Jamiyatning asosiy sohalari Reja


Download 16.95 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi16.95 Kb.
#1635377
Bog'liq
Jamiyatning asosiy sohalari

Jamiyatning asosiy sohalari

Reja:


1. Jamiyat tushunchasi, uning mohiyati, mavjudligi va taraqqiyoti omillari.
2. Taraqqiyotning o’zbek modeli-jamiyat rivojining tadrijiy rivojlanish konsepsiyasi, uning asosiy tamoyillari.


Jamiyat nima? Insoniyat azal-azaldan jamoa bo’lib yashaydi. Yer sayyorasi uning abadiy makoni, umumiy Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat to’siqa g’irgan. Demak, umumbashariy ma’noda jamiyat odamzodning umri, xayoti utgan hamma davri, joy va hududi bilan bog’liq barcha o’zgarish va jarayonlarni ifoda etadi.
Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar xayoti, sivilizasiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qullanadi. Har qanday xolda ham, u umumiy tushuncha bo’lib, ayrim odam va aloxida shaxs jamiyat a’zosi deb ataladi.
Jamiyat—tabiatning bir qismi, ya’ni ijtimoiy borlik bo’lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o’rtasida amal qiladigan juda ko’plab munosabatlar yigindisi, degani turlicha ta’riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi muraqqab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo’ldi. Prezident Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi.
Jamiyat moddiy va ma’naviy omillar birlikidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma’naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar edi. Moddiy xayot tadqiqiga ko’proq e’tibor berilar. Xolbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog’liq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo’lmagani singari, jamiyatning moddiy va ma’naviy jixatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini iqqinchisidan ustun qo’yish mantiqqa ziddir. Prezident Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va ma’naviy manfaatlarini uyg’unlashtirish ijtimoiy taraqqiyot asosi egani ta’kidlangan. Inson ma’naviyatini yo’qsaltirish orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Shuning uchun ham hozirgi davrda aholi ma’naviyatini yo’qsaltirishga, milliy g’oya va mafkura asoslarini shakllantirishga katta e’tibor berilyapti. Zero, kishilar iqtisodiy jixatdan qashshoq bo’lgani uchun ilmsiz bo’lmaydi, balki, aksincha — ilmsiz bo’lgani uchun qashshoq bo’ladi. Shuning uchun yurtimizda xalq ma’naviyatini yo’ksaltirish orqali iqtisodiy farovonlikni ta’minlashga katta e’tibor berilyapti.
Jamiyatning vujudga kelishi. Kishilarni oila bo’lib, jamoa bo’lib uyushishga nima majbur qilgan, degani masala qadim zamonlardanoq ulug mutafakkirlar e’tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish — uni ilohiy kuch, xudo bilan bog’lab izohlashdir.
Dunyoviy qarashlarga ko’ra, odamlar o’zlarining moddiy va ma’naviy extiyojlarini qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo’lib birlashishga kunikkan. Kishilar hayotiy tajriba, aql va tafaqqur tufayli jamiyat bo’lib yashashning qulay, afzal va zarurligini tushungan. Bu jarayonda o’zaro munosabatlarga qirishgan kishilar ana shu munosabatlarni takomillashtirish, yanada rivojlantirish orqali ma’naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri bilan yaqinlashtirgan, moddiy va ma’naviy extiyojlarini qondirish imkonini bergan.
Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy shakllari — oila, davlat, jamoa (qishloq, shahar) vujudga kelgan. Odamlar o’rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy, mafkuraviy kabi munosabatlarning barchasi bir so’z bilan ijtimoiy munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlarini qondirishga yordam beradi. Ular mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur sharti hisoblanadi. Masalan, oila, davlat, ta’lim-tarbiya, maxalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o’z mohiyatini yo’qotadi.
Insonning moddiy extiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vositalari, o’zini himoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma’naviy extiyojlarga olamni bilish, o’zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san’at, g’oya, mafkura go’zallik bilan, ma’naviy kamolot yo’lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy extiyojlarni madaniy shakllarda qondirilishida yaqqol namoyon bo’ladi. Inson aqlli mavjudot sifatida moddiy extiyojlarini madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma’naviy olamni uygunlashtirishga, tabiat va jamiyatni o’z maqsadlariga mos ravishda o’zgartirishga harakat qiladi. Ilm-fan va texnika insonning ma’naviy va moddiy extiyojlarini qondirish quroli, muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Inson yuksak ma’naviyat tufayligina o’z ehtiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va tularoq qondirish imkoniga ega bo’ladi.
Mamlakatimizda ma’naviyat masalalariga alohida e’tibor berilayotganining sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma’naviy xayoti kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlari bilan uzviy bog’liq xolda vujudga keldi.
Jamiyatning moddiy xayotiga quyidagilar kiradi:
- kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo’lgan iqtisodiy shart-sharoitlar;
- oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqilg’i, kommunikasiya vositalari;
- moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish;
- ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar majmui;
- moddiy boyliklar, tabiiy zaxiralar.
Jamiyatning ma’naviy xayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson tug’risidagi qarashlar, nazariyalar, ta’limotlar, g’oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim-tarbiya, axborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar g’iradi.
Jamiyatning moddiy va ma’naviy xayotini boshqarish, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim urin tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-huquqiy jixatlari ham muhimdir. Kishilar tamonidan siyosiy va huquqiy bilimlarning chuqur o’zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlari qondirilishida mexnat, mulk va mexnatning ijtimoiy taksimlanishi beqiyos ahamiyatga ega. Mexnatning kishilarning qobiliyatiga qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor bilan shugullanadigan toifalar, guruh, qatlam va sinflar vujudga keladi va ular jamiyat strukturasida o’ziga xos urin egallaydi, jamiyat taraqqiyotiga muayyan xissa qo’shadi.
Jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi nazariyalar. Falsafiy tafakur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi Gegel jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L. Feyerbax din bilan bog’lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. Fransuz mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izoxlagan. K.Marks jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o’zgarishlar bilan bog’lagan, barcha ijtimoiy xodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun’iy ravishda mutlaqlashtirgan va ziddiyatlarni xal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni amalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taqlif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday nazariyaning bir yog’lama va xato ekanini ko’rsatdi.
Jamiyat taraqqiyoti ko’p bosqichli jarayon ekani tug’risidagi qarashlar AQSh faylasufi O. Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko’ra jamiyatlar taraqqiyotiga binoan, agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizasiyali yondashuv g’oyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko’ra har bir xalq o’zining betakror, noyob, o’ziga xos va o’ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan xolda, boshqa xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o’ziga xos modelini yaratadi.
Jamiyat xayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o’z oldiga quygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muxtoj bo’lgani kabi, jamiyat ham o’z oldiga g’uygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorliqqa extiyoj sezadi.


Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Миллий истиқлол ғояси. Дарслик. Тузув.: И.Эргашев ва бошқ. -Т.: Академия, 2005. –Б.80.

  2. Отамуротов С. Глобаллашув ва миллат (сиёсий фалсафий таҳлил) -Т.: Янги аср авлоди, 2008. Б.11.

  3. Қаранг: Чумаков А.Н.Философия глобальнқх проблем. - М.: Знание, 1994. С.77-80.

  4. Қаранг: Бузгалин А.В. Альтерглобализм: к теории феномена// Наука. Общество.Человек. - М., 2004.

Download 16.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling