Jamoa shartnomasi


Download 484 Kb.
bet10/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

3.8. Ish beruvchi kamida ikki oy oldin Kasaba uyushmasi qoʻmitasiga xodimlar ommaviy ravishda ishdan boʻshatilishi mumkinligi haqida axborot taqdim etadi va ishdan boʻshatish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan maslahatlashuvlar oʻtkazadi.
Kasaba uyushmasi qoʻmitasi ish beruvchining xodimlarni ommaviy ravishda ishdan boʻshatilish haqidagi qarorini olti oygacha boʻlgan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi taklifni mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun kiritish huquqiga ega.
Meliorativ ekspeditsiyasida roʻyxatdagi xodimlar oʻrtacha sonining 10 foizini ishdan boʻshatilishi xodimlarni ommaviy ravishda ishdan boʻshatish deb hisoblanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasiga binoan, xodimlarining umumiy soni 100 kishidan ortiq boʻlgan tashkilotlardan roʻyxatdagi xodimlar oʻrtacha sonining 10 va undan ortiq foizi ishdan boʻshatilishi xodimlarni ommaviy ravishda ishdan boʻshatish deb hisoblanadi).
3.9. Xodimlar soni qisqartirilayotganda qisqartirish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan quyidagi choralar nazarda tutiladi:
a) oʻrindoshlikni, fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha bajariladigan ishlarni jamoaning oʻziga berish;
b) qisqartirish toʻgʻrisidagi ogohlantirish amal qilayotgan davrda xodimning oʻz xohishi bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishini tomonlar kelishuviga binoan ogohlantirish muddatiga muvofiq keladigan pullik kompensatsiya toʻlash bilan amalga oshirish;
v) boʻshatib olinayotgan xodimlarning bandlikka koʻmaklashish Markazi bilan shartnoma tuzish tayyorlash ishlarini amalga oshirish;
g) xodimlar soni qisqartirilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi toʻgʻrisida ogohlantirish olgan xodimga ogohlantirish muddati davomida oʻziga qulay vaqtda boshqa ish qidirishi uchun haftada 1 kun shu vaqt uchun ish haqi saqlangan holda ishga chiqmaslik huquqini berish.
3.10. Agar xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 103 - moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq ishda qoldirishda afzallik huquqiga ega boʻlmasalar, u holda xodimlarni ishda qoldirishda afzallik beriladigan quyidagi holatlar inobatga olinadi:
a) nogironlik;
b) pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlik (ayollar 53 yosh, erkaklar 58 yosh);
v) ishlayotgan yolgʻiz onaning qaramogʻida 14 yoshga toʻlmagan bolalar mavjudligi;
g) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy taʼlimda tahsil olayotgan xodimlarga;
d) shu sohada kamida 20 yil va undan ortiq faoliyat olib borayotgan xodilarga.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling