Jamoa shartnomasi


 Xodimga haq toʻlash mazkur Shartnomaning


Download 484 Kb.
bet15/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

5.8. Xodimga haq toʻlash mazkur Shartnomaning 5.6-bandida belgilangan muddatlarga nisbatan kechiktirilganda quyidagi choralar koʻriladi:
5.8.1. xizmat koʻrsatuvchi bankning aybi bilan sodir boʻlganda – Ish beruvchi (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-iyundagi 264-sonli Qarori asosida tuzilgan bank va mijoz oʻrtasidagi xizmat koʻrsatish shartnomasiga binoan) bank rahbariyatiga jarima undirish toʻgʻrisida talabnoma kiritishni va undirilgan jarimani mehnatga haq toʻlash fondiga yoʻnaltirishni oʻz zimmasiga oladi;
5.8.2. muddati oʻtgan debitor qarzdorlik mavjudligi sababli kechiktirilish sodir boʻlganda - Ish beruvchi debitor qarzlarni jarimalar, penyalar bilan birga undirishni va undirilgan mablagʻni mehnatga haq toʻlash fondiga yoʻnaltirishni oʻz zimmasiga oladi;
5.9. Ish beruvchi mehnatga haq toʻlashga va mehnatni meʼyorlashtirishga oid lokal hujjatlarni, shuningdek ularni joriy etish tartibini Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishib oladi.
5.10. Xodimlarni mukofotlash Meliorativ ekspeditsiyasining mukofotlash toʻgʻrisidagi Nizomiga asosan amalga oshiriladi (5-ilova).
5.11. Byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlash fondi mablagʻlarining 15 foizi miqdorida xodimlarning mehnatini moddiy taqdirlash va ragʻbatlantirish (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 573-son qaroriga asosan);
5.12. xodimning uzoq muddat uzluksiz xizmati va umumiy ish staji davomiyligi uchun hamda xodimlarga xizmat majburiyatlarini tashabbuskorona va vijdonan bajarganligi uchun tashkilotning rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan lavozim maoshining bir barobarigacha bir martalik ragʻbatlantirish (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 573-son qaroriga asosan);
5.13. Xodimlarning uzoq muddat uzluksiz xizmati va umumiy ish staji davomiyligi uchun tashkilotning rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan iqtisodiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda lavozim maoshiga ustamalar quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
3 yildan 5 yilgacha — 10 foiz;
5 yildan 10 yilgacha — 20 foiz;
10 yildan 20 yilgacha — 30 foiz;
20 yildan ortiq — 40 foiz.
(Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 573-son qaroriga asosan);
5.14. Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Yangi yil, Xalqaro xotin-qizlar kuni (ayollarga), Navroʻz bayrami, shuningdek, kasb bayrami uchun xodimlar lavozim maoshining (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda) bir barobarigacha miqdorda ragʻbatlantiriladi. (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 573-son qaroriga asosan);

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling