Mavzu: Oilalarda bolalarni majburiy mehnatga jalb qilishning sotsiologik tadqiqot dasturi. Muammoning qo'yilishi va uning nazariy tahlili


Download 16.06 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi16.06 Kb.
#1370086
Bog'liq
Durdona


Mavzu:Oilalarda bolalarni majburiy mehnatga jalb qilishning sotsiologik tadqiqot dasturi.


Muammoning qo'yilishi va uning nazariy tahlili. Bolalarni majburiy mehnatga jalb qilish holati ushbu muammo jamiyatimizdagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Birinchi navbatda buning sabab va tavsilotlarini o'rganib chiqamiz .Voyaga yetmagan bolalarni majburiy mehnatda faoliyat yuritish holatlarining asosiy sabablaridan biri moddiy yetishmovchilik va iqtisodiy tanglik va boshqa holatlar hisoblanadi Bolalarni ota-onalari yoki ularni o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan mehnatga majburlash holatlari ortib bormoqda. Bunday holatlar natijasida bolalarning ta'lim olishda ortda qolish,sog'ligida muammolar kuzatilishi yoki deviant xulqli bo'lib qolish kabi holatlar mavjud. .Bolalar og'ir mehnat qilganidan so'ng ta'lim jarayonida og'ishlar kuzatiladi Jumladan:darslarni to'liq o'zlashtira olmaslik surunkali ravishda darslarda qatnashmaslik, sinfdan ajralib qolish kabi muammolar yuzaga keladi.Bundan tashqari bolalarning sog'ligida ham jismoniy va ruxiy muammolar kuzatiladi Eksplotatsiya vaqtida bola o'z sog'ligiga e'tibor qaratmaydi va agressiy hususiyatlar ham namoyon bo'ladi. Qolaversa deviant xulqli bo'lib qolish holatlari boshqa bolalarga nisbatan yuqori darajada namoyon bo'ladi Bugungi texnalogiya rivojlanga davrda bolalarning tarbiyasiga, ta'limiga, sog'ligiga katta e'tibor qaratish muhim talab hisoblanadi.
Tadqiqotning gipotezasi. O‘zbekiston Respublikasida inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarida majburiy mehnatning oldini olish va unga to‘liq barham berishga doir aniq hamda amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xalqaro mehnat tashkiloti (keyingi o‘rinlarda XMT deb ataladi) bilan faol hamkorlik qilinmoqda, ushbu tashkilotning 14 ta, jumladan, 8 ta asosiy konvensiyasi, shuningdek, bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashishga doir konvensiyasi ratifikatsiya qilindi. Respublikada XMT Konvensiyalarini hayotga tatbiq etishga doir milliy harakatlar rejasi qabul qilindi, mazmuni va mohiyati XMT metodologiyasi bo‘yicha milliy mehnat qonunchiligini va mehnat bozorini rivojlantirishga, bandlikni, ijtimoiy muhofazani va aholi bilan muloqotni ta’minlashga yo‘naltirilgan Munosib mehnat bo‘yicha mamlakat dasturi bajarilmoqda. Ushbu Tashkilot ekspertlarining bevosita ishtirokida qishloq xo‘jaligida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish monitoringi olib borilmoqda.
Bolalarni majburiy mehnatga jalb qilish holati nafaqat O'zbekistonda balki butun dunyoda sodir bo'layotgan muammolardan biri hisoblanadi.BMT tarkibidagi bolalar huquqlarini himoya qiluvchi UNICEF xalqaro tashkilotida "Voyaga yetmagan bolalarni majburan mehnatga jalb qilish ularni qullikda ishlatish kabi holatlar qat'iyan man etiladi" deb belgilab qo'yilgan.Majburiy mehnatga doir yurtimizda O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining "Majburiy mehnatga barham berishga doir chora tadbirlar tog'risidagi"qarori mavjud .
Ushbu qarorda:Majburiy mehnat holati aniqlangan taqdirda ular tog'risida prokuratura orgonlariga hamda O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy bo'linmalariga ma'lum qilish belgilab qo'yilgan.
Tadqiqotning obyekti: Toshkent viloyatidagi majburiy mehnatga jalb qilingan bolalar
Tadqiqotning predmeti: Ushbu holat oqibatida yuzaga keladigan muammolar.
Tadqiqotning maqsadi: O'zbekiston hududida majburiy mehnatga jalb qilingan voyaga yetmagan bolalarni aniqlash ularni majburiy mehnatdan ozod qilish chora tadbirlarini ko'rish.
Tadqiqotni amalga oshirishdagi vazifalar:
1.Ushbu muammoni sabab va tavsilotlarini o'rganish
2. Oldini olishga doir chora tadbirlar ishlab chiqish
3.Jamoat fikri bilan tanishish
4.Muammo yuzasidan qonunchilik bilan tanishib chiqish.
Tadqiqot ma'lumotlarini to'plash metodi.Sorov metodining yozma shakli.
Asosiy tushunchalar. Eksplotatsiya,agressiv,iqtisodiy tanglik, UNISEF, majburiy mehnat, voyaga yetmagan bola deviant xulq ,surunkali charchoq, ruxiy muammolar.
Download 16.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling