Jamiyati asoslarining shakllantirilishi, amalga oshirilgan siyosiy o‘zgarishlar Reja


Download 191.5 Kb.
bet4/13
Sana09.03.2023
Hajmi191.5 Kb.
#1255079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4-mavzu

Sud hokimiyati. Sud hokimiyati – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106-moddasiga ko‘ra, O‘z-bekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. Mustaqillikning dastlabki yillarida sud hokimiyati sohasida ham islohotlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 2000-yilda qabul qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuni (yangi tahrirda) sud islohotlarining huquqiy asosidir. Sud tizimidagi islohotlarni ikki davrga bo‘lish mumkin. 1) 1991–2016-yillar; 2) 2017-yildan keyingi davr. Dastlabki davrda O‘zbekiston Respublikasi sud tizimiga besh yil muddatga saylanadigan quyidagi sudlar kirgan:
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi;
- O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi;
- O‘zbekiston Respublikasining Oliy xo‘jalik sudi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi;
- fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari;
- fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;
- viloyatlar va Toshkent shahrining xo‘jalik sudlari;
- harbiy sudlar.
Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. Sudlarning alohida hokimiyat sifatida belgilanishidan maqsad O‘zbekiston Respublikasida shaxs huquqi va erkinliklarining xolis organ sifatida faqat sud orqali ta’minlanishiga erishish va sudni avvalgi jazolovchi organdan shaxs huquq va erkinliklarini to‘laqonli himoya qila oladigan organga aylantirishdir. Sudlar sud qarorini ijro etish kabi o‘zlariga tegishli bo‘lmagan vazifalardan ozod etildi. 2008-yil 1-yanvardan mamlakatda o‘lim jazosi bekor qilindi, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudlarga o‘tkazildi. Mamlakatimizda jinoiy jazolashning insonparvar huquqiy tizimi tashkil etildi. Islohotlar ikkinchi davrining asosiy xususiyati Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 21-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni asosida amalga oshirilmoqda.
Mazkur farmon asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar shtat birliklari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga o‘tkazildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, sudyalik lavozimiga tayinlash (saylash) muddatlariga qat’iy aniqlik kiritildi. Ya’ni sudyalik lavozimiga birinchi marotaba tayinlash besh yilga, ikkinchi marotaba – o‘n yil, keyingisida muddatsiz tayinlanish (saylanish) imkoni yaratildi. Bu sudyalarning yoshi, malakasi, kasb mahoratini inobatga olgan holda uzoqroq muddatga faoliyat ko‘rsatishini kafolatlaydi.

Download 191.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling