Jamoa shartnomasi
Forish tuman 4-DMTT jamoasi
Download 246.09 Kb.
|
4-ДМТТ ЖШ 2023-2025 ТАЙЁР ЛОТИН
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAROR QILADI: 1.
Forish tuman 4-DMTT jamoasi
umumiy yig‘ilishi 2023-yil 10-mart 2-sonli O‘zbekiston Respublika Mehnat kodeksining 38-40 moddalariga muvofiq, jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash va mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida muhokama qilish belgilangan. 4-DMTT kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashabbusiga binoan 2022-yilning dekabr, 2023 yilning yanvar-fevral oylarida bog‘cha ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida xodimlarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyasiga qaratilgan jamoa shartnomasi loyihasi ishlab chiqildi. Loyihani tayyorlash jarayoni komissiya tomonidan Qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar, Xalqaro mehnat tashkiloti Konvensiyalari, tarmoq kelishuvlari me’yorlari hamda xodimlarning taklif va mulohazalari inobatga olindi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi QAROR QILADI: 1. 2023-2025-yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2022-yilda bajarilishi yuzasidan DMTT direktori Xayrullayeva Saodat kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Keldiyeva Bahora shidalarning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin (ilova qilinadi). 2. 2023-2025 -yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2022-yilda bajarilishi bo‘yicha tekshiruv dalolatnomasi tasdiqlansin (dalolatnoma ilova qilinadi). 3. 2023-2025 -yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2022-yilda bajarilishi qoniqarli deb hisoblansin. 4. 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi yuzasidan Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Forish tuman bo‘linmasi kengashi qoshidagi ekspert komissiyaning ekspertiza xulosasi inobatga olinsin. 5. Jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tomonidan ishlab chiqilgan 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyihasi maqullansin. 6. Muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash komissiyasiga: 2023-2025-yillar uchun jamoa shartnomasi bajarilishini tekshirib borish; jamoa shartnomasi bandlarini bajarilishida moliyaviy intizomga, xarajatlar smetasiga rioya qilinishini nazorat qilish; jamoa shartnomasini barcha bandlarini o‘z vaqftida ijtimoiy sheriklik asosida bajarilishiga erishish; jamoada yuzaga kelgan mehnat nizolarini ham kelib tushgan murojaatlarni qonunchilikda hamda jamoa shartnomasida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish; XMT O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konvensiyalari, Mehnat qonunchiligi, xodimlar mehnatini muhofazasi hamda Ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilinishi, kollej bitiruvchilarini ish joylarida qo‘nimliligini ta’minlanishi yuzasidan jamoatchilik monitoringini o‘rnatish; Jamoa shartnomasini bajarilishini yil yakunida umumiy yig‘ilishda muhokama qilinishini tashkil qilish vazifalari topshirilsin. 7. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash 4-DMTT direktori: - Xayrullayeva Saodatga hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Keldiyeva Bahoralar zimmalariga yuklatilsin.
Download 246.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling