Jamiyatni ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy tizimi


Download 1.87 Mb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi1.87 Mb.
#1012346
1   2   3   4
Bog'liq
Jamiyatning ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy tizim

Agrar jamiyatlarda iqtisodiyot qishloq xo'jaligiga asoslanadi, asosiy sotsial institutlari armiya va cherkovlar (maschitlar) hisoblangan.
Industrial jamiyatlarda iqtisodiyot sanoat va ishlab chiqarishga asoslanadi, asosiy tashkilotlar koorporatsiya va firmalar bo'lib,insonlar intiladigan qadriyat pul hisoblanadi. Jamiyatni mulkdorlar boshqaradi.
Postindustrial jamiyatlarda barcha sohalarda yetakchi kompyuter texnologiyalaridan keng ko'lamda foydalaniladi, asosiy tashkilotlari universitetlar bo'lib,asosiy qadriyat va insonlar intiladigan narsa bilim va malaka hisoblanadi. Jamiyatni ziyoli va yuqori intellektual salohiyatga ega insonlar boshqaradi

Jamiyatning tuzilishi quyidagicha:

  • Totalitar jamiyat (lot. umumiy, butun, jamiki) - avtoritar shakllaridan biri. Jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan yalpi nazorat o'rnatiladi.
  • Avtoritar jamiyat (lot. boshlovchi, asoschi, ijodkor, muallif) -demokratik bo'lmagan siyosiy rejimga asoslangan yoki siyosiy ongning avtoritar shakli. Bu siyosiy hukmronlik qilishning o'ta reaksion davlat tizimi. shaxsning diktatorlik elementlari bilan uyg'unlashib ketadi.
  • Demokratik jamiyat (yunon. xalq hokimiyati) - xalqning hokimiyat manbayi ekanligi, davlat ishlarini hal qilishda qatnashishini bildiradi. Ijtimoiy tuzilma - jamiyatning ijtimoiy asosini tashkil qiladi.

Sotsial o'zaro ta'sir va munosabatlarning birlamchi agenti bo'lib shaxs hisoblanadi. shaxsning kim ekanligini bilish uchun “inson”, “individ”, “shaxs” tushunchalarining chegaralarini aniqlab olish kerak bo'ladi.


“Inson” tushunchasi hamma kishilarga hos bo'lgan umumiy sifat va qobiliyatlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu tushuncha dunyoda inson zoti deb atalmish shunday o'ziga hos tarixiy jamoa mavjudligini anglatadi. Bu insoniyat qolgan hamma moddiy sistemalardan o'ziga hos hayotiy faoliyat usuli bilan farq qiladi. Insoniyat o'ziga hos moddiy reallik sifatida mavjud bo'ladi. Ammo insoniyat
bu kabi yashay olmaydi. Konkret odamlar yashaydi va harakat qiladi. Insoniyatning konkret vakillarining bo'lishi
individ tushunchasi orqali
ifodalanadi.
Individ - bu insoniyatning hamma sotsial va psixologik hususiyatlari: aql, idrok, ehtiyojlar va boshqalarning konkret tashuvchisi, insoniyat urug'ining yagona vakilidir. Bu holatda individ tushunchasi “konkret kishi” ma'nosida ishlatiladi.
Shaxs insonning nisbatan ijtimoiy-tarixiy va ontogenenitik rivojlanishining maxsuli, maxsus insoniy tuzilma. Insonning biologik tabiati uning sotsial dunyosining rivojlanish bazasidir. Insonning ongi ham, insonning ehtiyojlari ham ijtimoiy munosabatlar orqali yaratiladi, bu individning tug'ilganidan boshlanib va to o'limigacha davom etadi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling