Jamoa shartnomasi


 Meliorativ ekspeditsiyasi


Download 484 Kb.
bet6/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

2.3. Meliorativ ekspeditsiyasi faoliyatini yaxshilash maqsadida Ish beruvchi:
a) Meliorativ ekspeditsiyasini muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga, mehnat madaniyati va intizomi koʻtarilishiga erishish, xodimlarning kasb mahoratini oshirish, tarif stavkalari baholarning amaldagilariga nisbatan pasayishiga yoʻl qoʻymaslik;
b) ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun mehnat jamoasini moddiy-texnik resurslar va moliyaviy mablagʻlar bilan oʻz vaqtida taʼminlab borish;
v) mehnat unumdorligini yuksaltirish, ilgʻor tajribani oʻzlashtirish, fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish;
g) ishlab chiqarish dasturining bajarilishi, Meliorativ ekspeditsiyasining moliyaviy ahvoli mehnat jamoasini muntazam xabardor qilib borish;
d) jamoa shartnomasini tuzishga, uning bajarilishi ustidan nazoratni yoʻlga qoʻyishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida, boshqa qonunlarida, jamoa kelishuvlarida hamda mazkur Shartnomada nazarda tutilgan boshqa masalalarga oid maʼlumotlarni Kasaba uyushmasi qoʻmitasiga taqdim etib borish;
ye) belgilab qoʻyilgan mehnat tartibi doirasida Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan hamkorlik qilish, oʻzaro takliflar va talablarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish, mehnat nizolarini muzokara yoʻli bilan hal etish;
j) Meliorativ ekspeditsiyasini boshqarishda xodimlarning amaldagi qonunlarga zid boʻlmagan shakllardagi ishtirokini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
z) Kasaba uyushmasi qoʻmitasi vakillarini Meliorativ ekspeditsiyasining boshqaruv organlari, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari bilan bogʻliq qarorlar qabul qiluvchi komissiyalar tarkibiga kiritish;
i) ratsionalizatorlikni rivojlantirish;
k) Meliorativ ekspeditsiyasining ish samaradorligi yuksalishiga, materiallar, energiya va boshqa resurslar iqtisod qilinishiga katta hissa qoʻshayotgan xodimlarni ragʻbatlantirib borish;
l) barcha boʻgʻin kasaba uyushmasi vakillarini Ustav vazifalarini bajarish uchun ish joylariga moneliksiz qoʻyish;
m) Meliorativ ekspeditsiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-iyuldagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5775-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 349-sonli qaroriga toʻliq rioya etish majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling