Jamiyatning ijtimoiy siyosiy ma`naviy tizimi reja
Download 77.5 Kb.
|
Jamiyatning falsafiy tahlili
Madaniy faoliyat. Madaniyat – inson dunyosi, faqat unga xos faoliyat usuli bo‘lib, uni amalga oshirish jarayonida odamzot o‘zi yaratayotgan narsalarga ruh baxsh etadi, tabiatni, o‘zi yashaydigan muhitni insoniylashtiradi. Madaniy faoliyat ongli va qadriyatlarga qaratilgandir. Unda me'yorlarga rioya qilish va ularda nisbatan mustaqillik, maqsadga muvofiqlik va noutilitarlik o‘zining uyg‘un ifodasini topadi. Madaniy faoliyat umuminsoniy ideallar va qadriyatlarni etnik yoki mintaqaviy shaklda aks ettiradi. Madaniyat jabhasida inson faoliyati uning ehtiyojlari bilan belgilanadi, lekin faqat ularga bog‘liq bo‘lmaydi. Unda maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan elementlar ham, ortiqcha unsurlar ham mavjud. Ortiqchalik tushunchasi madaniyat hodisalarida ularning ma'naviy mazmunini amalda gavdalantirish uchun talab etiladigan vositalarning zarur darajasidan ortiqroq elementlar mavjudligini anglatadi. Madaniyatda utilitar maqsadga muvofiqlik mezoni bilan o‘lchash mumkin bo‘lmagan muhim qadriyatlar yaratiladi. Garchi madaniyat biologik, fizik, ijtimoiy, texnik-iqtisodiy va boshqa shunga o‘xshash omillarga ta'sirchan bo‘lsa-da, ular madaniyatda o‘zining variativ, ko‘p ma'noli ifodasini topadi. Bu madaniyatda erkinlik hamda butunlay yangi predmetlilikni yaratish imkoniyatlari mavjudligidan dalolat beradi.
Madaniyatning o‘ziga xosligi shu bilan izohlanadiki, u teran shaxsiy mazmun kasb etadigan sub'ektiv taassurotlar uyg‘otadi. U hatto insonning oddiy madaniy universaliyalarga muvofiq qondiriladigan tabiiy ehtiyojlari darajasida ham namoyon bo‘ladi. Madaniyat inson ehtiyojlarini ruhlantiradi, ularga estetik tus beradi, aksariyat hollarda tabiiy ehtiyojning o‘zidan ancha uzoq bo‘lgan ramz-alomatlar bilan qurshab oladi. Madaniyat – ehtiyojlarni qondirishning o‘ziga xos insoniy usuli. Madaniyat me'yorlaridan chetga chiqish madaniyatsizlik belgisi hisoblanadi. Madaniyat produktiv va reproduktiv, ijodiy, an'anaviy va novatorlik faoliyati bilan birlikdagina samarali rivojlanadi. Har qanday madaniy hodisaning ahamiyati, uning mazmuni ob'ektiv, sub'ektga oldindan belgilangandir, chunki yangi avlod madaniyat hodisalariga tayyor holda duch keladi. Shu ma'noda madaniy faoliyat reproduktiv xususiyat kasb etadi. Madaniy faoliyat ijod, yangini yaratish sohasi hisoblanadi. Madaniyat jabhasida novatorlik izlanishlari turli shakllarda amalga oshiriladi. Madaniy faoliyat ehtiyojlar bilangina cheklanmaydi, chunki u motivlar, ideallar, qadriyatlar, ya'ni ma'naviy mo‘ljallar bilan tartibga solinadi. Ular insonni o‘z harakatlarida nafaqat ehtiyojlarni, balki o‘zi o‘zgartirayotgan predmetning xususiyatlarini ham hisobga olishga da'vat etadi. Hayvon tabiatni faqat iste'mol qiladi, inson har qanday predmetda nafaqat o‘z maqsadini, balki uning alohida xossalarini ham ko‘radi. Tabiatga iste'molchilik nuqtai nazaridan yondashish insonning yovvoyilashuvi, varvarlashuvi belgisidir. Madaniyatni faoliyat usuli, texnologiyasi sifatida tavsiflash ijtimoiy hayot turli hodisalarining madaniy tomonini: mehnat, kundalik hayot, fikrlash, ishlab chiqarish madaniyatini, siyosiy, huquqiy madaniyatni, ijtimoiy munosabatlar va hokazolar madaniyatini farqlash imkonini beradi. U inson borlig‘i va ijtimoiylikning har qanday ko‘rinishi usulidir.
Download 77.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling