Jamiyatni axborotlashtirish jarayonidagi 5 asosiy yo’nalishni ko’rsatish mumkin
Download 24.81 Kb.
|
5-mavzu. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini ta’limiy maqsadlarda samarali va havfsiz ishlatishning pedagogik va ergonomik shart-sharoitlari
A) Kontseptual. Bu bosqichda natijaga erishishga qaratilgan didaktik maqsad: bilimlarni shakllantirish, mustahkamlash, umumlashtirish yoki takomillashtirish, ko’nikmalarni shakllantirish, o’zlashtirilganlikni nazorati va sh.k.lar aniqlanadi.
Darsning pedagogik masalalardan kelib chiqqan holda AKT yoki Internet resurslarini foydalanish zarurati asoslanadi. AKTni foydalanishning asosiy maqsadi: ajoyib axborot materiallarini multimedia shaklida (videolavha, model, jadval, chizma) taqdim etish imkoniyati; o’rganiladigan hodisa, jarayonlarni va ob’ektlar orasidagi o’zaro aloqalarni vizuatsiyalashtirish; axborot izlash faoliyatning ko’nikma va malakalarini shakllantirish; o’rganilayotgan ob’ekt, hodisa va jarayonlarni interfaol tartibda tadqiq qilish maqsadida, ular bilan ishlash zarurati; AKT ni qo’shimcha axbort manbaasi sifatida foydalanish. B). Texnologik. Ta’limiy elektron resurslarga didaktik maqsad va uslubiy vazifalari bo’yicha qo’yilgan talablarga ko’ra ta’limiy elektron resusrlarni ko’p omillik tahlil va ajratish amalga oshiriladi. Dars shakli tanlanadi, darsning asosiy tuzulishi ajratiladi. Bu bosichda elektron resurslarni hijjalab tahlil (ishni oxiriga etkazish va modernizatsiyalash) qilinadi, uning ilovasidagi hujjatlari o’rganiladi, ushbu resursni foydalanishning samaradorligi prognoz qilinadi, dars o’tish uslubi aniqlanadi va o’quv jarayonida resurslar bilan asosiy faoliyat ko’rinishlari loyihalashtiriladi. V). Operatsional. Bu bosqichda AKTga yuklatiladigan vazifalar va ularni amalga oshirish usullari bir tomondan o’quvchi va elektron resursning o’zaro ta’sirlarini, ikkinchi tomondan o’qituvchining o’zaro ta’siri hijjalanadi; darsning bosqichma-bosqich rejalashtirish amalga oshiriladi. Bu bosqichlarning har biri uchun: maqsad, bosqich davomiyligi, o’quvchilar faoliyatini tashkil etishning shakli, o’qituvchining vazifalari va uning ushbu bosqichdagi faolitining asosiy ko’rinishlari, oraliq nazorat shakli va boshqalar aniqlanadi. AKT bilan tashkil etilgan darsda quyidagilar etiborga olinishi zarur: sinfning tayyorgarlik darajasi, darsning uslubiy maqsadi, dars turi, o’quvchilarning yangi o’quv faoliyat ko’rinishiga tayyorligi, gigienik talablar. Ta’limda AKTning foydali mezonlarini quyidagicha ifodalash mumkin: u yoki bu o’quv kompyuter texnologiyasi, agarda u o’qitishning natijasini olish, bu texnologiyani qo’llamasdan nimalarni olish mumkin emaslik imkoniyatini ham bersa maqsadga muvofiq deb hisoblash mumkin. 15. Dars maqsadiga ko’ra AKT ni uning barcha bosqichlarida foydalanish mumkin. Download 24.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling