Jamoa shartnomasi


 Kasaba uyushmasi qoʻmitasi Meliorativ ekspeditsiyasida


Download 484 Kb.
bet11/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

3.11. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi Meliorativ ekspeditsiyasida bandlikni taʼminlash, ishdan ozod etilayotgan xodimlarni himoya qilish masalalarini, shuningdek xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish huquqiga ega. (Oʻzbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasi).
3.12. Ish beruvchi Meliorativ ekspeditsiyasi xodimlarini majburiy mehnatga, jumladan, hududlarni obodonlashtirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligidagi turli ishlarga jalb qilmaydi.
3.13. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi Meliorativ ekspeditsiyasi xodimlarini majburiy mehnatga, jumladan, hududlarni obodonlashtirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligidagi turli ishlarga jalb qilinishining oldini olish yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib boradi.
IV. ISH VAQTI VA DAM OLISH VAQTI
4.1. Meliorativ ekspeditsiyasida ish haftasining quyidagi muddatlari qabul qilinadi:
a) normal mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun – 40 soatdan ortiq boʻlmagan muddat;
b) II guruh nogironi boʻlgan xodimlar uchun - 36 soat;
4.2. Alohida tusga ega boʻlgan ishlardagi xodimlar hamda mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun ish vaqti muddatining chegarasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli Qarori bilan belgilanadi.
4.3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 229-moddasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek quyidagi asoslardan biri mavjud boʻlganda xodimning iltimosiga koʻra unga toʻliqsiz ish vaqti belgilab qoʻyilishi shart:
a) oila aʼzolaridan birining betobligi;
b) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy taʼlimda tahsil olayotgan xodimlarga;
v) profilaktik davolanish zaruriyati;
g) texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar tufayli xodimlar soni qisqarishining oldini olish;
4.4. Ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida ogohlantirilgan xodimlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarga qoʻshimcha ravishda, xodimning iltimosiga binoan Ish beruvchi tomonidan (ish haqi toʻliq miqdorda saqlab qolingan holda) qisqartirilgan ish kuni oʻrnatiladi (xodimning aybli xatti-harakatlari uchun mehnat shartnomasi bekor qilingan hollar bundan mustasno).

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling