Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning dolzarbligi


Download 27.71 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi27.71 Kb.
#249833
Bog'liq
JAMIYATDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISHNING DOLZARBLIGI


JAMIYATDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISHNING DOLZARBLIGI.
Abbasova Dildora

Namangan viloyati Chust tumani 66 umumiy o’rta ta’lim maktabi huquq fani o’qituvchisi



Annotatsiya

Ushbu maqola jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish haqida ma’lumot berilgan.Shuningdek, ushbu nazariyalar yuzasidan ayrim huquqiy ma’lumotlar keltirilgan.



Kalit so’zlar: Huquqiy davlat, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy savodxonlik, ”Harakatlar strategiyasi”, qonun ustuvorligi.
Bugungi davlatimizning strategik maqsadi qilib qo’yilgan har tomonlama rivojlangan, erkin va farovon, qonun ustuvor bo’lgan, zamonaviy demokratik davlatlar qatoriga qo’shilish uchun yurtimizda barcha sohalarida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, huhuq sohasida so’nggi yillarda islohotlarning yangi davri boshlandi.davlat va jamiyatning rivojlanishini belgilaydigan bir qator omillar bor, bular:

- rivojlangan jamiyat a’zolarining, davlat fuqarolarining ijtimoiy-siyosiy faolligi yuksak bo’lishi kerak;

-huquqiy ong, huquqiy madaniyati, huquqiy savodxonlik darajasi baland bo’lishi kerak;

-ularning o’sha jamiyatdagi islohotlarga nisbatan daxldorlik tuyg’usi bor bo’lishi talab etiladi.

To’g’risini aytadigan bo’lsak, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy savodxonlik haqida gap ketganda ko’pchiligimizning hayolimizga faqat qonunlarni bilish va xabardorlik darajasi keladi.Aslida bu tushunchalar juda keng ma’no – mazmun kasb etadi.

Huquqoy ong – jamoatchilik ongining bir sohasi bo’lib, unda bilimlar, mulohazalar, baholar, odamlarning huquqiy munosabati shakllanadi.Huquqiy ong qanchalik yuqori bo’lsa, huquqiy madaniyat darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Huquqiy madaniyat deganda, jamiyatning qonunchilik darajasi, mavjud qonunlardan aholining xabardorlik darajasi, xalqning huquq normalariga rioya qilishi va ularni bajarmagan shaxslarga nisbatan murosasiz bo’lishi tushuniladi.

Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi e’lon qilindi.Strategiyaning ikkinchi yo’nalishi:”Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish’’.1 Qonun ustuvorligini ta’minlash uchun avvalo aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish zarur.

Huquqshunos olimlar Sh.O’razayev, M.Qoriyevlar huquqiy madaniyat huquqiy bilimlarni egallash, huquqiy me’yorlarning amaliyotda o’z isbotini topishi hamda boshqa mualliflardan farqli ravishda huquqning obro’si va qonunning ijtimoiy hayotdagi o’rni bilan belgilanishini qayd etib o’tadilar: Huquqiy madaniyat tushunchasi- huquqning rivojlanish darajasi, aholining huquq haqidagi tushunchasi, qonunchilikning ahvoli, huquqning obro’si va shu singari unsurlardan tashkil topadi ”.2

O’zbekiston respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi PF-5618-son Farmoni keng jamoatchilikning huquqiy ongi huquqiy madaniyati, huquqiy savodxonlik darajasi yuksalishida amaliy ahamiyat kasb etadi. Ushbu farmonning 10-bandida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda :

2019/2020 o/quv yilidan boshlab ta’lim muassasalarida o’quvchi va talabalarning huquqiy bilimlari uzluksiz va tizimli oshirib borilishini ta’minlash mexanizmini joriy etish , shuningdek, o’quvchi va talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan o’quv dasturlarini tubdan qayta ko’rib chiqilishini ta’minlash;

Yosh avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo’yicha ta’lim muassasalarining huquqni muhofaza qilish qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishning samarali mexanizmlarini kengaytirish choralarini ko’rish kabi jiddiy vazifalar yuklatildi.

“Jamiyat va davlat ijtimoiy faol va qonunga itoatkor fuqarolarni tarbiyalashdan manfaatdordir. Huquqiy ta’limning maqsadi har bir kishiga amaliy faoliyatda zarur bo’ladigan huquqiy bilimlarni belgilangan davlat standartlaridan kam bo;lmagan hajmda olish imkoniyatini berishdan iboratdir”.3

Bundan kelib chiqadiki huquqiy ta’lim va tarbiya o’zaro bog’liq bo’lib, shaxs huquqiy madaniyatini va huquqiy ongini shakllantirish garovi hisoblanadi. Huquqiy tarbiya o’quvchilar o’rtasida fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda o’ziga xos o’rin tutadi.

Zero, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ta’biri bin aytganda, “Biz jamiyatimizda shunday huquqiy madaniyatni shakillantirishimiz kerakki, unga muvofiq Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish, boshqalarning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish majburiyat emas, balki kundalik qoida va odatga aylanishi shart”.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



  1. Mirziyoyev Sh. M. Harakatlar strategiyasi 2017-2021.-Toshkent, O’zbekiston, 2017.- 5-6-b.

  2. Mirziyoyev Sh. M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent, O’zbekiston, 2017.-48-b.

  3. Mahmudov R. Huquq va madaniyat g’Z.Zaripov tahriri ostida.- Toshkent, O’zbekiston, 1993.-56-b.

  4. Tadjixanov U., Saidov a. Huquqiy madaniyat nazariyasi. 2-tom. Toshkent, O’zbekiston Respublikasi Akademiyasi IIV, 1998,-182-b

  5. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1997 ,9-son 227-m.



1Mirziyoyev Sh.M. Harakatlar strategiyasi 2017 – 2021. – Toshkent,O’zbekiston, 2017 yil 7 fevral – 5-6-bet

2Mahmudov R. Huquq va madaniyat g’ Z.S. Zaripov tahriri ostida. – Toshkent , O’zbekiston, 1993.-56-bet.

3O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y.,9-son, 227-modda

Download 27.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling