Jamoa shartnomasi


Download 484 Kb.
bet5/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

1.4. Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taraflarning oʻzaro roziligi bilan Mehnat kodeksida uni tuzish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1.5. Mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar mazmuniga qilingan ishoralarning barchasida ularning mazkur Shartnomani tuzish chogʻidagi tahriri nazarda tutilgan.
1.6. Ish beruvchi barcha xodimlarni, shu jumladan, ishga yangi qabul qilingan xodimlarni jamoa shartnomasi, shuningdek Meliorativ ekspeditsiyasining Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishib qabul qilingan boshqa lokal hujjatlari bilan tanishtirish, jamoa shartnomasi mazmuniga va bajarilishi shartlariga oid maʼlumotlar oshkoraligini (majlislar, masʼul xodimlar hisobotlari, axborot stendlari va hokazolar orqali) taʼminlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
II. ISHLAB CHIQARISH VA IQTISODIY FAOLIYAT
2.1. Taraflar mehnat vazifalarining halol va sifatli bajarilishi xodimlar farovonligining negizi ekanligini eʼtirof etadilar.
2.2. “Oʻzbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi”ga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hamda Meliorativ ekspeditsiyasi shaʼniga putur yetkazish qaltisliklarini oldini olish buyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishiga har tomonlama koʻmaklashish majburiyatini olgan holda taraflar:
aloqa va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan siyosatini amalga oshirish;
energiya va resurslar sarfini pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish;
materiallar va butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi tashkilotlardan mehnat sohasidagi asos soluvchi tamoyillar va huquqlar (kasaba uyushmalariga birlashish va jamoa muzokaralarini olib borish huquqi, bolalar mehnati va majburiy mehnatni taqiqlash, teng ahamiyatli mehnat uchun erkak va ayol mehnatkashlarga teng haq toʻlash, mehnat munosabatlari sohasida kamsitmaslik prinsiplari)ga rioya etilishini talab qilish.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling