Jamoa shartnomasi


 Meliorativ ekspeditsiyasida


Download 484 Kb.
bet16/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

5.11. Meliorativ ekspeditsiyasida oshirilgan miqdordagi mehnat haqi, ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va kompensatsiyalarning quyidagi turlari va miqdorlari oʻrnatiladi:
5.11.1. xodimlarga bir necha kasb va lavozim asosida ishlaganlik, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini koʻpaytirganlik uchun qoʻshimcha haq toʻlash miqdori mehnat shartnomasi tomonlarining kelishuvi boʻyicha belgilanadi, lekin lavozim maoshi (tarif stavkasi)ning 30 % dan kam boʻlmasligi kerak. (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktyabrdagi 297-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalari bajariladi).
5.11.2. Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab xizmat safarlari uchun va Ish beruvchining manfaatlarida, shuningdek lokal hujjatlarda nazarda tutilgan xollarda majburiy malaka oshirish kurslarida malaka oshirish davriga toʻlaniladigan kompensatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 171-moddasiga hamda (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2003-yil 24-iyulda 83 va №7/12-son qaror bilan tasdiqlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003-yil 29-avgustda 1268-raqam bilan roʻyxatga olingan) “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga asosan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) yoʻl kira xarajatlari normativ asosida;
b) Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida sutkalik xarajatlar;
5.11.3. ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish va bayram kunlaridagi ish uchun 2 barobar miqdorda haq toʻlanadi.
5.12. Ish beruvchining koʻrsatmasiga binoan Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish chogʻida (malaka oshirish, shu jumladan ixtisoslashtirishga oʻqish, xizmat safarida boʻlish, tibbiy koʻrikdan oʻtish, navbatchilik, turli tadbirlarda ishtirok etish va boshqa hollarda) xodim oʻz asosiy ishidan ozod etiladi.
Agarda yuqorida koʻrsatilgan tadbirlar ish vaqtida oʻtkazilsa, bu holda xodimning oʻrtacha ish xaqi saqlanib qolinadi, mazkur tadbirlar ishdan tashqari vaqtda oʻtkazilsa, xodimga sarf qilingan vaqtiga mutanosib qoʻshimcha dam olish vaqti beriladi.
Xodim Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarayotganda Meliorativ ekspeditsiyasi boʻyicha tarif stavkalari va lavozim maoshlari miqdori oshirilsa, u holda xodimga mehnat haqi ana shu davrdagi barcha ish kunlari uchun yangi tarif boʻyicha qayta hisoblab chiqilib toʻlanadi.
5.13. Xalqaro mehnat tashkilotining “Teng ahamiyatli mehnat uchun erkak va ayol mehnatkashlarga teng haq toʻlash toʻgʻrisida”gi 100-sonli Konvensiyasiga binoan erkaklar va ayollar tomonidan turli sharoitlarda, turli koʻnikma va malaka bilan, turli koʻrinishdagi, javobgarligi bir-biriga bogʻliq boʻlmagan, lekin bir xil qiymatga ega boʻlgan ishlar teng miqdorda ragʻbatlantiriladi
5.14. Avtotransport haydovchilari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-yanvarda 3130-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.


Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling