Jamoa shartnomasi


Download 246.09 Kb.
bet4/46
Sana20.10.2023
Hajmi246.09 Kb.
#1713527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
4-ДМТТ ЖШ 2023-2025 ТАЙЁР ЛОТИН

Raislik qiluvchi: Yig‘ilish ishchi hay’atini 5 kishidan iborat taklif etilgan tarkibda saylash taklif etildi. Boshqa takliflar bormi? Ushbu taklifga qo‘shilgan yig‘ilish ishtirokchilarini ovoz berishlarini so‘rayman.
Qarshilar?
Betaraflar? Yo‘q.
Yig‘ilish ishchi hay’ati bir ovozdan saylandi.
Saylanganlarni ishchi hay’atidan joy olishlari so‘raladi. Marxamat.
Yig‘ilish kotibligini kasaba uyushma a’zosi Sunatova K ga topshirish to‘g‘risida taklif bor. Boshqa takliflar bormi?
Yo‘q bo‘lsa ushbu taklifga qo‘shilgan yig‘ilish ishtirokchilarini ovoz berishlarini so‘rayman.
Qarshilar?
Betaraflar? Yo‘q.
Yig‘ilish kotibiyati bir ovozdan saylandi, ish boshlashi so‘raladi.
Bugungi yig‘ilish kun tartibi va ish vaqtini tasdiqlab olishimiz kerak. Umumiy yig‘ilishning kun tartibi va ish tartibini ochiq ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlash to‘g‘risida taklif bor, ma’qulmi? Raxmat.
Yig‘ilish kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilmoqda, ya’ni:
1. “A.Temur” MFY 1-DMTTda mehnat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyalashga qaratilgan bog‘cha ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 -yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasini 2022-yilda bajarilishi to‘g‘risida.
2. “A.Temur” MFY, 4-DMTT ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida.
3. “A.Temur” MFY 4-DMTT ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyihasini muhokama qilish to‘g‘risida.
Taklif etilgan kun tartibiga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kirituvchilar bormi? Taklif etilgan yig‘ilish kun tartibi tasdiqlansin degan yig‘ilish ishtirokchilarini ovoz berishlarini so‘rayman.
Qarshilar?
Betaraflar? Yo‘q.
Yig‘ilish kun tartibi bir ovozdan tasdiqlandi.
Yig‘ilish ish tartibi quyidagiga taklif etiladi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan ma’ruza uchun 20 daqiqagacha, muzokaralar uchun 3 daqiqagacha vaqt berilib, yig‘ilishni tanafussiz yakunlash to‘g‘risida taklif bor. Boshqa takliflar bormi? Taklif etilgan yig‘ilish ish tartibi tasdiqlansin degan yig‘ilish ishtirokchilarini ovoz berishlarini so‘rayman.
Qarshilar?
Betaraflar? Yo‘q.
Yig‘ilish ish tartibi bir ovozdan tasdiqlandi.
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari, ruxsatingiz bilan yig‘ilish kun tartibidagi 1-masalani muhokama etishga o‘tamiz.
“A.Temur” MFY 4-DMTTda mehnat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyalashga qaratilgan bog‘cha ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasini 2022-yilda bajarilishi to‘g‘risida. Ma’ruzachi: DMTT direktori: - Xayrullayeva Saodatga, marhamat ! (ma’ruza tinglanadi)

Download 246.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling