik ob’ekt uchun hususiy, lekin sifat jihatdan ko’plab ob’ektlar uchun umumiy bo’lgan va bu ob’ektlarning biror hossasini ifodalovchi kattalikka aytiladi. Fizik kattalikni ham miqdor, ham sifat jihatdan to’la ifodalaydigan kattalikka uning haqiqiy qiymati deyiladi. Fizik kattaliklar sistemasi asosiy va hosilaviy kattaliklardan iboratdir. Asosiy fizik kattaliklar ettita bo’lib, ularning uchtasi moddiy dunyoning asosiy hossalarini ifodalovchi: uzunlik, massa, vaqt kabi birliklardir. Qolgan to’rttasi esa fizikaning biror bo’limidan olingan. Bunday kattaliklar: tok kuchi, termodinamik harorat, modda miqdori va yorug’lik kuchidir. Fizik kattalikning son qiymati, uning kattaligini ko’rsatuvchi son bo’lib, tanlangan birlikka bog’liqdir. Fizik kattalikning birligi deb, har bir fizik kattaliklarni miqdoriy ifodalash uchun qullaniladigan, shartli ravishda son qiymati birga teng deb belgilangan o’lchamli fizik kattalikka aytiladi. Odatda birlik kattalikning belgisi yordamida quyidagicha ko’rsatiladi: va hokazo. Fizik kattalikning birligi, shu fizik kattalikning o’ziday kattalikdir. Fizik kattaliklarning asosiy va hosilaviy birliklarining to’plami birliklar sistemasini tashkil kiladi. Fizik kattaliklarning halqaro birliklar sistemasi (sI-sistema international o’zbekcha «sI») 1960 yilda o’lchov va tarozilar bo’yicha bosh konferentsiyada qabul qilingan bo’lib, ettita asosiy –metr, kilogramm, sekund, ampir, kel’vin, mol, kandela- va ikkita qo’shimcha-radian va steradianalardan tuzilgan. Metr (m) – yorug’likning bo’shlikda 1g’299792458 s da o’tadigan yo’lining uzunligi; Kilogramm (kg)- kilogrammning halqaro timsolining massasiga teng massa. Parij yaqinidagi sevr shahrida ulchov va tarozilar halkaro byurosida saqlanayotgan platina-iridiy kotishmasining massasi); Sekund (s) –tseziy-133 atomi asosiy holatining ikkita o’ta nozik sathlari orasidagi o’tishga mos keluvchi nurlanish davrining 9192631770 tasiga teng bulgan vaqt. Kelvin (K)-suv uchlamchi nuqtasi termodinamik haroratining 273,15 dan bir qismiga teng harorat birligi; Amper (A) – bo’shlikda bir- biridan 1 m masofada, joylashgan, ko’ndalang kesim yuzasi juda kichik bo’lgan, ikkita parallel, to’g’ri cheksiz uzun o’tkazgichlardan o’tganida bu o’tkazgichlar orasida ular uzunligining har bir metriga 2·10-7 N o’zaro ta’sir kuchi vujudga keltiradigan o’zgarmas tok kuchidir. Mol (mol) –tarkibiy elementlari, 0,012 kg massali 12C uglerodda mavjud bo’lgan tarkibiy elementlarga teng, sistemaning modda miqdori; Kandela (kd) –540·1012 Gts chastotali monohromatik nurlanish chiqaradigan manbaning, energetik kuchi 1g’683 Vtg’sr bo’lgan yo’nalishdagi yoruglik kuchi; Qo’shimcha birliklar Radian (rad) –qarshisidagi yoyinig uzunligi aylananing radiusiga teng bo’lgan ikkita aylana radiusi orasidagi burchak; Steradian (sr) –sfera sirtidan, tomoni sfera radiusidek bo’lgan kvadratning yuzasiga teng yuzani ajratuvchi, uchi sfera markazida bo’lgan fazoviy burchak. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling