Jamiyati asoslarining shakllantirilishi, amalga oshirilgan siyosiy o‘zgarishlar Reja


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi


Download 191.5 Kb.
bet3/13
Sana09.03.2023
Hajmi191.5 Kb.
#1255079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4-mavzu

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning strukturasi va funksiyalari. 1990-yil 15-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq ravishda O‘zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo‘ldi. Respublikada vitse-prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi. 1992-yil 4-yanvarda vitse-prezident lavozimi tugatildi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga vitse-prezident vakolatlari berildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining XX bobida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi, uning tashkil etilishi, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va vakolatlari belgilab qo‘yildi. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining 1993-yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi (yangi tahriri 2003-yil) Qonuni asosida olib boradi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining hukumati Oliy Majlisning qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bajarilishiga rahbarlikni ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organidir.
Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida Bosh vazir va uning o‘rinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining Rayosati faoliyat ko‘rsatadi. 2003-yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89-moddasining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi» degan ikkinchi qismi olib tashlandi. Shundan keyin O‘zbekiston hukumati – Vazirlar Mahkamasiga Bosh vazir rahbarlik qiladigan bo’ldi. Vazirlar Mahkamasi tarkibida Rais lavozimi bo‘lmaydigan bo‘ldi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari nomzodlari avval Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining boshqa a’zolari esa Bosh vazirning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Hozirda Vazirlar Mahkamasining tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirlari, davlat qo‘mitalarining raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi kiradi.
O‘zbekistonda Bosh vazir maqomiga teng Vitse-prezidentlik lavozimida Shukrullo Mirsaidov (1990–1992), Bosh vazir lavozimida Abdulhoshim Mutalov (1992–1995), Oʻtkir Sultonov (1995–2003), Shavkat Mirziyoyev (2003–2016)lar faoliyat yuritgan. 2016-yil 14-dekabrdan Abdulla Aripov Bosh vazir etib tasdiqlangan.
Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident Bosh vazir Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Bosh vazir o‘rinbosarlari Vazirlar Davlat qo‘mitalari raislari Davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari rahbarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi



Download 191.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling