Jamiyatni axborotlashtirish jarayonidagi 5 asosiy yo’nalishni ko’rsatish mumkin


Download 24.81 Kb.
bet1/4
Sana15.10.2023
Hajmi24.81 Kb.
#1704146
  1   2   3   4
Bog'liq
5-mavzu. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini ta’limiy maqsadlarda samarali va havfsiz ishlatishning pedagogik va ergonomik shart-sharoitlari


2.2. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini ta’limiy maqsadlarda samarali va havfsiz ishlatishning pedagogik va ergonomik shart-sharoitlari
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotni iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektualllashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyatning boyligi sifatida qo’llash jarayoni tushuniladi.
Darhaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish – inson hayotining barcha jabhalarida intellektual faoliyatning va rolini oshirish bilan bog’liq ob’ektiv jarayon hisoblanadi.
Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishi, ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishi, iqtisodning o’sishi, fan-texnika taraqqiyotining jadallashishi uchun xizmat qiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonidagi 5 asosiy yo’nalishni ko’rsatish mumkin:

  1. Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.

  2. Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash ishlari va ishlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirish.

  3. Tashkiliy-iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.

  4. Aholiga xizmat ko’rsatish sohasini axborotlashtirish.

  5. Ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.

Har qanday fan borliqning ba’zi tushunchalarini umumlashgan, bir-biriga bog’langan holda o’rganadi. Masalan, fizika tabiatdagi voqealar, hodisalar, ularning kelib chiqish shart-sharoitlari, ulardan inson hayotida foydalanish kabilarni o’rganadi. Fizikani o’rganishda turli usul va uslublardan foydalaniladi. Fizikada bilishning asosini nazariy bilim va o’zlashtirilgan bilimni amaliyotda tekshirish tashkil etadi. Har ikkala holda ham materialni o’zlashtirishda ma’lum darajadagi axborotlar majmui o’quvchilar ongiga etkaziladi.
Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni o’zlashtirishda kompyuterlar tizimining yordami benihoya kattadir. Axborotlar qanday turda ifodalanishidan qa’tiy nazar, ularni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:
Jamiyatni axborotlashtirish – davlat uchun qimmatga tushadi. Lekin u, kompyuter dasturi qimmatga yaratilib, keyin undan foydalanish ommalashtirilgandan so’ng arzonlashadi.
Ta’limda yangi axborot texnologiyalaridan fanlarni o’qitish va o’quvchilar egallagan bilimlarini nazorat qilishda foydalanish mumkin.
Ta’limni avtomatlashtirish:

  • ta’limda axborotlashtirish bo’g’inlarini ta’minlash;

  • bilim berishni avtomatlashtirish;

  • ta’limni avtomatlashtirishning me’yoriy asoslarini yaratish;

  • telekommunikatsiya tarmoqlarini joriy qilish;

  • ta’minot ashëlarini yaratish kabilarni qamrab oladi.

Ta’lim tizimida axborot kommunikatsiya texnologiya(AKT)larni qo’yidagi yo’nalishlarda qo’llash mumkin:
1. XXI asr – axborot kommunikatsion texnologiyalari asridir. Odamzod o’zining yangi rivojlanish bosichiga o’tdi – axborot va axborot jarayonlari inson hayotining asosiy tarkibiy qismidan iborat bo’lgan axborot jamiyat shakllanayapti. Bu rivojlanish nafaqat odamlar yashaydigan yangi axborot muhitni, balki ularning yangi hayot tarzi va kasbiy faoliyati shakllanmoqda.
2. O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi qonunlarda ta’limni sifatini ko’tarish masalasi ko’tarilgan.
Informatikalashtirish ta’lim tizimini isloh qilishning muhim mexanizmidan iborat bo’lib, u ta’limni sifati, tushunarliligi va samaradorligini ko’tarishga qaratilgan.
3. AKT – bu axborotlarni to’plash, qayta ishlash taqdim eti shva uzatishning turli uslub, usul va algoritmlarini tavsiflovchi umumlashtiruvchi tushunchadir.
4. AKT to’rt aspektda qaraladi: o’rganish predmeti, o’qitish texnik vositasi, o’quv faoliyatni avtomatlashtirish-ta’limni boshqarish quroli, ya’ni tizimli yondashuvning paradigmasi sifatida shuningdek ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalaniladi.
O’quv-tarbiya jarayonida kompyuterlar asosan to’rt tartibda: passiv qo’llash – kompyuter oddiy hisoblagich kabi; reaktiv muloqot – kompyuter imtihon oluvchi sifatida; faol muloqot – kompyuter talabaga yo’l-yo’riq berish va imtihon qilishda; interfaol muloqot – kompyuter sun’iy aql sifatida, ya’ni talaba bilan muloqot qilishda foydalaniladi.
Tizimli yondashuv o’quv jarayonini texnologiyalashtirishni ifodalaydi. Bu har bir o’quvchining ish joyi kompyuter bilan jihozlangan bo’lib, o’qituvchining ishchi joyi bilan aloqada bo’ladi. Bunda elektron o’quv qo’llanmalar foydalaniladi, kompyuter yordamida o’qituvchi va o’quvchining interfaol mulqoti amalga oshiriladi, elektron sinf jurnali yuritiladi, o’quv jarayonini elektron monitoringi olib boriladi, o’quvchilarni masofali o’qitish imkoniyati mavjud bo’ladi. Ta’limni avtomatlashtirish uchun: kompyuter, modem, dasturiy ta’minot, matn konstruktorlari, modellar, axborotlar majmui va texnik ko’nikmalar trenajerlari zarur.
5. Birinchidan, o’qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart (an’anaviy) tizimga nisbatan talabada ilmga qiziqishning oshishi, o’quv jarayonini jadallashtirish, talabalar ijodiy faoliyatining o’sishi, bilim berishda tabaqalashgan yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni engillashtirish, talabani o’quv jarayonining sub’ektiga aylantiradi.
Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan o’quv-tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi:

  • muayyan predmetlarni o’qitishda kompyuter darslari;

  • kompyuter darslari - ko’rgazmali material sifatida;

  • talabalarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;

  • talabalarning ilmiy-izlanishlarini tashkillashtirishda;

  • talabalarning o’qishdan bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil qilish masalalarni hal etishda va h.k.

6. O’quv jarayonining texnologiyasi o’qitishning yuqori darajadagi tabaqalashtirilishini ta’minlash; darsda bajariladigan ish hajmini ko’tarish; bilimlarni nazoratini takomillashtirish; ilmiy tadqiqot faoliyati ko’nikmalarini shakllantirish; turli ma’lumotli tizimlarga, elektron kutubxonalarga, boshqa axborot resurslarga kirishni ta’minlash imkoniyatini beradi.
7. Ushbu barcha tashkil etuvchilar hisobiga o’quvchilar bilimining sifati ko’tariladi.
8. O’qituvchi uchun shuningdek, katta imkoniyatlar ochiladi, kompyuter o’ziga o’quvchilar bilimini nazorat qilish funktsiyasini oladi, darsda vaqtni iqtisod qilishga, materialni boy namoyish qilishga, qiyin tushuniladigan onlarni dinamikada ko’rsatishga, qiyinchilik tug’dirgan materiallarni takrorlashga, har bir o’quvchining xususiyatlariga ko’ra darsni tabaqalashtirishga yordam beradi.
9. AKT turli chop etiladigan tarqatma materiallarni (mustaqil, nazorat ishi, individual ishlash uchun didaktik kartochkalar) tayyorlash uchun foydalaniladi; darsni multimedialik tashkil etish (taqdimot, audioyozuvlar, o’quv video roliklar); kompyuterli test sinovli darslar, masalalarning aniq turlarini echish imkoniyatini beradigan qandaydir kompyuter muhiti dasturiy ta’minot bo’ladigan trening yoki modellashtirish darslari.
10. Xonada kompyuter va printerning mavjudligi doskaga yoki kartochkalarga yozishga qaraganda tarqatma materiallarni tezroq va samarali yaratish imkoniyatini beradi. Materiallarni ko’p nushada (har bir o’quvchiga) ko’paytirish va nushalash mumkin bo’ladi.
11. Kompyuterli test sinovli darslar. Test sinovini o’tkazish – bilimlarni nazorat qilish ko’rinishidan biri bo’lib, oxirgi vaqtda zamonaviy maktab va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga jadal kirmoqda. Nazorat dasturlarining yuqori samaradorligi, o’qituvchi-o’quvchi tizimida teskari aloqani mustahkamlashi bilan aniqlanadi. Testli dasturlar ish natijalarini tezlikda baholash, bilimlardagi bo’shliqlar bo’lgan mavzularni aniqlash imkoniyatini beradi. Bu uslub juda dolzarb.
12. Kompyuterni o’qitishning texnik vositalari sifatida namoyish qilish maqsadida foydalanish, eng tarqalgan funktsiyalardan hisoblanadi. Buning uchun, kompyuter, proektor va elektron doska bilan jihozlangan predmet xonasi zarur. Bunda axborot katta ekranda namoyish qilinadi.
13. O’qitishning texnik vositalarini foydalanish muammosi ko’p yillar mobaynida ko’tarilmoqda va ta’lim sohasida amalga oshirilmoqda. Ma’lumki o’quvchilar ko’rgazmali-obrazli fikrlashga egadirlar, shuning uchun, o’qituvchi o’quvchilarga etkazadigan bilimlarni nafaqat so’z, formula, yozuv, suhbat, muloqot ko’rinishida balki ko’rgazmali tasvirlar videoroliklar, grafiklar, illyustratsiyalar qo’rinishida ham etkazishi mumkin. Bir paytlarda o’quv kinofilmlar dars jarayonida keng foydalanilar edi. Shuingdek, O’TV: kodoskop, kinoproektor, epidnaskop, televizor, videomagnitofon, diaproektor, filmoskop va boshqalar foydalanilgan.
Zamonaviy o’quvchilar, psixologlarning gapi bo’yicha, ko’proq axborotni ekrandan, monitordan, proektordan, televizordan dinamik holda yaxshiroq qabul qiladi. Afsuski bolalar juda kam kitob o’qiydilar.
Kompyuter, darsni jonli qiladi va badiylashtiradi. Yangi darajada ko’rgazmalilik tamoyili amaga oshiriladi.
Animatsiya, videotasvir, ovoz o’rganilayotgan hodisani ko’rgazmali qiladi. AKTni darsda foydalanish, o’qituvchi va o’qkuvchi vaqtini ratsional foydalanishga imkoniyat beradi. Iqtisod qilingan vaqtni, axborot hajmini ko’paytirish va mashqlar bajarishga ajratish mumkin.
14. Alohida olingan har bir dars – darslar zanjiridagi bo’limdir.
AKT qo’llangan darsga o’qituvchi reja tuzishni yoddan chiqarmasligi lozim. Materiallarni ajratayotganda didaktikaning asosiy: tizimlilik, ketma-ketlilik, tushunarlilik, tabaqalashtirilgan yondashuv, ilmiylik kabi tamoyillarga rioya etishi lozim. Kompyuter o’qituvchini almashtirmaydi, balki uni to’ldiradi.
AKT qo’llaniladigan darsni ishlab chiqish qo’yidagi bosqichlardan iborat:

Download 24.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling