Jamoa haqida umumiy tushuncha. Jamoani tashkil etish metodikasi. Sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalash


O’quvchilar jamoasi o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berish


Download 67.34 Kb.
bet5/6
Sana25.04.2023
Hajmi67.34 Kb.
#1396555
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7 JAMOA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

O’quvchilar jamoasi o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berish

  • O’quvchilar jamoasi o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berish
  • O‘quvchilar jamoasi — bu ijtimoiy ahvoli, shuningdek, saylov organlari oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi o‘zaro birlikka ega o‘quvchilar guruhidir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada
  • uning a’zolari o‘rtasidagi mu- nosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator bel- gilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhidan ajratib turadi. Jamoani tashkil etish metodikasi oxirgi kunda ancha to‘liq va mukammal ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kursida bayon etilgan jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash na- zariyasiga tayanadi. Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashda o‘quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon bo‘ladigan munosabatlarini tahlil etish bilangina cheklanib bo‘lmaydi. Jamoada shaxsni yakka tartibda tarbiyalashdan maqsad maktab o‘quvchisini o‘z-o‘zini tarbiyalashga jalb etish, uni tegishli malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga bo‘yni yor bermaydigan tarbiyasi qiyin bolalar —bu, albatta, yomon o‘zlashtiruvchilar emas.

Zamonaviy sinf rahbari o‘quvchilarning yomon xulq-atvori, past o‘zlashtirishlarining sabablarini puxta o‘rganadi. Bunda o‘quvchining sinfdoshlari bilan munosabatlari, bu munosabatlarning ma’naviy asoslari eng muhim masalalardan biridir. Jamoa munosabatlari, dastavval, muayyan tamoyillarga asoslangan va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga yo‘naltirib turadigan o‘ta mas’uliyatli munosabatlardir. Jamoada shaxsni tarbiyalashda yakka tartibdagi yondashuvning mohiyati alohida o‘quvchini ja­moa faoliyatiga jalb etishdan, jamoani esa mazkur o‘quvchi bilan qiziqtirib qo‘yishdan ham iborat.

  • Zamonaviy sinf rahbari o‘quvchilarning yomon xulq-atvori, past o‘zlashtirishlarining sabablarini puxta o‘rganadi. Bunda o‘quvchining sinfdoshlari bilan munosabatlari, bu munosabatlarning ma’naviy asoslari eng muhim masalalardan biridir. Jamoa munosabatlari, dastavval, muayyan tamoyillarga asoslangan va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga yo‘naltirib turadigan o‘ta mas’uliyatli munosabatlardir. Jamoada shaxsni tarbiyalashda yakka tartibdagi yondashuvning mohiyati alohida o‘quvchini ja­moa faoliyatiga jalb etishdan, jamoani esa mazkur o‘quvchi bilan qiziqtirib qo‘yishdan ham iborat.
  • Jamoa faoliyatini tashkil etishda o‘quvchilarning shaxslararo real mavjud bo‘lgan aloqalarini hisobga olish ikki xil maqsadga erishish: guruh a’zolarini jamoa hayotiga jalb qilish va ular o‘rtasidagi muomalaga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Jami- yatning qanchalik rivojlanganligini oila farovonligida, shaxsning kamolotida ko‘rish mumkin.

Download 67.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling